O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/190
Sana08.09.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1674427
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   190
Bog'liq
kompyuter taminoti daslik 2019

Effektiv joylashtirish. Berilganlarni qay tartibda joylashtirish sistemaning 
mukammal ishlashiga omil bо‘ladi. Berilganlar pog‘ana-pog‘ana joylaytiriladi. OS 
shunday kо‘rilganki berilganlar bir biriga yaqin joyda joylashadi. Bunda kо‘p 
ishlatiladigan berilganlar oldingi "fon"da, kamroq ishlatiladiganlar esa keyingi 
bо‘limlarda joylashtiriladi. Albatda joylashtirishda ikkita berilganlar majmuasi 
о‘rtasida bо‘sh joy qoldirmaslikka harakat qilinadi. Berilganlar majmuasi orasida 
bо‘sh joy hosil bо‘lishi mumkinmi? Ha, mumkin. Bu berilganlarning saqlanishining 
ichki tuzilishidan kelib chiqadi. OS berilganlarni effektiv joylashtirish uchun shunga 
о‘xshash holatlarni hisobga olgan holda joylashtiradi.
 
Kompyuter bilan muloqat. OS ning ayrim resurslarida kompyuter bilan 
muloqat kо‘zda tutilgan. Bundan tashqari foydalanuvchi ham о‘z dasturiga 
muloqatni kiritishi mumkin. Muloqat tashabbuskori sistema yoki foydalanuvchi 
bо‘lishi mumkin. Tashabbuskor sistema bо‘lganda, sistema hosil bо‘lgan holatdan 


138 
boshqa holatga о‘tish yo’lini foydalanuvchi tafsiyasiga asosan bajaradi. Bunday 
holatlar rejali yoki rejasiz bо‘lishi mumkin. Rejali holat sistemada kо‘zda tutilgan 
bо‘lib foydalanuvchining javobi sistema unumdorligini oshirishga olib keladi. 
Rejada kо‘zda tutilmagan muloqatda esa sistema jarayonni qay tartibda bajarishni 
"bilmaydi" va tupik holat vujudga kelishi ham mumkin. Masalan, foydalanuvchi 
dasturi sistemada mavjud bо‘lmagan resursni talab qilishi. Muloqat tashabbuskori 
foydalanuvchi bо‘lganda, sistema kutish holatiga о‘tadi va foydalanuvchining 
buyrug‘iga asosan ishni davom ettiradi. Masalan, sistema xizmat qilayotgan dasturni 
vaqtinchalik yoki umuman tо‘xtatish.
Kompyuterning ishonchliligini taminlash. Kompyuterning qurilmalari 
normal ishlashi uchun ma’lum shart sharoitlar bajarilishi talab qilinadi, bular elektr 
manbai parametrlari, tashqi muhit temperaturasi va boshqalardir. Bu shart 
sharoitlardan chetga chiqish kompyuter aparaturasida uzilishga yoki notug‘ri 
ishlashiga olib keladi. OS da apparatura notug‘ri ishlashi natijasida paydo bо‘ladigan 
xatolikni inkor qiluvchi dastur mavjud bо‘lib zaruriyat tug‘ilganda sistema 
tashabbusi bilan bu dastur ishlaydi va hosil bо‘lgan xatolikka ishlov beradi. Bundan 
tashqari dasturiy resurslar notо‘g‘ri ishlashi natijasida xatolik vujudga keladi. Bu 
vaziyatda ishlatilayotgan dasturning tо‘g‘ri yoki notо‘g‘ri ishlayotganligini aniqlash 
uchun turli uslublardan faydalaniladi. Bunday uslublardan biri quyidagicha. OS 
tarkibiga maxsus dastur kiritiladi va bu dastur berilganlarga ishlov berishdan avval 
va ishlov bergandan sо‘ng tekshiriladi. Shu dastur kodlari yig‘indisi tekshiriladi
agarda hosil bо‘lgan kod avvaldan shu dastur uchun aniqlangan kodga teng bо‘lsa, 
u holda dastur tug‘ri ishlaydi yoki ishlagan deb talqin qilinadi. Odatda OS tarkibiga 
kirgan barcha dasturlar uchun yagona kod tanlanadi, masalan barcha bitlar nolga 
tenglab olinadi. Buning uchun dasturning oxirgi buyrug‘idan keyin nol kodiga 
tо‘ldiruvchi bо‘lgan kod tanlanadi va bu kodni dastur kodlari bilan yig‘indisi nol 
kodini beradi. Shu bilan dastur ishi natijasining ishonchliligiga erishiladi, chunki 
dasturdagi bitta bitning qiymati о‘zgarishi dastur uchun aniqlangan kontrol 
yig‘indida boshqa kod hosil qiladi. Bu holatlarni aniqlash va uni taxlil qilish uchun 
OS tarkibiga maxsus dasturlar kiritiladi.


139 

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling