O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. U. Xamidova maxsus pedagogika
Nutq ravonligi, sur’ati, ritmi, tempi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika
Nutq ravonligi, sur’ati, ritmi, tempi Nutq-odamlarning o‘zaro munosabatda bo‘lishi, aloqa bog‘la- shida asosiy qurol bo‘lib, kishi o‘z fikri, xohish-istaklarini nutq orqali atrofdagilarga bildirishi, o‘z kechinmalarini ifoda etishi mumkin. Nutq sur’ati, ya’ni gapirish, so‘zlash tezligining buzilishi ikki xil bo‘ladi: – bradilaliya (nihoyatda sekinlashgan nutq) – taxilaliya (tezlashgan nutq) Nihoyatda sekinlashgan-bradilaliya nutqning monotonligi va noaniqligi bilan birga qo‘shilib, aralash holda uchraydi. Bradila- liyaning kelib chiqishiga umumiy loqaydlik, nutq muskullari ishining buzilganligi sabab bo‘lishi mumkin. Bradilaliya ko‘pincha aqli zaif va biror ruhiy kasallikka chalingan kishilarda uchraydi.Bu kasallikda tormozlanish jarayoni qo‘zg‘alish jarayonidan ustun turadi. 139 Bradilaliyaning boshlanishida tarbiya, taqlid qilish, intoksikatsiya va astenizatsiya kabi omillar ham ahamiyatga ega. Bradilaliya ichki va tashqi nutq tezligi va maromining buzilishi, ovozning bir xil, monoton bo‘lishi, so‘zlar orasidagi pauzalarni uzaytirib yuborish-so‘zlarni cho‘zib gapirish, tovushlar orasidagi pauzalarni uzaytirib yuborish bilan namoyon bo‘ladi va hokazo. Bradilaliya aksari asabiy yoki ruhiy kasallikka aloqador bo‘ladi. Bradilaliya markaziy nerv sistemasining organik kasalliklari, bosh miya shikastlanishi, unda o‘sma paydo bo‘lishi natijasida ham uchrab turadi.Bunday hollarda nutq sur’atining buzilishi, aynishi, umumiy motorikaning sekinlashuvi, susayishi, tormozlanish umumiy loqaydlik bilan birga uchraydi. Taxilaliya- (tezlashgan nutq) nutq sur’atining patologik tezlashishi, haddan tashqari bidirlab, tez gapirish taxilaliya deb yuritiladi. Taxilaliyaga, odatda, tashqi va ichki nutqning tezlashuvi- dan tashqari umumiy motorikaning va boshqa ruhiy jarayonlarning tezlashishi, odatdan tashqari faollik, jonsaraklik ham xos bo‘ladi. Gapda tutilib qolish, iboralarni qaytarish, qo‘shimchalar o‘rnini almashtirib yuborish, gapni buzib gapirish va fikrlarni noaniq ifodalash kabi kamchiliklar ko‘p uchraydi. Taxilaliya nutq tezligi buzilishining mustaqil shakli ekanligini birinchi marta Yu.A.Florenskaya 1933 yilda isbotlab bergan. Taxilaliya ba’zan tashqi muhit omillariga (tarbiyaning noto‘g‘ri bo‘lishi, taqlid qilishga) ham bog‘liq bo‘ladi. Olimlar tomonidan taxilaliyaning nasldan-naslga o‘tishi ham isbotlangan. Shunday qilib, nutq sur’ati, ravonligidagi nuqsonlar-bradilaliya va taxilaliya murakkab, bolaning umumiy rivojlanishiga salbiy ta’sir etuvchi nuqsonlar bo‘lib hisoblanadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling