O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov


-§. Mikroprosessor va kompyuter xotirasi, uzishlar tizimi


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/190
Sana08.09.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1674427
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   190
Bog'liq
kompyuter taminoti daslik 2019

6-§. Mikroprosessor va kompyuter xotirasi, uzishlar tizimi 
Protsessor asosan quyidagi qurilmalardan tashkil topadi. Mikroprosessor -
kompyuterni boshqarish va barcha hisob ishlari, buyruqlarni bajarilishini
ta`minlaydi. Mikroprotsessor turli amallarni tez bajarish qobiliyatiga ega. Uning
tezligi sekundiga 100 million amalga va undan ortiq bo`lishi mumkin. Uning
tezligi Megagerslarda hisoblanadi va protsessor nomidan keyin yoziladi. Masalan, 
Pentium 700.
Tezkor xotira - protsessor uchun zarur bo`lgan dasturlar va
ma`lumotlarni saqlaydi. Kompyuter o`chirilishi bilan tezkor xotiradagi ma`lumotlar 
o`chiriladi.


37 
Qattiq disk (doimiy xotira - Hard Disk Drive) - dastur va ma`lumotlarni 
doimo saqlaydi. U ba`zan "vinchester" deb nomlanadi. Vinchester nomi birinchi
qattiq disk nomidan kelib chiqqan (1973-yilda IBM firmasi tomonidan
yaratilgan qattiq disk nomi "30/30" bo`lgan va bu mashhur Winchester miltig`ining 
kalibrga o`xshar edi). Ular hajm va ishlash tezligi bilan farqlanadi. Qattiq
diskdagi dastur va ma`lumotlar esa o`chirilmaydi. 
Kesh xotira - kompyuter tomonidan dasturlar ishlash jarayonida ko`p 
ishlatilgan ma`lumotlarni saqlash uchun foydalaniladi. Bu xotira tezkor va 
doimiy xotira o`rtasida joylashadi. 
Disk yurituvchilari - bu egiluvchan va kompakt disklardagi
ma`lumotlarni o`qish va yozish ishlarni bajaradigan qurilma. 
Kiritish-chiqarish porti orqali mikroprotsessor bilan ma`lumot almashadi. 
Ichki qurilmalar bilan ma`lumot almashuvi uchun maxsus portlar, hamda
umumiy portlar mavjud. Umumiy portlar 2 xil bo`ladi: parallel - (LPT1, ...,
LPT4) va ketma-ket (COM1, ...,COM3) bilan belgilanadi. Parallel portlar kirish-
chiqishni, ketma-ket portga nisbatan tezroq bajaradi. Har bir port o`zining
shaxsiy manziliga va raqamiga ega bo`lib, ularning umumiy soni 65536 taga yetadi.
BIOS (Basic input output system) - o`z tarkibidagi bir marta yozib qoldirilgan
ma`lumotlar majmuasini saqlab turuvchi va alohida mikrosxema hisoblangan 
xotira turi hisoblanadi. Odatda bu xotiradagi ma`lumotlarni, uni ishlab chiquvchi
korxona (firma) yozib qoldiradi. Bu ma`lumotlar kompyuter elektr manbadan
o`chirilgan holda ham saqlanadi va alohida mikroakkumlyatorli batareyalardan
oziqlanadi. Bu xotira turi faqat ma`lumotlarni o`qish rejimida ishlaydi. Shuning
uchun bunday xotirada kompyuterning qurilmalarini tekshiruvchi test dasturlar,
operatsion sistemalarning yuklovchi dastur modullari saqlanadi. 

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling