O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov


-§.  Kompyuterning arxitekturasi va ishlash prinsiplari


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/190
Sana08.09.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1674427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190
Bog'liq
kompyuter taminoti daslik 2019

2-§. 
Kompyuterning arxitekturasi va ishlash prinsiplari 
Kompyuterning arxitekturasi. 1945 yilda birinchi kompyuterlar 
yaratilayotgan vaqtda taniqli amerikalik matematik Djon fon Neyman 
kompyuterning axborotni qayta ishlovchi universal va samarali qurilma bo’lishi 
uchun qanday qismlardan iborat bo’lishi kerakligini sezgan. Bu kompyuter 
qurilmasining asoslari fon Neyman printsiplari deyiladi. Avvalambor fon Neyman 
printsiplariga asosan kompyuter quyidagi qurilmalarga ega bo’lishi kerak:
1. Arifmetik-mantiqiy qurilma- Arifmetik-mantiqiy amallarni bajarish 
uchun;
2. Dasturlarni bajarilishini tashkil etuvchi boshqarish qurilmasi; 
3. Dasturlar va ma’lumotlarni saqlash uchun xotira; 
4. Axborotlarni kiritish va chiqarish uchun tashqi qurilma 


12 
Kompyuter xotirasi raqamlangan bir qancha katakchalardan iborat bo’lib, 
ularning har birida qayta ishlanayotgan ma’lumot yoki dasturlarning instruktsiyalari 
joylashgan bo’lishi mumkin. Xotiraning barcha katakchalari kompyuterning boshqa 
qurilmalari uchun ham qulay bo’lishi zarur.
Kompyuter arxiterturasi ya’ni qurilmalari o’rtasidagi bog’liqlik ko’rsatilgan 
(bitta chiziq boshqarish aloqalarini, ikkita chiziq – axborotli aloqani bildiradi):
Ko’pgina zamonaviy kompyuterlar ikki va undan ortiq sathlardan iboratdir. 
Nolinchi sath – bu kompyuterning apparat taminoti sathi xisoblanadi. Raqamli 
mantiqiy sath, ya’ni nolinchi sath ob’ektlari ventillar (ya’ni uzgich-ulagichlar) deb 
ataladi. Ular yordamida I(и), ILI,(или)б NET(нет) (AND, OR, NOT) kabi oddiy 
mantiqiy funktsiyalar bajariladi.
Asosiy mantiqiy elementlar. Bir nechta ventillar yordamida 0 va 1 
raqamlarini saqlay oladigan 1 bitli xotira elementlari, ya’ni triggerlar hosil qilinadi. 
Masalan SR, JK, Tva Dkabi triggerlar. Birinchi sath – mikroarxitektura sathi deb 
ataladi. Ushbu sathga tegishli bo’lgan elektron sxemalar mashinaga bog’liq bo’lgan 
programmalarni bajaradi (rus tilida – выполнение машинно–зависимых 
программ), ya’ni kompyuterda ishlatilgan mikroprotsessorga mos keladigan 
dasturlarni (programmalarni) bajaradi. Arifmetik mantiqiy qurilma, ya’ni ALU – 
oddiy arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi. Arifmetik mantiqiy qurilma bilan 
birga registrlar birgalikda ma’lumotlarni ishlash ketma-ketligini, ya’ni ma’lumotlar 
traktini shakllantiradi (rus tilida – тракт данных). 
Arifmetik- mantiqiy 
qurilma 
Boshqarish
qurilmasi 
Tashqi
qurilma 
Operativ
xotira 


13 

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling