O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov
Download 3.68 Mb. Pdf ko'rish
|
kompyuter taminoti daslik 2019
DOS bazaviy bloki. Bu DOS ning markaziy bloki bо‘lib, u operasion tizimning
asosiy vazifalarini — SHK resurslarini va bajariladigan dasturlarni boshqarishni amalga oshiradi. Bu blokda resurslarni (jumladan, Tashqi qurilmalarni) boshqarish drayverlar vositasi bilan boshqarishga nisbatan yuqog‘iroq, darajada, ya’ni drayverlarga murojaat qilishni tashkil etish asosida amalga oshiriladi. Ana shu tashkil etishning boshida fayl tizimi yotadi. DOS bazaviy blokining asosini (IBMDOS. COM fayli) yuqori darajadagi uzulishlarni qayta ishlovchilar Tashkil egadi; shuning uchun bu blok kо‘pincha uzulishlarni qayta ishlash bloki yoki moduli deb ataladi. Uzilishlarni qayta ishlash moduli IBMDOS. COM (yoki MSDOS. SYS) nomiga ega va tizimli diskda joylashgan. IBMDOS. COM SHK ning hamma resurslarini mantiqiy darajada (BIOS ni boshqarish darajasiga nisbatan yuqog‘iroq) boshqarish (va taqsimlash) dasturlarini о‘z ichiga oladi; xususan, IBMDOS. COM da TQ, bilan ishlaganda BIOS drayverlarini qims dasturlar kabi ishlatuvchi, yuqori darajadagi uzulishlarni qayta ishlovchi dasturlar joylashadi. 149 IBM DOS. COM ning muhim dasturlari — bu faylli tizimni boshqarish, disklar bilan qiymatlarni blokli almashtirish, asosiy xotirani taqsimlash dasturlaridir. Buyruqli processor. Buyruqli processor (BP) foydalanuvchining SHK bilan о‘zaro ishini amalga oshiradi. U DOS fayli hisoblanadi va Command. COM nomiga ega. О‘zaro ishlash buyruqlar yordami bilan amalga oshiriladi. Buyruqlar ikki tipda bо‘ladi: ichki va tashqi. Ichki buyruqlar BP ning о‘zining tarkibiga kiradi va DOS yuklangandan keyin tezkor xotirada joylashadi (rezidentli buyruqlar). Tashqi buyruqlar MS DOS tarkibiga kiruvchi.EXE va.COM tipidagi fayllardir. BP ning asosiy vazifalarilari quyidagilardir: 1. Klaviaturadan yoki buyruqli fayldan kiritilgan buyruqlarni qabul qilish va tahlil qilish. 2. COMMAND. COM faylida mavjud bо‘lgan DOS ichki buyruqlarini bajarish. 3. MS DOS ning tashqi buyruqlarini yuklash va bajarish; DOS imkoniyatlarini kengaytiruvchi dasturlar (utilita) va.SOM va.EXE tipidagi amaliy dasturlar. Download 3.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling