O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov
Download 3.68 Mb. Pdf ko'rish
|
kompyuter taminoti daslik 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tezkor xotira
Mikroprotsessor. Mikroprotsessor dasturlarning ishlashini ta`minlaydi
vakompyuter qurilmalari ishini bajaradi. U kompyuterning tezligini ta`minlaydi. Zamonaviy mikroprotsessorlar uch guruhga bo`linadi: -to`la buyruqlar bilan ishlaydigan CISC (Complex Instructtion Set Computing) mikroprotsessorlari; 38 -qisqartirilgan buyruqlar bilan ishlaydigan RISC (Reduced Instruction Set Computing) guruhiga mansub mikroprotsessorlar; -minimal buyruqlar bilan ishlaydigan o`ta tezkor MISC (Minimum Instrution Set Computing) guruhiga mansub mikroprosessorlar. 1991-yildan boshlab IBM, Motorola, Fire, Power va boshqa firmalar birgalikda Power PC mikroprotsessorini ishlab chiqishga kirishdi va bu borada muvaffaqiyatga erishdi. 1993-yildan boshlab Intel firmasining Pentium asosidagi Pentium Pro mikroprotsessori o`rnatilgan kompyuterlari ham sotila boshlandi. Pentium Pro ning amallarni bajarish chastotasi 150 MGs bo`lib, u Pentium ga nisbatan ishlash tezligi 40 martaga ko`proqdir. Shunday bo`lsada, Pentium narxining arzonligi va imkoniyatlari bilan foydalanuvchilarni o`ziga ko`proq jalb qilmoqda. Notebook kompyuterlar 120 MGli Pentium mikroprotsessorlari asosida ishlaydi. Pentium mikroprotsessorlaridan murakkab hisoblar va tasvirlar uchun foydalanish maqsadga muvofiq. Tezkor xotira (operativ xotira). Tezkor xotira o`zida kompyuterda ishlayotgan dastur va ma`lumotlarni saqlaydi. Ma`lumotlar doimiy xotiradan tezkor xotiraga ko`chiriladi, olingan natijalar zarur holda diskka qayta yoziladi. Odatda Intel - 8088 protsessorli shaxsiy kompyuter 1 Mbayt hajmdagi tezkor xotiraga ega. Hozirgi SHKlarining tezkor xotirasi 1-2 Gegabaytdan ko`proq hajmga ega bo`lib, bu xotira ikki qismdan iboratdir: 1) 640 Mbaytli qismiga amallar tizimi hamda amaliy dasturlar majmuasi joylashtiriladi; 2) qolgan qismiga xizmatchi maqsadlar uchun ishlatiladigan dasturlar joylashtiriladi (test dasturlari, dastavval kompyuterni ishga tayyorlash dasturi va boshqalar). Mikroprotsessor (MP) shaxsiy kompyuter (SHK) ning markaziy bloki bo`lib, u mashinaning barcha bloklari ishini boshqarish hamda axborot ustida arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish uchun mo`ljallangan. Mikroprotsessor tarkibiga quyidagi qurilmalar kiradi. 39 Mikroprotsessorli xotira (MPX) — mashina ishlashining eng yaqin taktlaridagi hisoblashlarda bevosita ishlatiladigan axborotni qisqa vaqt saqlash, yozish va uzatish uchun mo’ljallangan; MPX registrlar asosida quriladi va mashinaning yuqori tezkorligini ta’minlash uchun ishlatiladi, negaki asosiy xotira (AX) tez ishlovchi mikroprotsessorning samarali ishlashi uchun kerak bo’lgan ma’lumotni yozish, qidirish va o’qish tezligini har doim ham ta’minlayvermaydi. Registrlar - turli xil uzunlikdagi xotiraning tez ishlovchi yacheykalari (1 bayt standart uzunlikka ega bo’lgan va tezkorligi nisbatan pastroq AX yacheykalaridan farqli o’laroq ). Mikroprotsessorning interfeysli tizimi SHK ning boshqa qurilmalari bilan ulash va aloqa qilish uchun mo’ljallangan,u o’z ichiga MP ning ichki interfeysi, buferli eslab qolish registrlari va kiritish-chiqarish portlarini (KCHP), boshqarish sxemalari va tizimli shinani oladi. Download 3.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling