O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. U. Xamidova maxsus pedagogika


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/62
Sana18.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1707417
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   62
Bog'liq
Maxsus pedagogika

 
Ovoz buzilishi 
Ovoz-o‘pkadan chiqayotgan havoning hiqildoqdagi ovoz 
boylamlarning tebranishidan har xil balandlikda, kuch va tembrda 
hosil bo‘ladigan tovushlar yig‘indisidir. Demak, ovoz hiqildoqda 
hosil bo‘ladi. Hiqildoqda ko‘ndalang joylashgan elastik yupqa tovush 
boylamlari mavjud bo‘lib, bular so‘zlash paytida, o‘pkadan chiqa-
digan havo oqimining kuchi bilan tebranadi, shularning tebranishida 
ovoz hosil bo‘ladi. Unli, sonor va jarangli undosh tovushlari ovozi 
ana shu tovush boylamlarining hiqildoq bo‘shlig‘ida tebranishi 
natijasidir. Jarangsiz undoshlar hosil bo‘lishida bu boylamlar 


136 
tebranmaydi, ularning orasi ochiq turadi: unli, sonor, jarangli undosh 
tovushlar hosil bo‘ladi. 
So‘zlashni hamda qo‘shiq aytish vaqtida gigiena qoidalariga 
rioya qilmaslik, ovozning zo‘riqishi, eshitishning pastligi, hiqildoq 
kasalliklari, o‘pka, bronxlar, traxeya, yurak va tomir sistemasi kasal-
liklari, artikulyatsion apparat faoliyati va tuzilishidagi patologik 
o‘zgarishlar va sabablarga ko‘ra ovoz funksiyalari buzilishi mumkin. 
Bunda ovozning buzilishi tabiatan organik yoki funksional xillariga 
ajratish shartlidir. Ovoz nuqsonlari kelib chiqish sabablariga ko‘ra 
organik va funksional bo‘ladi. Qaysi bo‘limda o‘zgarishlar borligiga 
qarab bu nuqsonlar markaziy yoki periferik bo‘lishi mumkin. 
Funksional ovoz kamchiliklarida ovozning hosil bo‘lishida ishtirok 
etuvchi organlar tuzilishida hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmaydi. 
Ovozdan noto‘g‘ri foydalanish, asab kasalliklari, ruhiy travmalar 
funksional ovoz buzilishlarini vujudga keltirishi mumkin. 
Organik ovoz kamchiliklari ovoz hosil qiluvchi organlar 
markaziy yoki periferik qismlarining ayrim zonalarida struktura 
o‘zgarishlari borligi yoki ular mexanik jihatdan zararlanganligi 
tufayli yuzaga kelishi mumkin. 
Periferik xarakterga ega bo‘lgan ovoz nuqsonlariga, masalan, 
ovoz boylamlaridagi tugunchalar, hiqildoq papillamatozi (so‘gali, 
o‘simtalari), hiqildoq stenozi (torayib qolishi), xronik larengit, 
hiqildoq mushaklarining falaji va boshqa bir qancha o‘zgarishlar 
sabab bo‘ladi.
Organik ovoz buzilishlarining dastlabki alomati hiqildoq 
funksiyasining qisman aynishi yengil hiqillash paydo bo‘lishidir, 
lekin bunga uzoq davom etgan boshqa o‘zgarishlar qo‘shilsa, bu 
kamchilik yanada ham og‘irlashib, ko‘payadi.Organik buzilishlarda 
ovoz hosil bo‘lishida ishtirok etuvchi organlarning tuzilishida 
patologo-anatomik o‘zgarishlar bo‘lgani sababli, maxsus olib boril-
gan korreksion ishlar ta’sirida ovoz kommunikativlik funksiyasi 
jihatdan tiklansa-da, kuchi, balandligi va tembri jihatidan normal 
jarangli ovozdan ozmi-ko‘pmi farq qilaveradi. 
Funksional ovoz buzilishi ovoz hosil qiluvchi organlar 
funksiyasining vaqtincha o‘zgarib qolgani natijasida paydo bo‘ladi, 
shuning uchun ham bunda logopedik mashqlar yo‘li bilan ovozning 
normal jarangiga erishish mumkin. 


137 
Organik va funksional ovoz buzilishlarining ko‘pchiligi bola 
organizmi taraqqiyoti protsessida boshlangan bo‘ladi. Lekin ovoz-
ning markazga aloqador kamchiliklari borki, bular tug‘ma bo‘lishi 
ham orttirilgan bo‘lishi ham mumkin.Ovoz nuqsonlarining ko‘pchilik 
turlari boshqa nutq nuqsonlariga qo‘shilib, shular bilan birga davom 
etib boradi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling