O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov
kompyuter va kompyuterlar tarmog‘i apparat qismining ishini
Download 3.68 Mb. Pdf ko'rish
|
kompyuter taminoti daslik 2019
kompyuter va kompyuterlar tarmog‘i apparat qismining ishini
tashkil qilish va profilaktika ishlarini bajarish. 122 Tizimli dasturiy ta’minot (system software) – kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir. Tizimli dasturiy ta’minot ikkita tarkibiy qismdan - asosiy (bazaviy) dasturiy ta’minot va yordamchi (xizmat kо‘rsatuvchi) dasturiy ta’minotdan iborat. Asosiy dasturiy ta’minot kompyuter bilan birgalikda yetkazib berilsa, xizmat kо‘rsatuvchi dasturiy ta’minot alohida, qо‘shimcha tarzda olinishi mumkin. Endi kompyuterning dasturiy ta’minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya bо‘yicha tasniflash mumkin: – tizimli dasturiy ta’minot; – amaliy dasturiy ta’minot; – dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari. Shunday qilib, tizimli dasturiy ta’minotni sxematik ravishda quyidagicha tasvirlash mumkin. 123 Operasion tizim (OT). Kompyuter bilan ishga tushuvchi ushbu dastur kompyuterni va uning resurslarini (tezkor xotira, diskdagi о‘rinlar va hokazo) boshqaradi, foydalanuvchi bilan muloqotni tashkil etadi, bajarish uchun boshqa dasturlarni (amaliy dasturlarni) ishga tushiradi. OT foydalanuvchi va amaliy dasturlar uchun kompyuter qurilmalari bilan qulay muloqotni (interfeysni) ta’minlaydi. Hozirgi paytda dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalarini yaratish bilan bog‘liq yo’nalish tez sur’atlar bilan rivojlanmokda. Bunday uskunaviy vositalar dasturlar yaratish va sozlash uchun quvvatli va qulay vositalarni tashkil etadi. Ularga dasturlar yaratish vositalari va Case-texnologiyalar kiradi. Dasturlar yaratish vositalari. Ushbu vositalar dasturlar yaratishda ayrim ishlarniavtomatik ravishda bajarishni ta’minlovchi dasturiy tizimlarni о‘z ichiga oladi. Hozirgi paytda dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalarini yaratish bilan bog‘liq yo’nalish tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Bunday uskunaviy vositalar dasturlar yaratish va sozlash uchun quvvatli va qulay vositalarni tashkil etadi. Ularga dasturlar yaratish vositalari va Case-texnologiyalar kiradi. Dasturlar yaratish vositalari. Ushbu vositalar dasturlar yaratishda ayrim ishlarni avtomatik ravishda bajarishni ta’minlovchi dasturiy tizimlarni о‘z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi: — kompilyator va interpretatorlar; — dasturlar kutubxonasi; — turli yordamchi dasturlar. Kompilyator dasturlash tilidagi dasturni mashina kodidagi dasturga aylantirib beradi. Interpretator yuqori darajadagi dasturlash tilida yozilgan dasturning bevosita bajarilishini xam ta’minlaydi. Dasturlar kutubxonasi oldindan tayyorlangan dasturlar tо‘plamidan iborat. Dasturlar yaratish vositalariga Mikroassembler, C, C++, Delphi, Visual Basic va boshqalar kiradi. 124 CASE-texnologiyasi informatikaning hozirgi paytda eng tezkor rivojlanayotgan sohalaridan biridir. CASE — Compyuter Aided Sistem Engineering — axborotlar tizimini avtomatlashtirilgan usulda loyihalash degani bо‘lib, CASE-texnologiyasi turli mutaxassislar, jumladan, tizimli tahlilchilar, loyihachilar va dasturchilar ishtirok etadigan kо‘pchilikning qatnashishi talab etiladigan axborot tizimlarini yaratishda qо‘llaniladi. Case-texnologiyalari vositalari nisbatan yangi, 80- yillar oxirida shakllangan yo’nalishdir. Ulardan keng kо‘lamda foydalanish qimmatligi tufayli chegaralangandir. Case-texnologiyasi — murakkab dasturiy tizimlarni tahlil etish, loyixalash, ishlab chiqarish va kuzatib turish texnologik jarayonini avtomatlashtiruvchi dasturiy ta’minotdir. Case-texnologiyasining asosiy yutug‘i - kompyuterlarning mahalliy tarmog‘ida ishlayotgan mutaxassislarni birgalikda, hamkorlikda loyiha ustida ishlashini tashkil eta olishi, loyihaning ixtiyoriy fragmentini eksport-import qila olishligi va loyihani tashkiliy boshqara bilishligidadir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling