Altruizm – o‘z foydasini ko‘zlamagan holatda boshqalar
ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan faoliyat turi.
Amneziya – miyaning turli xil lokal shikastlanishi natijasida
xotiraning buzilishi.
Anamnez – Shaxsni rivojlanishi va kasalliklari hamda tibbiy
ko‘rikdan o‘tganligi haqidagi ma’lumotlar yig‘indisi.
Bu psixik holat bo‘lib, asab ishdan chiqishi natijasida atrofga
bo‘lgan qiziqish va aktivlikning yo‘qolishi.
Apraksiya – Elementar harakatlarning buzilishi emas balki
maqsadga qaratilgan harakat va faoliyatning buzilishi.
Artterapiya – bu realibitatsiya qilishning metodlaridan biri
bo‘lib, terapiya asosini musiqa va san’at xizmat qiladi.
Asteniya – bu organizmning turli janjallar va siqilishlar
natijasida aqliy yoki fiziologik jihatdan toliqishi oqibatida o‘ta
charchash, kayfiyatning o‘zgarishi, ish qobilyati va layoqatning
keskin pasayishi hisoblanadi.
Autizm – shaxsning o‘zini atrof - olamdan olib qochishi hamda
o‘zining ichki dunyosida yashashi ma’nosini anglatadi.
Afaziya – bosh miyaning lokal jarohatlanishi natijasida ro‘y
beradigan nutqning to‘la yoki qisman buzilishi.
Muloqotning cheklanganligi – muloqot jarayonida yuzaga
keldigan psixik qiyinchiliklar.
Psixik to‘sqin – shaxsni yuzaga chiqishi va faol faoliyat olib
borishga to‘sqinlik qiluvchi negativ hissiy kechinmalar.
Pedagogik o‘zaro ta’sir ko‘rsatish – pedagog va tarbiya-
lanuvchilarning oldindan maqsad qilib qo‘yilgan aloqasi bo‘lib
natijada o‘zaro xulq - atvor munosabat va faoliyatdagi o‘zgarishlar.
Tarbiya – shaxsni shaklillantirishni nazarda tutuvchi maxsus
tashkil etilgan maqsadga yo‘naltirilgan jarayon.
Galyusinatsiya – sezuv organlariga ta’sir qilmagan holda
obyektlarni qabul qilishdan iborat perseptiv faoliyatning patologik
buzilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |