O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/190
Sana08.09.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1674427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190
Bog'liq
kompyuter taminoti daslik 2019

 Kompyuterning asosiy qurilmalari. IBM kompyuterlarining asosiy 
qurilmalariga quyidagilar kiradi: sistemali blok, monitor va klaviatura (sichqoncha 
bilan). Sistemali blokda markaziy protsessor, operativ (tezkor) xotira, qattiq disk, 
kontrollerlar, disektalar va lezerli kompakt disklar bilan ishlash uchun qurilmalar va 
boshqalar joylashadi.
Markaziy protsessor. Kompyuterning eng muhim qismini markaziy 
protsessor, (ya’ni protsessor va boshqaruv qurilmasi) tashkil etadi. Dastur 
yordamida berilgan ma’lumotlarni o’zgartiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini 
boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli moslamalarning o’zaro aloqasini 
o’rnatadigan qurilma – protsessor deyiladi. Protsessorning vazifasi arifmetik va 
mantiqiy amallarni bajarish, xotiraga murojaat qilish, dasturdagi ko’rsatmalarning 
berilgan ketma-ketlikda bajarilishini boshqarish va boshqa amallarni bajarish 
xisoblanadi. 
 Mikroprotsessor. Mikroprotsessor katta bo’lmagan elektron sxema bo’lib, 
barcha hisoblarni bajaradi, axborotlarni qayta ishlaydi, dasturlarning ishlashini 
ta’minlaydi va kompyuter boshqa qurilmalari ishini boshqaradi. U kompyuterning 
ishlash tezligini ta’minlaydi. IBM RS kompyuterlarida odatda Intel firmasi va unga 
muvofiq boshqa firmalarning mikroprotsessorlari o’rnatiladi. Operativ xotira o’zida 
kompyuterda ishlatilayotgan dasturlar va ma’lumotlarni saqlaydi. Ma’lumotlar 
doimiy xotiradan operativ xotiraga ko‘chiriladi, olingan natijalar zarur bo’lgan holda 
diska qayta yoziladi. Kompyuter o‘chirilishi bilan operativ xotiradagi ma’lumotlar 
o’chiriladi. Bu xotira ikki qismdan iborat bo‘ladi. 1-qism operatsion sistema va 
amaliy programmalar uchun mo‘ljallangan. 2-qismi tashqi xotira bo‘lib, xizmat 
uchun foydalaniladi. Qattiq disk (винчестер) kompyuter bilan ishlaganda 
foydalaniladigan axborotni doimiy saqlashga mo‘ljallangan.
Kiritish-chiqarish portlari orqali protsessor tashqi qurilmalar bilan ma’lumot 
almashadi. Ichki qurilmalar bilan ma’lumot almashuvi uchun maxsus portlar hamda 
umumiy portlar mavjud.


14 

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling