O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/190
Sana08.09.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1674427
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   190
Bog'liq
kompyuter taminoti daslik 2019

Bir dasturli rejim - kompyuterning barcha resurslari faqat bir dasturga 
xizmat qiladi.
Kо‘p dasturli rejim (multidastur) - OS bir vaqtning о‘zida bir biriga bog‘liq 
bо‘lmagan bir necha dasturlarga xizmat qiladi. Bunda resurslar dasturlar о‘rtasida 
о‘zaro taqsimlanadi. Multidastur rejimi markaziy prosessor ish vaqti bilan 
"periferiya" qurilmalari ishini ta’minlashdan iborat. Bu usulning bir dasturli 
rejimidan afzalligi resurslardan effektiv foydalanish va berilgan masala yechilishini 
tezlatishdir.
Kо‘p masalali rejim - multimasala rejimi bir vaqtning о‘zida bir necha 
masalaning paralel ishlashini ta’minlash kо‘zda tutilgan. Bunda bir masalaning 
natijasi ikkinchi masala uchun berilganlar majmuasini tashkil qilishi ham mumkin. 
OS yechilayotgan masalalarni bir-biri bilan bog‘liqligini rejalashtiradi va nazorat 
qilib boradi. Kо‘p dasturli rejimdan ( dasturlar orasida vaqtni taqsimlash prinsipi) 
farqli bu yerda barcha masalalar bо‘yicha parallel ishlash kо‘zda tutilgan. Kо‘p 
masalali rejim faqat multisistemada (bir necha prosessor) tashkil qilinadi.
OS kompyuter va foydalanuvchi о‘rtasidagi vositachi hisoblanadi. OS 
foydalanuvchi sо‘rovini analiz qiladi va uni bajarilishini ta’minlaydi. Sо‘rov OS 
tilida qabul qilingan buyruqlar ketma-ketligi kо‘rinishida bо‘ladi. OS sо‘rovlarni 
turli rejimlarda bajarishi mumkin, shu sababli OS ni quyidagi tiplarga bо‘lish 
mumkin:
- paket rejimi sistemasi;
- vaqtni taqsimlash sistemasi;
- real vaqt sistemasi;


129 
- dialog sistemasi.
Paket rejimi - bu masalalar majmuasiga ishlov beruvchi sistema, ya’ni bir 
yoki bir necha foydalanuvchi tomonidan tayyorlangan topshiriqlarni bajaruvchi 
sistema. Masalalar majmuasi kompyuterga kiritilgandan sо‘ng foydalanuvchi bilan 
uning masalasi о‘rtasida muloqat qilish taqiqlangan. Bunday OS bir dasturli yoki 
kо‘p dasturli rejimlarda ishlashi mumkin.

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling