O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov


MS DOS ning asosiy tarkibiy qismlari


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/190
Sana08.09.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1674427
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   190
Bog'liq
kompyuter taminoti daslik 2019

MS DOS ning asosiy tarkibiy qismlari: 
• Kiritish-chiqarish bazaviy tazini (BIOS — Basic Input Output System); 
• Operasion tizimning yuklovchisi (boshlang‘ich yuklash dasturi Boot Record); 
• Kengaytma bloki BIOS (IBMBIO. COM fayli yoki unga о‘xshashlar); 
• DOS bazaviy bloki (IBMDOS. COM fayli yoki unga о‘xshashlar), uni kо‘pincha 
uzulishlarni qayta ishlash bloki deb ataladi
• Tо‘g‘rilangan ichki makrobuyruqlarni о‘z ichiga olgan buyruqli processor 
(COMMAND. COM dasturi) (servis va xizmat kо‘rsatish 
qims dasturlari, fayllarga xizmat kо‘rsatiladigan kо‘p qims dasturlar); 
• Tizim konfiguraciyasi fayli (CONFIG. SYS buyruqlar tо‘plani); 
• Jarayonlarni avtoyuklash fayli (AUTOEXEC. BAT buyruqlar tо‘plani).


146 
MS DOS bilan birgalikda DOS ga rasniy kirmaydigan, tizimning resurslari bilan 
ishlashni engillashtiradigan Tashqi makrobuyruqlar va servisli utilitalar va Tashqi 
qurilmalarning drayverlarini yuklaydigan fayl ham etkazib beriladi.
OT dasturlarining bir qismi mashinaning doimiy xotirasida, qolgan qismi esa 
(kо‘prog‘i) magnit diskda saqlanadi.
Masalan, BIOS DEQQda tizimli platada, OT ning qolgan komponentlari esa 
disklarning birida (qattiq yoki egiluvchan) joylashadi; shu bilan birga Boot Record 
diskning eng boshida joylashadi. OT ning komponentalarini о‘z ichiga olgan diskni 
tizimli disk deyiladi.
Kiritish-chiqarish bazaviy tizimi (BIOS). BIOS, qatiy aytganda, OT ning emas, 
balki SHK ning komponenti hisoblanadi, negaki SHK da ishlatiladigan OT 
almashganda о‘zgarmaydi (DEKDda joylashganligi uchun).
BIOS ushbu vazifalarni bajaradi: 
• mashinani iniciallashtirish, ya’ni mashina tok manbasiga ulanganda, uning 
barcha elementlarini boshlang‘ich holatga keltirish; 
• testlash, ya’ni mashinada butlikni hamda texnikaviyura va dasturli resurslarning 
ishga layoketliligini tekshirish (processor, xotira, drayverlar va b. ); 
• operasion tizimni iniciallashtirish, ya’ni tizimli diskdan OT ning yuklovchisini 
о‘qish; 
• xizmat kо‘rsatish jarayonlarini va tashqi qurilmalar bilan amallarni bajaruvchi quyi 
darajali dasturli va texnikaviyli uzulishlarni qayta ishlash; 
• SHK ning standart kiritish-chiqarish qurilmalarini boshqarish. SHK ning tashqi 
qurilmalarini boshqarish drayverlar deb ataluvchi maxsus dasturlar yordamida 
amalga oshiriladi.
Drayverlar. Drayverlar DOS dasturlarini va foydalanuvchi dasturlarini, kiritish-
chiqarish amallarini batafsil va tо‘la dasturlashdan xalos qiladi.
Drayver quyidagi vazifalarni bajaradi: 
• tashqi qurilmalarga murojaat qilish sо‘rovlarini qabul qiladi; 
• sо‘rovlarni tashqi qurilmani boshqarish buyruqlariga, bu qurilmaning hamma ish 
xususiyatlarini va tuzulish detallarini hisobga olgan xolda, о‘zgartiradi; 


147 
• xizmat kо‘rsatilayotgan tashqi qurilmadagi uzulishlarni qayta ishlaydi.

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling