O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. U. Xamidova maxsus pedagogika
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika
artikulyatsion dispraksiyaning namoyon bo‘lishi hisoblanadi, bu esa
maqsadli harakatlarni amalga oshirishni qiyinlashtiradi va tovushlarni talaffuz qilishdagi nuqsonlarni yanada og‘irlashtiradi. Bolalar serebral falajida logopedik ishlarning asosiy vazifasi artikul- yatsion holat va harakatlarni his etishni rivojlantirish, artikulyatsion dispraksisni oldini olishdir. Artikulyatsion harakatlarni his etishni yaxshilash uchun qarshilik ko‘rsatish mashqi, ko‘zgu yordamida ko‘rib nazorat qilish mashq va yopiq ko‘zlar bilan nazorat qilish mashqlarini almashtirib bajarish ishlari qo‘llaniladi. Bolalar serebral falajida nutqiy buzilishlarni iloji boricha erta aniqlash va korreksion-logopedik ishlarni o‘z vaqtida boshlash juda muhim hisoblanadi. Logopedik tekshirish vaqtida bolaning artikulyatsion, nafas va ovoz apparatlarining holatini va ishlash vaqtidagi hamkorligi darajasini aniqlab olish zarurdir. Buning uchun esa quyidagilarga: yuz muskullarining tonusiga; majburiy va keskin harakatlar, tonus o‘zgarishining mavjudligiga; harakatlarning hajmiga; og‘izning avtomatlashgan harakatlarining mavjudligi yoki mavjud emasligiga; logopedning barmog‘i yordamida og‘iz va og‘iz atrofi sohalarini stimullash – jalb qilish jarayoniga javob reaksiyasining mavjudligiga e’tibor qaratish lozim. Og‘iz mushaklari tonusi holatini tekshirib ko‘rish muhimdir: jag‘larning harakatsiz va harakat vaqtidagi holatini; lablarning 114 harakatchanligi, tonusi va o‘zaro simmetriyasini; til muskullari tonusi, alohida harakatlarni bajara olishi, bir harakatdan boshqasiga o‘ta olishini; qattiq va yumshoq tanglay mushaklarini; nafas ritmi va hajmi, nafas va nutq, nafas olish va nafas chiqarish orasidagi koordinatsiyani (ovoz reaksiyalarini), bolaning nafas olishi tana yoki bosh harakatlari bilan birgalikda kuzatilishini tekshirish. Bolaning ichki va tashqi nutqini, uning balandligi va kuchini, tovushlarni talaffuz qilishini, fonematik idrokini, nutqning leksiko- grammatik tomonlarini aniqlab olish kerak bo‘ladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling