O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Nishonova elektronikaning fizik asoslari o‘quv qo
Download 1.96 Mb.
|
O\'quv qo\'llanma EFA 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- 32-rasm . Dielektrikni elektron dastasi bilan z aryadlangandagi mishen sirti potensiali.
- Ikkilamchi elektronlar emissiyasining asosiy xossalari
31-rasm. Ikkilamchi elektronlar emissiyasi to‘la koeffitsientini birlamchi elektronlar energiyasiga bog‘liqligi : a-metallar (Cu); b-dielektriklar (CsSl)
4.3. Dielektriklarda ikkilamchi elektronlar emissiyasi hodisasini o‘rganishning o‘ziga xosligiDielektrikdan qilingan mishenlarni elektronlar bilan bombardimon qilinganida mishen sirtini zaryadlanishi kuzatiladi, natijada uning potensiali o‘zgaradi. Dielektrikka vaqt bo‘yicha, doimiy bo‘lgan birlamchi elektronlar oqimi kelib tushayotgan jarayonlarni ko‘rib chiqamiz. Mishen M –ning metallik tagligi R –bilan elektron pushka E orasidagi tezlashtiruvchi kuchlanish -V0' (32,a-rasm.) bo‘lsin. U holda, boshlang‘ich vaqt momentida mishenda birlamchi elektron energiyasi E'0=eV'0ga teng bo‘lsin. 32-rasm. Dielektrikni elektron dastasi bilan zaryadlangandagi mishen sirti potensiali. Faraz qilamizki, M- mishendan urib chiqarilgan barcha elektronlar, K-kollektorga boradi deb. ( Kollektorning potensiali mishen potensialidan yuqori Vkol ). Agar E'0 shunday bo‘lsaki, unda σ , u holda vaqt birligida mishenga kebil tushayotgan elektronlar soni undan ketayotganlar sonidan ko‘p bo‘ladi, va natijada dielektrik sirt potensiali V0 (mos ravishda, uchib kelayotgan elektronlar E0) kamayadi. (Sirt manfiy zaryadlanadi). σ koeffitsient ikkita sohada kuzatiladi : E0 E01 sohada va E0 E02 sohada. E01 va E02 σ bo‘lgandagi birlamchi elektronlar energiyasi qiymati (32, b-rasm). Agar V'0 V01, bo‘lsa, u holda V0 ning kamayishi σ ning kamayishiga olib keladi, va bu V0 nolgacha kamaymagunicha davom etadi, va mishenga birlamchi elektronlar kelib etmaydi. Shunday qilib, V'0 V01, da dielektrik sirti potensiali V0 bo‘lganida stalbillashadi. Agar, V'0 V01, bo‘lsa, u holda V0 potensial qiymatining V02 potensial qiymatigacha kamayishidan mishenga tushayotgan elektronlar soni uni vaqt birligi ichida tark etayotgan elektron soniga tenglashgunicha davom etadi. V0 potensialning boshqa kamayishi kuzatilmaydi, chunki, V0 V02 da σ holat kuzatilib, ya’ni mishen sirti potensiali musbat bo‘lib qolgan bo‘lardi. Shunday qilib, V'0 V02, dielektrik sirti potensiali V0 02 potensialda stabillashadi. V01 V01 V02 bo‘lgan holda, ikkilamchi elektronlar soni birlamchi elektronlar sonidan ko‘proq bo‘ladi va dielektrikning sirtidagi potensial V0 orta boradi. Qachonki, V0 V02 ga tenglashganda, V0- potensialning keyingi ortishi to‘xtaydi, ya’ni, mishenning potensiali V0 02 stabillashadi. V'0 01, bo‘lsa, nostabil muvozanat holati bo‘ladi: mishenning sirti potensiali stabillashadi V'0 , va hamda V0 02. Ikkilamchi elektronlar tokini kollektorga butunlay yo‘naltirish (Vkol avtomatik ravishda amalga oshiriladi, agar V'0 V01 yoki V'0 V02, u holda dielektrik sirti potensiali unga birlamchi elektronlar oqimi tushgandan so‘ng kamayadi. Biroq agar, V01 V01 V02 bo‘lgan holda , sirt potensiali, orta borib, kollektor potensialidan katta bo‘ladi, va unda ikkilamchi elektronlarning bir qismi yana orqaga mishenga qaytadi. Shunday ekan, uncha katta bo‘lmagan potensialda kollektorda mishenga tushayotgan birlamchi elektronlar bilan mishendan kollektorga ketayotgan ikkilamchi elektronlar orasida – muvozanat o‘rnatiladi. Bunday holda, mishenning sirti potensiali kollektor potensialiga tenglashadi V0 `0. Statistik o‘lchash rejimida dielektrik sirtini zaryadlanishini oldini olishning bir nechta usullari mavjud: birlamchi elektronlar dastasi zichligini kamaytirish; dielektrik qalinligini kamaytirish bilan mishenning qarshiligini kamaytirish; mishenni qizdirish. Dielektrik sirtini elektronlar oqimi bilan zaryadlanishini oldini olish maqsadida impulsli usuldan foydalaniladi, jumladan, birlamchi impulslar usulidan, har bir impulsdan so‘ng mishenni yuqori haroratlargacha qizdirish amalga oshiriladi. Bundan tashqari, mishen sirti potensialini qayta tiklash uchun yordamchi elektronlar dastasidan ham foydalaniladi. Bu maqsad uchun, mishen ketma-ket (yoki birvaqtni o‘zida) elektronlar dastasi bilan nurlantiriladilar, ular yana dielektriklarda ikkilamchi elektronlar emissiyasini o‘lchash uchun xizmat qiladi, va hamda mishen sirti potensialini tiklovchi dasta sifatida xizmat qiladi. Ikkilamchi elektronlar emissiyasining asosiy xossalari Ikkilamchi elektronlar emissiyasini o‘rganishda olingan natijalar to‘g‘riligini tasdiqlovchi asosiy shartlari quyidagilardan iboratdir –o‘rganilayotgan qattiq jism sirtining tozaligi, vakuum darajasi va qoldiq gazlar parsial tarkibidir. Sirtning tozaligiga odatda – o‘ta yuqori vakuumda o‘rganilayotgan namuna yuqori haroratlargacha qizdiriladi. O‘lchash vaqti hajmda sirtga monoqatlamli atomlar yoki molekulalarning adsorbsiyalanishiga ketadigan vaqtdan kamroq vaqt ichida amalga oshirilishi zarur. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling