O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/190
Sana08.09.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1674427
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   190
Bog'liq
kompyuter taminoti daslik 2019

Mikroprotsessor. Mikroprotsessor dasturlarning ishlashini ta`minlaydi
vakompyuter qurilmalari ishini bajaradi. U kompyuterning tezligini ta`minlaydi. 
Zamonaviy mikroprotsessorlar uch guruhga bo`linadi: 
-to`la buyruqlar bilan ishlaydigan CISC (Complex Instructtion Set
Computing) mikroprotsessorlari; 


38 
-qisqartirilgan buyruqlar bilan ishlaydigan RISC (Reduced Instruction Set
Computing) guruhiga mansub mikroprotsessorlar; 
-minimal buyruqlar bilan ishlaydigan o`ta tezkor MISC (Minimum
Instrution Set Computing) guruhiga mansub mikroprosessorlar. 
1991-yildan boshlab IBM, Motorola, Fire, Power va boshqa firmalar 
birgalikda Power PC mikroprotsessorini ishlab chiqishga kirishdi va bu borada 
muvaffaqiyatga erishdi. 1993-yildan boshlab Intel firmasining Pentium asosidagi
Pentium Pro mikroprotsessori o`rnatilgan kompyuterlari ham sotila boshlandi. 
Pentium Pro ning amallarni bajarish chastotasi 150 MGs bo`lib, u Pentium ga
nisbatan ishlash tezligi 40 martaga ko`proqdir. Shunday bo`lsada, Pentium
narxining arzonligi va imkoniyatlari bilan foydalanuvchilarni o`ziga ko`proq
jalb qilmoqda. Notebook kompyuterlar 120 MGli Pentium mikroprotsessorlari
asosida ishlaydi. Pentium mikroprotsessorlaridan murakkab hisoblar va tasvirlar
uchun foydalanish maqsadga muvofiq.
Tezkor xotira (operativ xotira). Tezkor xotira o`zida kompyuterda 
ishlayotgan dastur va ma`lumotlarni saqlaydi. Ma`lumotlar doimiy xotiradan 
tezkor xotiraga ko`chiriladi, olingan natijalar zarur holda diskka qayta yoziladi. 
Odatda Intel - 8088 protsessorli shaxsiy kompyuter 1 Mbayt hajmdagi tezkor 
xotiraga ega. Hozirgi SHKlarining tezkor xotirasi 1-2 Gegabaytdan ko`proq 
hajmga ega bo`lib, bu xotira ikki qismdan iboratdir: 
1) 640 Mbaytli qismiga amallar tizimi hamda amaliy dasturlar majmuasi 
joylashtiriladi; 
2) qolgan qismiga xizmatchi maqsadlar uchun ishlatiladigan dasturlar 
joylashtiriladi (test dasturlari, dastavval kompyuterni ishga tayyorlash dasturi va 
boshqalar).
Mikroprotsessor (MP) shaxsiy kompyuter (SHK) ning markaziy bloki bo`lib, 
u mashinaning barcha bloklari ishini boshqarish hamda axborot ustida arifmetik va 
mantiqiy amallarni bajarish uchun mo`ljallangan. Mikroprotsessor tarkibiga 
quyidagi qurilmalar kiradi.


39 
Mikroprotsessorli xotira (MPX) — mashina ishlashining eng yaqin 
taktlaridagi hisoblashlarda bevosita ishlatiladigan axborotni qisqa vaqt saqlash, 
yozish va uzatish uchun mo’ljallangan; MPX registrlar asosida quriladi va 
mashinaning yuqori tezkorligini ta’minlash uchun ishlatiladi, negaki asosiy xotira 
(AX) tez ishlovchi mikroprotsessorning samarali ishlashi uchun kerak bo’lgan 
ma’lumotni yozish, qidirish va o’qish tezligini har doim ham ta’minlayvermaydi. 
Registrlar - turli xil uzunlikdagi xotiraning tez ishlovchi yacheykalari (1 bayt 
standart uzunlikka ega bo’lgan va tezkorligi nisbatan pastroq AX yacheykalaridan 
farqli o’laroq ).
Mikroprotsessorning interfeysli tizimi SHK ning boshqa qurilmalari bilan 
ulash va aloqa qilish uchun mo’ljallangan,u o’z ichiga MP ning ichki interfeysi, 
buferli eslab qolish registrlari va kiritish-chiqarish portlarini (KCHP), boshqarish 
sxemalari va tizimli shinani oladi.

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling