O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/190
Sana08.09.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1674427
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   190
Bog'liq
kompyuter taminoti daslik 2019

Celeron rusumli protsessor 
0.25 mkm-texnologiyasi bo‘yicha yaratilgan “eng oddiy” kompyuterlar uchun 
protsessorning Celeron deb nom berilgan soddalashtirilgan varianti ishlab chiqarildi. 
Ilk Celeron protsessorlar yadrosining chastotasi 266 va 300 MGs (shina chastotasi – 
66 MGs) bo‘lgan. Ikkilamchi kesh-xotira qurilmasi kiritilmagan. Bu esa, o‘z 
navbatida, ish unumdorligida o‘z aksini topdi (tizim platalarida ikkilamchi kesh-
xotira qurilmasi uchun slot 1 (ajratkich), tabiiyki, bo‘lmagan). Tizim platalarining 
narxi tushishi va Celeron ning o‘zi arzon bo‘lishi barobarida havaskorlar uchun 
mo‘ljallangan mashina chindan ham arzon bo‘lgan. 
Bugungi Celeron protsessorlar, chastotasi 300 MGs li Celeron 300A modelidan 
boshlab, yadro kristalli ustida o‘rnatilgan va yadroning chastotasida to‘liq 
ishlaydigan kichik hajmli (128 Kbayt) ikkilamchi kesh-xotira qurilmasiga ega. 
Bunday protsessorlar Mendocino nomi Bilan ham ataladi. 
Takt chastotasi 500, 466, 433, 400, 366 va 333 MGs li Intel Celeron 
protsessorlarning ish unumdorligi keng ommalashgan zamonaviy ilovalar tez va 
samarali ishlashini ta’minlaydi. Bunday protsessorlarga, asosida Pentium II 
protsessori yaratilgan P6 mikroarxitekturasiga oid barcha afzalliklar berilgan. Takt 
chastotasi 500, 433, 400, 366 i 333 MGs li Intel Celeron protsessorlar ichiga hajmi 
128 Kb li 2- darajaga mansub ikkilamchi kesh-xotira qurilmasi o‘rnatilgan. Takt 
chastotasi 300 MGs li Intel Celeron protsessorlarning yadrosi o‘z ichiga 7,5 million 
tranzistorni mujassam etgan. Takt chastotasi 500, 433, 400, 366 i 333 MGs li 
protsessorlarning yadrolari esa 2- darajaga mansub ikkilamchi keshxotira qurilmasi 
o‘rnatilganligi bois 19 million tranzistorga ega. Barcha Intel Celeron protsessorlar 
0.25 mikronli KMOP-texnologiyalar asosida ishlab chiqiladi. Barcha Intel Celeron 
protsessorlar (P.P.G.A.) tilchali chiqish joylarining matritsasiga ega plastik korpus 
ichida solinib chiqariladi. P.P.G.A. formfaktori protsessorning 370 kontaktli uyasiga 
mos keladi. Bu esa, o‘z navbatida, kompyuter ishlab chiqaruvchilar uchun tizimlar 
narxini tushirish uchun yangi imkoniyatlar yaratib, joiz konstruktiv loyihalar uchun 
keng yo‘l ochib beradi. 


69 
Bundan tashqari, takt chastotasi 433, 400, 366, 333 va 300A MGs li Intel Celeron 
protsessorlar korpus ichida o‘rnatish qulayligi va tejamkorlikni ta’minlovchi 
S.E.P.P. rusumli kontaktlar bir tomonga joylashtirilgan holda yetkaziladi. 
Qo‘llanilgan korpus turidan qat’iy nazar Intel Celeron protsessorlar yuqori sifatli, 
ishonchli va boshqa qurilmalarga mos keladi deb e’tirof etilmoqda. Ushbu 
protsessorlar idoraga oid keng ommalashgan zamonaviy ilovalar va Internet 
tarmog‘iga kirishni ta’minlovchi dasturlar bilan ishlash uchun kuchli protsessorlar 
sanaladi. 

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling