O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. U. Xamidova maxsus pedagogika


Logopediya fanining vazifalari quyidagilardan iborat


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/62
Sana18.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1707417
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   62
Bog'liq
Maxsus pedagogika

Logopediya fanining vazifalari quyidagilardan iborat: 
-Turli xil nutq kamchiliklari bor kishilarning nutq faoliyati 
ontogenezini o‘rganish. 
-Nutq kamchiliklarining sabablari va simptomatikasi, ularning 
turlari, kelib chiqish mexanizmlarini o‘rganish, darajasini aniqlash. 


126 
-Nutq kamchiliklarini kishi faoliyati, shaxsiyati, hulq-atvori, 
ruhiy rivojlanishiga ta’sirini o‘rganish. 
-Eshitish, ko‘rish, intellektual va boshqa kamchiliklarga ega 
bo‘lgan alohida yordamga muhtoj bolalar nutqiy faoliyatining ahvoli, 
yetishmovchiliklarni o‘rganish, aniqlash. 
-Nutq kamchiliklarini aniqlash yo‘llari, usullarini ishlab chiqish 
va amaliyotga tadbiq etish. 
-Nutq kamchiliklarini sistemaga solish, tasniflash, tizimga 
keltirish. 
-Nutq kamchiliklarining oldini olish, bartaraf etish prinsiplari va 
usullarini, tashkiliy shakllarini belgilash, ishlab chiqish, tako-
millashtirish. 
Boshqa fanlar bilan aloqasi: Maxsus pedagogikaning turli 
sohalari, ona tili o‘qitish metodikasi, logoritmika, umumiy va maxsus 
psixologiya. Tizimlararo anatomiya, fiziologiya, neyrofiziologiya, 
nevropatologiya, psixopatoloiya, klinika, pediatriya, tilshunoslik kabi 
fanlar bilan aloqador. 
Logopediya fani mavzu bahsi, nutq kamchiligi bor kishilar bilan 
olib boriladigan ta’lim-tarbiya jarayoni. Nutq kamchiligi bor kishi esa 
logopediya fanining o‘rganish mavzusi hisoblanadi. 
Respublikamizda bolalarda uchraydigan nutqiy kamchiliklarni 
o‘rganish bilan L.R.Mo‘minova, M.Yu.Ayupova, X.M.Po‘latova, 
N.R.Raxmonqulova, Ye.A.Babayeva, I.G.Veretennikova S.Sh.Ayt-
metova, R.Sh.Shomaxmudova, Z.M. Axmedova shug‘ullanganlar. 
Hozirgi zamon logopediyasiga maktabgacha yoshdagi bolalar 
logopediyasi, maktab yoshdagi, o‘smirlar hamda kattalar logo-
pediyasi kiradi. 
Logopedik ishni tashkil etish masalalarini ishlab chiqish. 
Logopediya fani anatomiya, fiziologiya, neyrofiziologiya, 
otoloringologiya, nevropatologiya, psixopatologiya, pediatriya, 
lingvistik, psixolingvistika, psixologiya va pedagogika fanlari bilan 
bog‘liq, shular asosida rivojlanadi. 
Logopediya korreksion pedagogika fani kabi, nerv sistema-
sining tuzilishi, rivojlanishi faoliyati haqidagi nazariyaga asoslangan. 
Tabiiy fanlarni bilmay turib, nutq kamchiliklarini kelib chiqish 
sabablari, mexanizmi, bola psixikasiga ta’sirini aniqlab bo‘lmaydi. 
Logoped nutq kamchiliklarining nevrologik asoslarini yaxshi bilishi 


127 
kerak. Bu bilimlar nutq kamchiliklarini bartaraf etish, ularni oldini 
olish, bolani to‘g‘ri tarbiyalash, unga bilim berish yo‘llari va usul-
larini to‘g‘ri tanlashda logopedga yordam beradi. Tibbiy fanlar haqi-
dagi bilimlar to‘g‘ri logopedik xulosa chiqarish, nutq kamchiliklarini 
ularga o‘xshash boshqa alohida yordamga muhtojlardan ajratish, 
alohida yordamga muhtoj bolalarni tegishli muassasalarga to‘g‘ri 
saralash imkonini beradi. 
Logoped o‘z oldiga qo‘ygan maqsad – vazifani hal etishda til-
shunoslik, lingvistik fanlarga, psixologiya va pedagogikaga suyanib 
ish ko‘radi. 
Tilshunoslik fani kishilarning eng muhim aloqa quroli bo‘lgan 
nutqni ijtimoiy hodisa deb biladi.
Nutqning asosiy tarkibiy qismlari: tovush, so‘z, so‘z birikmasi 
va gap bir butun tizimni tashkil etib, fikrni og‘zaki yoki yozma ra-
vishda ifodalash uchun xizmat qiladi. Har bir logoped tilshunoslik-
ning ilmiy-nazariy asoslarini, fonetika va grammatikani, lug‘at va 
stilistikani, orfografiya va punktuatsiyani mukammal bilish bilan 
birga, ifodali o‘qiy olish va to‘g‘ri so‘zlay olish qobiliyatiga ham ega. 
Tabiiyki, logopedning o‘zi imloni yaxshi bilmay turib, o‘quvchilarga 
hech qachon savod malakasini singdira olmaydi, logoped uchun 
og‘zaki nutq, nutq qobiliyati amaliy jihatdan juda muhimdir: logoped 
so‘z vositasida fan xulosalarini izohlabgina qolmasdan, ayni vaqtda 
nutqida kamchiligi bo‘lgan bolani tarbiyalaydi, tarbiyalanuvchilar 
yo‘lini yoritadi ham. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling