O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov


Intel 386 rusumli mikroprotsessor


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/190
Sana08.09.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1674427
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   190
Bog'liq
kompyuter taminoti daslik 2019

Intel 386 rusumli mikroprotsessor 
1985 yili 275000 ta tranzistorga ega, ya’ni tranzistorlar soni eng birinchi 4004 
rusumli protsessorga nisbatan 100 barobardan oshib ketgan, bir vaqtning o‘zida bir 
nechta dasturni amalga oshirish imkoniyatini beradigan “ko‘p vazifali”, 32 razryadli 
Intel 
386 
rusumli 
mikroprotsessor 
ishlab 
chiqildi. 
Mikroprotsessorlar 
texnologiyasida erishilgan so‘nggi yutuqlar mujassam etilganiga qaramay 80386 
o‘zining ajdodlari 8086 va 80286 uchun katta miqdorda tuzilgan dasturiy ta’minot 
bilan obyektli kod bo‘yicha moslikni saqlab qoldi. Uning virtual mashina chiqish 
xossasi alohida qiziqish uyg‘otadi. Ushbu xossa 80386 mikroprotsessoriga UNIX va 
MS-DOS singari operatsion tizimlar tomonidan boshqariladigan dasturlar ijrosiga 
o‘tish imkonini beradi. O‘zining 32 bitli arxitekturasi tufayli Intel 386 rusumli 
mikroprotsessor katta sonli, ma’lumotlarning katta tuzilishi va katta hajmli 
dasturlarga (yoki dasturlarning ko‘p soniga) ega va shu kabi operatsiyalar ijrosi bilan 
tavsiflanadigan “yirik” tizimlarni qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘ladigan 
dasturiy resurslarni ta’minlaydi. 
Intel 486 rusumli markaziy protsessor 
1989 yili Intel korporatsiyasi tranzistorlar soni milliondan oshib ketgan 80x86 deb 
nomlanadigan mikroprotsessorlar oilasining birinchi vaqilini havola etdi. 486 
protsessorlarining avlodi kompyuterda komandalar satri orqali amalga oshiriladigan 
ishdan “ko‘rsatgin-u bir bor chert!” rejimiga o‘tilganligini nishonladi. Intel 486 
ichiga o‘rnatilgan matematik soprotsessorga ega birinchi mikroprotsessor bo‘ldi. U 


64 
markaziy protsessor o‘rniga murakkab matematik amallarni bajarib, ma’lumotlarga 
ishlov berish jarayonini sezilarli darajada tezlatib yubordi. 
486 protsessori komanda va ma’lumotlarning 8 Kbaytini saqlash uchun 
mo‘ljallangan bo‘lib, mikrosxema ichiga o‘rnatilgan ichki keshga ega. 
Yaratiladigan yangi imkoniyatlar tizimlarning ko‘p vazifaligini yanada 
kengaytiradi. Yangi operatsiyalar xotira qurilmasi ichidagi semaforlar bilan olib 
boriladigan ishlar tezligini oshiradi. Mikrosxemalardagi jihozlar kesh-xotiraning 
ziddiyatli bo‘lmasligini kafolatlab, ko‘p sathli keshlashtirish jarayonini amalga 
oshirish uchun mo‘ljallangan vositalar ishini qo‘llabquvvatlaydi. 

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling