O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/190
Sana08.09.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1674427
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   190
Bog'liq
kompyuter taminoti daslik 2019

Operasion sistema funksiyalari. Agar operasion sistema (OS) tushunchasini 
qisqacha izohlasak bu boshqaruv dasturidir. OS bu kompyuterning fizik va dasturiy 
resurslarini taqsimlash va ularni boshqarish uchun ishlatiladigan dastur.
Kompyuter resurslari ikki xil: fizik va dasturiy resurslarga bо‘linadi. Fizik 
resurslar bu:
- xotira,
- vinchester,
- monitor,
- tashqi qurilmalar,
- va shu kabilar kiradi.
Dasturiy resurslar bu:
- kiritish va chiqarishni boshqaruvchi dasturlar,
- kompyuter ishlashini taminlaydigan boshqaruvchi dasturlar,
- berilganlarni taxlil qiluvchi dasturlar,
- drayverlar,
- virtual ichki va tashqi xotirani tashkil qiluvchi va boshqaruvchi dasturlar,
- va shu kabilardir.
Dasturlash sistemasi-dasturlash tillari va ularga mos til prosessorlari 
majmuasidan iborat bо‘lib, dasturlarga ishlov berish va sozlashni taminlovchi 
dasturlar tо‘plamidan iborat. Dasturlash sistemasining tashkil qiluvchilar (dasturlar) 
amaliy dasturlar tо‘plami singari OS boshqaruvi ostida ishlaydi. Kompyuter 


127 
resurslari OS boshqaruvi ostida bо‘ladi. OS ga ehtiyoj resurslar taqsimoti va ularni 
boshqarish masalasi zaruriyatidan kelib chiqadi. Resurslarni boshqarishdan maqsad 
foydalanuvchiga kompyuterdan effektiv foydalanish bilan birga resurslarni 
boshqarish tashvishidan ozod qilish.
OS quyidagi xususiyatlarga ega bо‘lishi talab qilinadi:  
1. Ishonchlilik. OS о‘zi ishlayotgan qurilmalar bilan birga ishonchli bо‘lishi 
kerak. OS foydalanuvchi aybi bilan vujudga kelgan xatoni aniqlash, uni taxlil qilish 
va tiklanish holatida bо‘lishi kerak. OS foydalanuvchining о‘zi tomonidan qilingan 
xatodan himoyalashi, hech bо‘lmaganda dasturiy muhitga keltiriladigan zararni 
minimumga olib kelishi kerak.
2. HimoY. OS bajarilayotgan masalalarni о‘zaro bir biriga tasiridan himoyalash 
kerak.
3. Bashorat. OS foydalanuvchi sо‘roviga bashoratchilik bilan javob berishi 
kerak. Foydalanuvchi buyruqlari sistemada qabul qilingan qoidalar asosida yozilgan 
bо‘lsa, ularning ketma-ketligi qanday bо‘lishidan qat’iy nazar natija bir xil bо‘lishi 
kerak.
4. Qulaylilik. Foydalanuvchiga OS ni taklif qilishdan maqsad resurslarni 
aniqlash va bu resurslarni boshqarish masalalarini yechishdan ozod qilishdir. 
Sistemani inson psixologiyasini hisobga olgan holda loihalash kerak.
5. Effektivlik. Resurslar taqsimotida OS foydalanuvchi uchun maksimal holda 
sistema resurslaridan foydalanish darajasini oshirish kerak. Sistemaning о‘zi esa 
iloji boricha kamroq resurslardan foydalanishi kerak. Resurslarning OS tomonidan 
band qilinishi foydalanuvchi imkoniyatlarini kamaytirishga olib keladi.
6. Moslanuvchanlik. Sistema amallari foydalanuvchiga qarab sozlanishi 
mumkin. Resurslar majmuasi OS effektivligi va samaradorligini oshirish maqsadida 
kо‘paytirish yoki kamaytirilishi mumkin.
7. Kengaytiruvchanlik. Evolyusiya jarayonida OS ga yangi fizik va dasturiy 
resurslar qо‘shilishi mumkin.
8. Aniqlik. Foydalanuvchi sistema interfeys darajasidan pastda sodir 
bо‘ladigan jarayondan bexabar qolishi mumkin. Shu bilan birga foydalanuvchi 


128 
sistema haqida qancha bilgisi kelsa shuncha bilish imkoniyatiga ega bо‘lishi kerak. 
Bu holatda interfeys sistemasida qabul qilingan qoida va fizik qurilmalar ulanishi va 
о‘zaro bog‘liqligining funksional xarakteristikasi asosida amalga oshiriladi.
Avval qayd etganimizdek - OS ning asosiy vazifasi bu resurslar tahsimoti va 
kompyuterda ishlashni boshqarishdan iborat. OS foydalanuvchini resurslar 
tahsimotidan ozod qilib kompyuterni uch xil rejimda ishlashini ta’minlashi mumkin: 
bir dasturli; kо‘p dasturli; kо‘p masalali.

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling