O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov


III BOB. Tizimli dasturiy ta’minot. Operasion tizimlar


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/190
Sana08.09.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1674427
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   190
Bog'liq
kompyuter taminoti daslik 2019

III BOB. Tizimli dasturiy ta’minot. Operasion tizimlar  
Ushbu bobda tizimli dasturiy ta’minot va uning turlari, operasion tizimlar va 
ularning turlari, Windows operasion tizimi va uni kompyuterga о‘rnatish, fayllar va 
disklarga xizmat kо‘rsatuvchi dasturlar, arxivlashtirish dasturlari va antivirus 
dasturiy vositalar о‘rganiladi. 
13-§ Tizimli dasturiy ta’minot va uning turlari 
Tizimli dasturiy ta’minot (TDT) quyidagilarni bajarishga qaratilgan: 
 
kompyuterning va kompyuterlar tarmog‘ining ishonchli va samarali 
ishlashini ta’minlash; 
 
kompyuter va kompyuterlar tarmog‘i apparat qismining ishini tashkil 
qilish va profilaktika ishlarini bajarish. 
Tizimli dasturiy ta’minot ikkita tarkibiy qismdan - asosiy (bazaviy) dasturiy 
ta’minot va yordamchi (xizmat kо‘rsatuvchi) dasturiy ta’minotdan iborat. Asosiy 
dasturiy ta’minot kompyuter bilan birgalikda yetkazib berilsa, xizmat kо‘rsatuvchi 
dasturiy ta’minot alohida, qо‘shimcha tarzda olinishi mumkin. 
Asosiy dasturiy ta’minot (baze software) - bu, kompyuter ishini ta’minlovchi 
dasturlarining minimal tо‘plamidan iborat. 
Ularga quyidagilar kiradi: 
 
operasion tizim (OT); 
 
tarmoq operasion tizimi. 
Yordamchi (xizmat kо‘rsatuvchi) dasturiy ta’minotga asosiy dasturiy ta’minot 
imkoniyatlarini kengaytiruvchi va foydalanuvchining ish muhitini (interfeysni) 
qulayroq tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashxis qiluvchi, kompyuterning 
ishchanligini oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini ta’minlovchi va boshqa dasturlardir. 
Tizimli dasturiy ta’minot va ularning turlari 
Tizimli dasturiy ta’minot (TDT) Quyidagilarni bajarishga qaratilgan: 

kompyuterning va kompyuterlar tarmog‘ining ishonchli va 
samarali ishlashini ta’minlash; 


Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling