O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. U. Xamidova maxsus pedagogika


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet48/62
Sana18.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1707417
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   62
Bog'liq
Maxsus pedagogika

Gen bosqichi – psixoanalitik termin bo‘lib, organizmning 
psixoseksual rivojlanishning yetuk bosqichini anglatadi. 
Genotip – irsiyat apparati bo‘lib, ota-ona tomonidan orga-
nizmga beriladigan genlar yig‘indisi. 


145 
Gipperaktivlik  diqqatni jamlashni buzilishi, yetarli darajada 
maqsadga yo‘naltirimagan va impulsiv harakatlarning ko‘pligi, bir 
joyda o‘tira olmaslik bilan tushuntiriladigan holat. 
Gipertimiya – haddan tashqari emotsional qo‘zg‘aluvchanlik. 
Gospitalizm – kattalar bilan yetarli darajada emotsional aloqada 
bo‘lmaslik oqibatida chaqaloqlik davrida yuzaga keladigan shaxsi va 
psixik rivojlanishidagi bolalar patologiyasi. 
Gumanizm  insonni shaxs sifatida haq-huquqlari va erkinligi, 
o‘z qobilyatlarini namoyon qilishi va rivojlanishi baxtli bo‘lishi 
g‘oyalarini tan oluvchi tarixiy o‘zgaruvchan qarashlar tizimi. 
Shaxs degradatsiyasi – ichki va tashqi omillarning ta’siri ostida 
shaxs sifatlarining inqirozga uchrashi. 
Demensiya – oliy psixik funksiyalar faoliyatining to‘xtab qoli-
shi yoki rivojlanmay qolish oqibatida yuzaga keladigan aqli zaiflik. 
Deontologiya - 1. Farz va qarzdorlik muammosini o‘rganuvchi 
etikaning bir bo‘limi. 2. Tibbiy xodimlarning o‘z kasbiy farzlarini 
bajarishda o‘zini tutish qonun-qoidalari va estetik normalar 
yig‘indisi. 
Depressiya – xulq - atvorning umumiy passivligi va ilojsizlik, 
tushkunlik holatida ko‘rinadigan, shaxsning affektiv holati. 
Deprivatsiya – eng asosiy psixik ehtiyojlarni yetarli darajada 
qondirilmay, uzoq vaqt davomida inson imkoniyatlarini cheklanishi 
oqibatida yuzaga keladigan psixik holat. 
Defekt – shaxs va organizm funksiyalarining nuqsoni
yetishmovchiligi. 
Faoliyat  bu subektning atrof - olamni va o‘zini o‘zgartirishga 
qaratilgan maxsus faolligi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling