O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov
Download 3.68 Mb. Pdf ko'rish
|
kompyuter taminoti daslik 2019
Mikroprotsessor , boshqacha nomi – markaziy protsessor (MzP).
Markaziy protsessor (CPU, ingl. Central Processing Unit) – kompyuterning dastur tomonidan berilgan arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajaradigan asosiy ish komponenti bo‘lib, hisoblash jarayonini boshqaradi va kompyuterda mavjud barcha qurilmalar ishini muvofiqlashtiradi. Aksariyat hollarda MzP o‘z ichiga: arifmetik-mantiqiy qurilmani; ma’lumotlar shinalari va manzillar shinalarini; registrlarni; komandalar hisoblagichini;kesh – kichik hajmli (virtual) xotiraga juda tez (8 dan 512 Kbaytga qadar) saqlash qurilmasini; nuqtasi o‘zgaruvchan sonlarning matematik soprotsessorini mujassam etadi. Zamonaviy protsessorlar mikroprotsessorlar ko‘rinishida tayyorlanadi. Jismonan mikroprotsessor integral sxema ko‘rinishidan iborat, ya’ni u umumiy maydoni atigi bir necha kvadrat millimetr keladigan to‘g‘ri burchak shaklga ega kristall holatdagi kremniyning yupqa plastinkasi ko‘rinishida tayyorlangan bo‘lib, ustiga 58 protsessorning barcha ishlarini bajaradigan sxemalar (qoliplar) joylashtirilgan. Ushbu kristall-plastinka, odatda, plastmassa yoki sopoldan tayyorlangan yassi korpusga joylanib, kompyuterning tizim platasiga ulash imkoni bo‘lishi uchun metall tilchalariga ega tilla simlar bilan ulanadi. Hisoblash tizimida parallel ishlaydigan bir nechta protsessorlar bo‘lishi mumkin. Bunday tizimlar – ko‘p protsessorli tizimlar deb ataladi. Eng birinchi MP-4004 rusumli mikroprotsessor 1971 yilda Intel firmasi (AQSH) tomonidan ishlab chiqarilgan. Bugungi kunda mikroprotsessorlarning bir necha yuzlab turi tayyorlanadi, biroq ular orasida Intel va AMD firmalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mikroprotsessorlar eng ko‘p tarqalgani mikroprotsessorlar deb e’tirof etilmoqda. Intel mikroprotsessorlari Mikroprotsessorlar to‘g‘risida gap borganda ko‘pchilik shaxsiy kompyuterni tasavvur qiladi. Biroq ilk protsessorlar kundalik hayotda keng qo‘llaniladigan ko‘plab mexanizm va asbob-uskunalar ichiga o‘rnatilgan edi. 1971 yili Intel kompaniyasi o‘zining eng birinchi mikroprotsessorini havola etganida, ushbu texnologiya kelajakda qanday murakkab apparatlar yaratilishiga olib kelishini o‘shanda hech kim hayoliga ham keltirmagan edi. Protsessor qo‘llanilgan ayrim sohalarni sanab o‘tamiz: - svetofor kontrolleri - interfaol o‘yinchoqlar - radiomodem - sun’iy yo‘ldosh orqali aloqa - avtomobilda qo‘llaniladigan raqamli navigatsiya tizimi - avtomobilda qo‘llaniladigan o‘t oldirish va yoqilg‘i yetkazish tizimini boshqarish - printerlar - ovoz rejissyorining pulti 59 - lokomotivlar (dvigatelning elektr ta’minotini nazorat qilib borish uchun qo‘llaniladi) - interfaol sezuvchan (sensorli) videoekran - kompyuterli terminal klaviaturasi - ko‘chmas disk - elektr energiyasi sarfi ustidan nazorat - texnologik nazorat (ishlab chiqarish jarayonining sharoitlari, jumladan harorat, bosim yoki materiallar sarfi ustidan nazorat) - baliq ovida qo‘llaniladigan elektron xo‘rak - elektron gitara, organ, sintezator - geliyli detektor - sport trenajyorlari - darts elektron o‘yini - tadqiqot asboblari - dengiz kemalari shvartovka muftalarining kontrollerlari - start blokining sensorlari (yengil atletikada falstartning (komanda berilmasdan oldin olingan startning) oldini olish uchun qo‘llaniladi) - kompyuter-kassa tizimlari - uyali aloqa (qo‘l) telefon apparatlari - kabelli televideniyening dekoderi - faksimil aloqa apparati - sun’iy yo‘ldoshdagi qabul qurilmasi - tibbiyot jihozlari - bemorlar holati ustidan nazorat qilish tizimi - savdo-sotiqda qo‘llaniladigan avtomatlar - duradgorlikda qo‘llaniladigan elektron adilak (shayton) - nusxakash uskunalar - shtrix-kodli printer - robot qo‘li 60 - yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda ko‘paytirish (hayvonning terisi ostiga o‘zining yaqin qarindoshi bilan chatishtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun olimlar foydalanadigan genetik axborotga ega juda kichik mikrosxemalar ulanib, bitkazib yuboriladi) Download 3.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling