O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov
Download 3.68 Mb. Pdf ko'rish
|
kompyuter taminoti daslik 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dasturiy resurslar
- Nazorat va boshqaruv.
Xotirani boshqarish - OS tarkibidagi maxsus dasturlar yordamida bajariladi.
Xotira ishchi dastur bilan yuklanganda sistema uchun qabul qilingan hajmdagi xotira 140 ajratiladi yoki bо‘lmasa topshiriqlar tilida kо‘rsatilgandek joy ajratiladi. Shuni aytish kerakki OS asosini tashkil qiluvchi dasturlar xotirada doim saqlanib turadi uning uchun xotirada maxsus joy ajratilgan va boshqa dasturlar yordamida bu joyga kirish OS himoya dasturi yordamida himoyalangan. Dasturiy resurslar bevosita OS ishini ta’minlaydigan va foydalanuvchi ishlatadigan( yordamchi) dasturlar majmuasidan iborat bо‘ladi. Yordamchi dasturlar xajmi foydalanuvchi ehtiyojiga qarab aniqlanadi. Bu holda yordamchi dasturlar qancha kо‘p bо‘lsa shuncha yaxshi deyish notug‘ri, chunki dastur qancha kо‘p bо‘lsa ularni saqlash, qidirish va ishga tushirish shunchalik murakkab bо‘ladi. Shu sababli aktiv holatda zaruriy dastur resurslarini saqlab zarur bо‘lmagan resurslarni esa arxiv holatda saqlash va kerak bо‘lgan holda ularni tiklash tafsiya qilinadi. Nazorat va boshqaruv. OS tarkibida jarayonni boshqarish bilan birga uni nazorat qiluvchi dastur mavjud bо‘ladi. Bu dastur prosessorga topshirilgan vazifani qay darajada bajarayotganligi va tо‘liqligini taxlil qiladi. Har bir boshqaruv bajarilgandan sо‘ng holat kodi nazorat dasturiga qaytariladi va dastur uni taxlil qilib berilgan topshiriq qay darajada bajarilganligi haqida xulosa qiladi va ma’lumot boshqaruv dasturiga uzatiladi. Bog‘lanish. OS tarkibiga kirgan barcha dasturlar bir biri bilan chambarchas bog‘langan. Bu bog‘lanishlar tashqi va ichki bо‘ladi. Tashqi bog‘lanish bevosita OS boshqarish dasturi bilan bog‘lansa, ichki bog‘lanish real bajarilayotgan dasturlarning ishini ta’minlash uchun yordamchi dastur bо‘ladi. Bundan tashqari hodisa bog‘lanishi hodisalar ketma-ketligi bilan aniqlanadi. YA’ni bu holda har bir hodisa bajarilish sharti taxlil qilinadi va biron-bir hodisa bajarilishi uchun albatta ma’lum hodisa bajarilishi talab qilinadi. OS da yuqorida qayd etilgan dasturlardan tashqari yana quyidagi yordamchi dasturlar mavjud. Bu dasturlar quyidagilarni bajaradi: - qurilmalarning parallel ishlashini ta’minlash; - dasturlarga parallel xizmat qilish; - umumiy jarayonni aniqlash va boshqarish; - sinxron jarayonga xizmat; 141 - kritik resurslarni aniqlash; - lokal va umumiy berilganlarni aniqlash va boshqarish; - va h.k.z. EHM da har qanday masalani echish, bir tomondan, bajarilishi kerak bо‘lgan hamma amallarning ketma-ketligini belgilaydigan dasturlarni (dasturli vositalar — software), ikkinchi tomondan esa, bu amallarni amalga oshirish uchun jalb qilinadigan aniq bir texnikaviyura vositalarini (processor, xotira, displey, printer, klaviatura va b. — hardware) talab etadi. EHM texnikaviy vositalarini boshqarishning kо‘plab jarayonlari ma’lum darajada standart hisoblanadi va aslini olganda, dasturli vositalarga bog‘liq emas. Operaciey tizimning (OT) asosiy vazifasi ayni shu kuо‘satilgan standart, kо‘pincha esa juda etarlicha oddiy jarayonlarni bajarishni avtomatlashtirishdir. Hisoblash tizimining turli tarkibiy qismlari orasidagi о‘zaro aloqani 16- rasmda kо‘rsatilganidek tasvirlash mumkin. Foydalanuvchi nuqtai nazaridan, OT qulay foydalanuvchi interfeysini (EHM ishini boshqarish uchun buyruqli til va foydalanuvchini zerikarli amallarni bajarishdan ozod qiluvchi servis xizmatlari tо‘plani), dasturli muxitni, о‘ziga xos "peyzaj" ni (manzarani) shakllantiradi, ularning asosida foydalanuvchining amaliy dasturlari ishlab chiqiladi va ijro etiladi. Texnik nuqtai nazardan OT bu EHM resurslarini va bu resurslarni ishlatuvchi axborotni qayta ishlash jarayonlarini boshqarishni ta’minlaydigan dasturlar tо‘pshamidir. Resursni boshqarish resurslarga murojaat qilishni soddalashtirish jarayonlariga, raqobatlashuvchi jarayonlar orasida resurslarni dinamik taqsimlashga olib kelinadi. Shuni hisobga olish kerakki, hisoblash tizimining istalgan obyekti (texnikaviyli yoki dasturli) resurs hisoblanib, ular hisoblash jarayonlarida ishlatilishi mumkin va mos ravishda, ular о‘rtasida taqsimlanishi mumkin. Ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonlarini boshqarish SHKning samarali ish rejimlarini tashkil etish va amalga oshirishdan iborat bо‘lib, bu rejimlar quyidagilardir: 142 • bitta foydalanuvchi rejimi va alohida terminallar orqali SHK bilan bir vaqtning о‘zida bir nechta foydalanuvchining birgalikda ishlashini ta’minlaydigan Kо‘p foydalanuvchili rejim; • bitta dasturli (bitta masalali) va kо‘p dasturli (kо‘p masalali) ish rejimi; kо‘p dasturli ishlash rejimi, SHK ning resurslariga murojaat qilish rejimiga bog‘liq ravishda, о‘z navbatida quyidagilarga bо‘linadi: a) paketli qayta ishlash rejimi (foydalanuvchini bevosita murojaat qilishisiz, bir vaqtning о‘zida echilishi kerak bо‘lgan hamma dasturlar blokini (paketini) oldindan yig‘ish va shakllantirish bilan); b) vaqtni bо‘lish rejimi (foydalanuvchilar о‘rtasida har bir oldindan qayd qilingan mashina vaqti intervalini bо‘lish bilan yoki boshqa xizmat kо‘rsatish intizomiga mos ravishda bо‘lish bilan bir nechta foydalanuvchilarning bir vaqtning о‘zida muloqatli (interaktiv) murojaat qilishi); v) haqiqiy vaqt rejimi (foydalanuvchining yoki tashqi terminalning har bir murojaatiga kafolatli xizmat kо‘rsatish vaqti bilan); • virtual mashinalarni shakllantirish rejimi (har bir foydalanuvchiga asosiy SHKdoirasida kamroq unumli gо‘yoki alohida mashina, balki о‘zining operasion tizimi bilan, ajratiladi); • bitta processorli, kо‘p processorli, kо‘p mashinali, shu jumladan tarmoqli hisoblash tizimlarida ishlash. SHK OT ning xarakterli xususiyati shundaki, ular "dо‘stona" foydalanuvchi interfeysini — foydalanuvchining SHK bilan о‘zaro ishini ta’minlaydi. OT ning "dо‘stonaligi" quyidagini bildiradi, u foydalanuvchiga amaliy dasturlarni bajarish jarayonida kerakli servisni ta’minlaydi va dasturlovchiga dasturlarni ishlab chiqish va sozlash uchun hamda ma’lumotlarni saqlash, о‘zgartirish, aks ettirish va nusxalash uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlaydi. SHK lar uchun quyidagi OT turlari keng tarqalgan: • MS DOS - IBM PC AT va XT SHK lari uchun; • OS/2 - IBM PS/2 va 80386 va undan yuqori MP li PC AT SHKlari uchun; 143 • UNIX — 32 razryadli IBM PS/2 va 80386 va undan yuqori MP li IBM PC AT SHK lari uchun; • WINDOWS 95 — 32 razryadli, 80386 va undan yuqori MP li IBM PC AT SHK lari uchun; • WINDOWS NT — 32 razryadli, 80486 va undan yuqori MP li IBM PC AT SHK lari uchun. MS DOS va WINDOWS 95 operasion tizimlari tо‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar keyingi bobda beriladi. Download 3.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling