O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov
Download 3.68 Mb. Pdf ko'rish
|
kompyuter taminoti daslik 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Operasion tizimni yuklash.
Konfiguratsiya fayli. Konfiguraciya fayli yordamida operasion tizimni
kengaytirish va SHK ba’zi qurilmalarining ishlashiga ta’sir kо‘rsatuvchi о‘rnatuvchi parametrlarni о‘zgartirish mumkin, xususan, yangi tashqi qurilmalarni ishlatish imkoniyatini ta’minlovchi drayverlarni ulash mumkin. Tizimni konfiguraciyalash quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi: • operasion tizimni aniq bir texnikaviy resurslariga moslashtirish; • foydalanuvchining hamjihatlik interfeysini optimallash va yaratish; • DOS va SHK ning ishlash samaradorligini oshirish. Konfiguraciyalash CONFIG. SYS faylida berilgan kо‘rsatmalar (direktivalar) bо‘yicha, tizimni yuklash vaqtida amalga oshiriladi, bunda quyidagi vazifalarlar bajarilishi mumkin: • operasion tizimning ish rejimlarini о‘rnatish; • yangi tashqi qurilmalarning va qо‘shimcha xotiraning drayverlarini ulash; • DOS rezident dasturlarini yuqori xotiraga о‘tkazish imkoniyatini ta’minlash; 150 • xotirani strukturlash (masalan, kiritish-chiqarish buferlari uchun xotira maydonlarini ajratish va sh. u. ), utilitalarni sozlash, tizimning sharoitlarini shakllantirish va sozlash maqsadida DOS parametrlarini о‘rnatish; • rezident dasturlarni yuklash; • kiritish-chiqarish standart qurilmalarini identifikatsiyalash. CONFIG. SYS fayli SHK ning barcha resurslarini (dasturli va texnikaviyli) ma’lum chegaralarda о‘zgartirish va shakllantirish imkomini beruvchi maxsus buyruqlarni о‘z ichiga oladi. Operasion tizimni yuklash. Operasion tizimni yuklash deganda uni TEQQ, ga bajarish uchun joylashtirilishi tushuniladi.DOS ni yuklash vazifasini tizimli yuklovchi deb ataluvchi maxsus dastur bajaradi. DOS ni yuklash kompyuter ulangandan keyin avtomatik boshlanadi. SHK ulanganda doimiy eslab qolish qurilmasidan kiritish-chiqarish bazaviy tizimining (BIOS) dasturini о‘qish amalga oshadi, u mashinaning ishga layokatliligini va uning о‘zining ishga tushirilish dasturlarini tekshirishni (SHK ni testlash), dasturlashtiriladigan mikrosxemalarni va standart konfiguraciyaning tashqi qurilmalarini iniciallashtirilishini amalga oshiradi. Bu ishlar muvaffaqiyatli tugagandan keyin OT ga ega bо‘lgan disketani yoki yuklovchi dasturiga ega bо‘lgan vinchesterni (Boot Record) о‘qish bajariladi, ularning yordamida keyin TEKX ga IBMBIO. COM va IBMDOS. COM dasturlarini yuklash amalga oshiriladi. IBMDOS. COM dasturi CONFIG. SYS faylini qidiradi va yuklaydi, undan olingan ma’lumotlar bо‘yicha qо‘shimcha drayverlarni oxiriga yuklash, joriy konfiguraciya qurilmalarini tekshirish va iniciallashtirish, uzulish vektorlari jadvalini sozlash amalga oshiriladi. Keyin mashinani boshqarishni о‘ziga olgan COMMAND. COM dasturini yuklash bajariladi (BIOS dasturi TEQQ dan о‘chirib tashlanadi). AUTOEXEC. BAT faylini qidirish va yuklash va faylni hamma buyruqlarini bajarish amalga oshiriladi. Displei ekranida ishga taklif etish paydo bо‘ladi (S:>, A:> yoki boshqa variantlar) — SHK ishga tayyor. 151 OT komandalari asosida foydalanuvchi diskni nomlash, fayllar nusxasini kо‘chirish, ekranda kataloglar ketma-ketligini olishixtiyoriy dasturlar, printer, displey bilan bevosita ishlash kabi imkoniyatlarga ega bо‘ladi. Odatda IBM PC kompyuterlarida Microsoft Corporation firmasining MS DOS yoki uning variantlari PC DOS NOVELL DOS, COMPACT DOS va boshka operasion sistemalari о‘rnatiladi. Download 3.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling