ALOHIDA YORDAMGA MUHTOJ BOLALAR
REABILITASYASIDA FOYDALANILADIGAN
ATAMALAR LUG‘ATI
Abilitatsiya – nuqsonlar mavjudligi tabiiy ravishda jamiyatda
shaxs sifatida shakllanishini qiyinlashtirgani sababli individ
qobilyatlari va organizmni funksional tizimini rivojlantirish va
shakllantirishga qaratilgan kompleks chora tadbirlardir.
Abuliya – iroda va faoliyat nuqsonlari hamda shaxs motiva-
tsiyasi sohasidagi buzilishlari bilan bog‘liq bo‘lgan shaxs nuqsonlari.
Agressivlik – boshqa odamlarga nisbatan negativ va urushqoq-
likda namoyon bo‘ladigan shaxs xususiyati.
Adaptatsiya – atrof - muhit o‘zgarishlariga organizm yoki
shaxsning moslashuvi.
Adaptivlik – ontogenezda turli xil moslashish mexanizmlar
yordamida organizmning tashqi va ichki muhit o‘zgarishlariga
moslashuv qobilyati.
Adaptik xulq-atvor – bu insonning hayotda ro‘y beradigan turli
voqealarga moslashishga yordam beradigan xulq-atvori.
Psixik adaptatsiya - atrof muhit talablariga mos ravishda inson
psixikasining streotiplar dinamikasini qayta qurish xususiyati.
Ijtimoiy adaptatsiya – bu individning jamiyatda qabul qilingan
qonun va normalar, qadriyatlarni o‘zlashtirgan holda ijtimoiy
muhitga aktiv moslashuvi.
Ijtimoiy-psixologik adaptatsiya - shaxs va gruppaning o‘zaro
munosabatlarini optimallashtirish, ularni faoliyat maqsadlarini
yaqinlashtirish.
Akseleratsiya – bu bolalar va o‘smirlarning somatik va fizio-
logik jihatdan tez yetilishi bo‘lib, bu jarayon ularning qomat va tana
og‘irligini o‘zgarishi jinsiy jihatdan erta yetilishlarida ko‘rinadi.
Shaxsning faolligi – bu shaxsning muloqotda, irodaviy aktlarda
moddiy va ma’naviy boyliklarni o‘zlashtirish asosida ijtimoiy muhim
bo‘lgan o‘zgarishlarni yarata olish qobiliyati.
144
Do'stlaringiz bilan baham: |