O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/190
Sana08.09.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1674427
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   190
Bog'liq
kompyuter taminoti daslik 2019

Konfiguratsiya fayli. Konfiguraciya fayli yordamida operasion tizimni 
kengaytirish va SHK ba’zi qurilmalarining ishlashiga ta’sir kо‘rsatuvchi о‘rnatuvchi 
parametrlarni о‘zgartirish mumkin, xususan, yangi tashqi qurilmalarni ishlatish 
imkoniyatini ta’minlovchi drayverlarni ulash mumkin.
Tizimni konfiguraciyalash quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi: 
• operasion tizimni aniq bir texnikaviy resurslariga moslashtirish; 
• foydalanuvchining hamjihatlik interfeysini optimallash va yaratish
• DOS va SHK ning ishlash samaradorligini oshirish.
Konfiguraciyalash CONFIG. SYS faylida berilgan kо‘rsatmalar (direktivalar) 
bо‘yicha, tizimni yuklash vaqtida amalga oshiriladi, bunda quyidagi vazifalarlar 
bajarilishi mumkin: 
• operasion tizimning ish rejimlarini о‘rnatish; 
• yangi tashqi qurilmalarning va qо‘shimcha xotiraning drayverlarini ulash
• DOS rezident dasturlarini yuqori xotiraga о‘tkazish imkoniyatini ta’minlash; 


150 
• 
xotirani 
strukturlash 
(masalan, 
kiritish-chiqarish 
buferlari 
uchun xotira maydonlarini ajratish va sh. u. ), utilitalarni sozlash, tizimning 
sharoitlarini shakllantirish va sozlash maqsadida DOS parametrlarini о‘rnatish; 
rezident dasturlarni yuklash
• kiritish-chiqarish standart qurilmalarini identifikatsiyalash.
CONFIG. SYS fayli SHK ning barcha resurslarini (dasturli va texnikaviyli) 
ma’lum chegaralarda о‘zgartirish va shakllantirish imkomini beruvchi maxsus 
buyruqlarni о‘z ichiga oladi.
Operasion tizimni yuklash. Operasion tizimni yuklash deganda uni TEQQ, ga 
bajarish uchun joylashtirilishi tushuniladi.DOS ni yuklash vazifasini tizimli 
yuklovchi deb ataluvchi maxsus dastur bajaradi. DOS ni yuklash kompyuter 
ulangandan keyin avtomatik boshlanadi.
SHK ulanganda doimiy eslab qolish qurilmasidan kiritish-chiqarish bazaviy 
tizimining (BIOS) dasturini о‘qish amalga oshadi, u mashinaning ishga 
layokatliligini va uning о‘zining ishga tushirilish dasturlarini tekshirishni (SHK ni 
testlash), dasturlashtiriladigan mikrosxemalarni va standart konfiguraciyaning 
tashqi qurilmalarini iniciallashtirilishini amalga oshiradi.
Bu ishlar muvaffaqiyatli tugagandan keyin OT ga ega bо‘lgan disketani yoki 
yuklovchi dasturiga ega bо‘lgan vinchesterni (Boot Record) о‘qish bajariladi, 
ularning yordamida keyin TEKX ga IBMBIO. COM va IBMDOS. COM dasturlarini 
yuklash amalga oshiriladi. IBMDOS. COM dasturi CONFIG. SYS faylini qidiradi 
va yuklaydi, undan olingan ma’lumotlar bо‘yicha qо‘shimcha drayverlarni oxiriga 
yuklash, joriy konfiguraciya qurilmalarini tekshirish va iniciallashtirish, uzulish 
vektorlari jadvalini sozlash amalga oshiriladi.
Keyin mashinani boshqarishni о‘ziga olgan COMMAND. COM dasturini 
yuklash bajariladi (BIOS dasturi TEQQ dan о‘chirib tashlanadi). AUTOEXEC. 
BAT faylini qidirish va yuklash va faylni hamma buyruqlarini bajarish amalga 
oshiriladi. Displei ekranida ishga taklif etish paydo bо‘ladi (S:>, A:> yoki boshqa 
variantlar) — SHK ishga tayyor.


151 
OT komandalari asosida foydalanuvchi diskni nomlash, fayllar nusxasini kо‘chirish, 
ekranda kataloglar ketma-ketligini olishixtiyoriy dasturlar, printer, displey bilan 
bevosita ishlash kabi imkoniyatlarga ega bо‘ladi.
Odatda IBM PC kompyuterlarida Microsoft Corporation firmasining MS 
DOS yoki uning variantlari PC DOS NOVELL DOS, COMPACT DOS va boshka 
operasion sistemalari о‘rnatiladi.

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling