O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. U. Xamidova maxsus pedagogika
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika
Savol va topshiriqlar
1. Tayanch harakat a’zolarining rivojlanish xususiyatlari 2. Serebral falajning dastlabki belgilari 3. Serebral falajlangan bolalar klassifikatsiyasi 2. Mujassam nuqsonli bolalar Alohida yordamga muhtoj bolalar qatoriga murakkab nuqsonli ko‘r-kar-soqov bolalar kiradi. Bu toifadagi bolalar nuqsoni ancha murakkab. Kar-ko‘r-soqov bolalar tevarak atrofdan informatsya olish imkoniyatidan mahrum bo‘lganligi tufayli aqlan rivojlanmaydi. Biroq maxsus tashkil etilgan yordam tufayli bu bolalar to‘liq intellektual rivojlanish imkoniyatiga egadirlar. Ularga barcha murak- kab muloqot turlari yaratiladi, nutqi o‘stiriladi va ular barkamol nutqdan tortib to so‘z nutqigacha egallay oladilar. Bu esa ularni o‘rta maktab dasturini egallab, hatto oliy o‘quv yurtlarini muvaffaqiyatli 118 bitirishga imkon beradi. Bunga Olga Ivanovna Skoroxodovaning hayoti va ijodini misol qilib keltirishimiz mumkin. Kar-ko‘r-soqov qizchani mashhur korreksion pedagog Sokolyanskiy I.A. o‘zi rahbarlik qilgan maktab-klinikada o‘qitib, tarbiyalagan. Oliy o‘quv yurtini tugatib, O.Skoroxodova butun hayotini Korreksion pedagogikaga bag‘ishladi. U Korreksion pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi, ko‘pgina ilmiy maqola, she’rlar to‘plami muallifi. Ayniqsa u yaratgan noyob kitoblar «Как я воспринимаю окружающий мир» (1947), « Как я воспринимаю и представляю окружающий мир » (1956), «Как я воспринимаю, представляю и понимаю окружающий мир» (1972) ko‘pgina tillarga tarjima qilindi. Moskva viloyatining Zagorsk shahrida kar-ko‘r-soqov bolalar bilan olib boriladigan ishlar tizimi takomillashtirildi. Ushbu maktab-internat o‘z faoliyatini davom ettir- moqda va ko‘pgina kar-ko‘r-soqov bolalarga mustaqil hayotda o‘z o‘rnini topib ketishiga yordam bermoqda. Murakkab, mujassam nuqsonli bolalardan eshitish qobiliyati zaif va aqli zaif bolalar birinchi bo‘lib o‘rganilgan edi. Natijada intellekti sog‘lom, eshitish qobiliyati zaif bolalarni aqli zaif eshitish qobiliyati zaif bolalardan amalda ajratish ancha mushkul. Ayniqsa ilk yoshdagi bolalarda. Hozirgi kunda ular uchun differensial-diagnostik mezonlar ishlab chiqilgan. Aqliy rivojlanishi va eshitish qobiliyati zaif bolalar karlar yoki zaif eshituvchi bolalar maktab- internatlarining yordamchi sinflarida yordamchi maktab dasturi bo‘yicha ta’lim oladilar. Yordamchi sinflar ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalar maktab-internatlarda ham mavjud. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling