O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov
Download 3.68 Mb. Pdf ko'rish
|
kompyuter taminoti daslik 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dasturiy resurslar bu
- Dasturlash sistemasi
- HimoY.
- Effektivlik.
- Moslanuvchanlik.
Operasion sistema funksiyalari. Agar operasion sistema (OS) tushunchasini
qisqacha izohlasak bu boshqaruv dasturidir. OS bu kompyuterning fizik va dasturiy resurslarini taqsimlash va ularni boshqarish uchun ishlatiladigan dastur. Kompyuter resurslari ikki xil: fizik va dasturiy resurslarga bо‘linadi. Fizik resurslar bu: - xotira, - vinchester, - monitor, - tashqi qurilmalar, - va shu kabilar kiradi. Dasturiy resurslar bu: - kiritish va chiqarishni boshqaruvchi dasturlar, - kompyuter ishlashini taminlaydigan boshqaruvchi dasturlar, - berilganlarni taxlil qiluvchi dasturlar, - drayverlar, - virtual ichki va tashqi xotirani tashkil qiluvchi va boshqaruvchi dasturlar, - va shu kabilardir. Dasturlash sistemasi-dasturlash tillari va ularga mos til prosessorlari majmuasidan iborat bо‘lib, dasturlarga ishlov berish va sozlashni taminlovchi dasturlar tо‘plamidan iborat. Dasturlash sistemasining tashkil qiluvchilar (dasturlar) amaliy dasturlar tо‘plami singari OS boshqaruvi ostida ishlaydi. Kompyuter 127 resurslari OS boshqaruvi ostida bо‘ladi. OS ga ehtiyoj resurslar taqsimoti va ularni boshqarish masalasi zaruriyatidan kelib chiqadi. Resurslarni boshqarishdan maqsad foydalanuvchiga kompyuterdan effektiv foydalanish bilan birga resurslarni boshqarish tashvishidan ozod qilish. OS quyidagi xususiyatlarga ega bо‘lishi talab qilinadi: 1. Ishonchlilik. OS о‘zi ishlayotgan qurilmalar bilan birga ishonchli bо‘lishi kerak. OS foydalanuvchi aybi bilan vujudga kelgan xatoni aniqlash, uni taxlil qilish va tiklanish holatida bо‘lishi kerak. OS foydalanuvchining о‘zi tomonidan qilingan xatodan himoyalashi, hech bо‘lmaganda dasturiy muhitga keltiriladigan zararni minimumga olib kelishi kerak. 2. HimoY. OS bajarilayotgan masalalarni о‘zaro bir biriga tasiridan himoyalash kerak. 3. Bashorat. OS foydalanuvchi sо‘roviga bashoratchilik bilan javob berishi kerak. Foydalanuvchi buyruqlari sistemada qabul qilingan qoidalar asosida yozilgan bо‘lsa, ularning ketma-ketligi qanday bо‘lishidan qat’iy nazar natija bir xil bо‘lishi kerak. 4. Qulaylilik. Foydalanuvchiga OS ni taklif qilishdan maqsad resurslarni aniqlash va bu resurslarni boshqarish masalalarini yechishdan ozod qilishdir. Sistemani inson psixologiyasini hisobga olgan holda loihalash kerak. 5. Effektivlik. Resurslar taqsimotida OS foydalanuvchi uchun maksimal holda sistema resurslaridan foydalanish darajasini oshirish kerak. Sistemaning о‘zi esa iloji boricha kamroq resurslardan foydalanishi kerak. Resurslarning OS tomonidan band qilinishi foydalanuvchi imkoniyatlarini kamaytirishga olib keladi. 6. Moslanuvchanlik. Sistema amallari foydalanuvchiga qarab sozlanishi mumkin. Resurslar majmuasi OS effektivligi va samaradorligini oshirish maqsadida kо‘paytirish yoki kamaytirilishi mumkin. 7. Kengaytiruvchanlik. Evolyusiya jarayonida OS ga yangi fizik va dasturiy resurslar qо‘shilishi mumkin. 8. Aniqlik. Foydalanuvchi sistema interfeys darajasidan pastda sodir bо‘ladigan jarayondan bexabar qolishi mumkin. Shu bilan birga foydalanuvchi 128 sistema haqida qancha bilgisi kelsa shuncha bilish imkoniyatiga ega bо‘lishi kerak. Bu holatda interfeys sistemasida qabul qilingan qoida va fizik qurilmalar ulanishi va о‘zaro bog‘liqligining funksional xarakteristikasi asosida amalga oshiriladi. Avval qayd etganimizdek - OS ning asosiy vazifasi bu resurslar tahsimoti va kompyuterda ishlashni boshqarishdan iborat. OS foydalanuvchini resurslar tahsimotidan ozod qilib kompyuterni uch xil rejimda ishlashini ta’minlashi mumkin: bir dasturli; kо‘p dasturli; kо‘p masalali. Download 3.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling