O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Nishonova elektronikaning fizik asoslari o‘quv qo
Download 1.96 Mb.
|
O\'quv qo\'llanma EFA 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV BOB. IKKILAMCHI ELEKTRONLAR EMISSIYASI
Nazorat uchun savollar:
Kontakt hodisasi deb nimaga aytiladi? Metallarda chiqish ishini aniqlashning qandayi usullari mavjud? Elektronning chiqish ishi qaysi formula orqali topiladi? Chiqish ishini aniqlashning oddiy usullaridan qaysilarini bilasiz? Injeksiya deb nimaga aytiladi? p-n o‘tishning teskari ulanishi qaysi formula orqali topiladi? Ekstraksiya toki deb nimaga aytiladi? Volt-amper xarakteristikasi deb nimaga aytiladi? To‘yinish toki nimaga teng? P-n o‘tish sxemasini tushuntiring. Tunnel o’tish deb nimaga aytiladi? Ko‘chkili teshilishda M va larning ga bog’liqliqlik grafigi qanday? Issiqlik teshilish hodisasi qanday yuz beradi? Elektr teshilish mexanizmi necha turga bo’linadi? IV BOB. IKKILAMCHI ELEKTRONLAR EMISSIYASI4.1. Ikkilamchi elektronlar emissiyasining umumiy tushunchalariQattiq jismlar sirtini elektronlar bilan bombardimon qilganda – ikkilamchi elektronlarning uchib chiqishi kuzatiladi. Ushbu hodisa Ikkilamchi elektronlar emissiyasi degan nomni oldi. Qattiq jismlar sirtini tark etayotgan Ikkilamchi elektronlar oqimida ular hosil bo‘lishi tabiatiga ko‘ra uch gruppa elektronlar kuzatiladi (29-rasm). Birinchi gruppa elektronlar tarkibiga mishen sirtidan elastik qaytgan birlamchi elektronlar kiradi. Ular qattiq jism sirtiga tushayotgan birlamchi elektronlar ega bo‘lgan energiyachalik energiyaga ega bo‘lishadi, shu sababli ushbu gruppa elektronlarini ikkilamchi elektronlar umumiy potogidan ajratish qiyin emas. 29-rasm. Ikkilamchi elektronlar energetik spektri (boshlang‘ich energiya E0 150 eV ). Ikkinchi gruppaga sirtdan noelastik qaytgan birlamchi elektronlar kiradi, uchinchi guruhga esa –haqiqiy ikkilamchi elektronlar kiradi. Birlamchi elektronlarning energiyasi E0 100-200 eV bo‘lganda, energiyasi E 50 eV energiyali ikkilamchi elektronlarga noelastik qaytgan elektronlar, E 50 eV energiyali elektronlarga - haqiqiy ikkilamchi elektronlar deyiladi. Bunday o‘xshatishlikda, tabiiyki, tez haqiqiy ikkilamchi elektronlar va sekin noelastik qaytgan elektronlar hisobga olinmaydi. E0 birlamchi elektronlar energiyasi kamayganda, elastik qaytgan birlamchi elektronlar soni ortadi, ya’ni, I pikning balandligi ortadi, III pikning balandligi esa kamayadi. Yuqorida keltirilgan uchta gruppa elektronlarga qarab quyidagi koeffitsientlar kiritiladi : Elastik qaytgan elektronlar koeffitsienti ; (4.1) Noelastik qaytgan elektronlar koeffitsienti ƞ (4.2) Haqiqiy ikkilamchi elektronlar koeffitsienti (4.3) Bu yerda, –birlamchi elektronlar toki ; - elastik qaytgan elektronlar toki ; - noelastik qaytgan elektronlar toki . Ikkilamchi elektronlar emissiyasi to‘la toki quyidagiga teng + . (4.4) emissiyasi to‘la toki quyidagicha tasvirlanishi mumkin . (4.5) Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling