O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. U. Xamidova maxsus pedagogika
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika
Rinolaliya - dimoqdan, dimoq bilan gapirish, tovushlar talaffuzi
va ovoz tembirining nutq apparatidagi anatomik-fiziologik kamchiliklari, o‘zgarishlari natijasida buzilib aytilishidir. Rinolaliya og‘iz va burun bo‘shliqlari o‘rtasida to‘siq yo‘qligidan yoki shu bo‘shliqlar bitib qolganidan kelib chiqadi. Rinolaliya Ye.F. Rau (1933), Z.G. Nelyubova (1939), M.Morli, V.V.Kukol (1941), A.G.Ippolitova (1955, 1963), I.I.Ermakova (1984), G.V. Chirkina (1989) va boshqalar tomonidan keng o‘rganilgan.Ularning fikricha, rinolaliyaning oldini olish choralarini ko‘rish, korreksion-tarbiyaviy logopediya ish sistemasini to‘g‘ri tashkil etish, ota-onalarning o‘z bolalarini vaqtida mutaxassis-shifokor, logopedga ko‘rsatib davo- latishi muhim ahamiyatga egadir. Olimlardan Ye.M.Nemchinova (1970), V.M.Messina (1971), G.V.Kruchinskiy (1974) fikrlariga ko‘ra, homiladorlikning 7-8 haftaligida onaning og‘ir kasalliklar bilan og‘ir ruhiy kechinmalarini 135 boshidan kechirishi tufayli bola tanglay, lab kamchiliklari, kemtiklari bilan tug‘ilishi mumkin. Talaffuzning noaniq bo‘lib, bolaning manqalanib gapirishi unda rinolaliya borligini ko‘rsatadi.Biroq rinolaliya ochiq yoki yopiq, yo bo‘lmasa, ikkalasi birga qo‘shilgan, aralash holda bo‘lishi mumkin. Uning xilini aniqlash uchun og‘izni ochib, artikulyatsion nutq apparati ko‘zdan kechiriladi. Ochiq rinolaliyada tanglayda yopiq borligi darhol ko‘zga tashlanadi.Agar bolada yopiq rinolaliya alomatlari birga qo‘shilgan bo‘lsa, aralash rinolaliyadir.Rinolaliya qaysi holda bo‘lishidan qat’i nazar, u tabiatan organik va funksional bo‘ladi.Rinolaliya ochiq, yopiq va aralash rinolaliya turlariga bo‘linadi. Dizartriya-so‘zlarni to‘la, ravon talaffuz qila olmaslik, talaffuz nuqsonidir.U nutq apparati innervatsiyasida kamchilik borligiga bog‘liq bo‘ladi.Dizartriya uchun markaziy hamda periferik nerv sistemasining organik kasalliklari natijasida artikulyatsiya mushak- larining falajlanish tufayli tovushlar talaffuzi va ovozning buzilishi harakterlidir. Dizartriya lotincha aynish-buzilish, ma’nosini bildiruvchi “ dis” yuklamasi, artron - biriktirish, ulash degan so‘zdan olingan bo‘lib, ma’noli ravon nutqning buzilishi degan ma’noni bildiradi. Anartriya-bola nutqini tushunib bo‘lmaydi, bola xuddi og‘ziga tolqon solib gapirganidek tuyuladi.Lekin atrofdagilar nutqini bola yaxshi tushunadi, idrok etish qobiliyati nisbatan saqlangan bo‘ladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling