O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. U. Xamidova maxsus pedagogika


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/62
Sana18.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1707417
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   62
Bog'liq
Maxsus pedagogika

Ikki yoqlama gemiplegiya – bolalar serebral falajining eng 
og‘ir shaklidir. Bu bolalarda inson uchun eng muhim bo‘lgan 
funksyalar: nutqiy, ruhiy va jismoniy holatlarda og‘ir buzilishlar 
mavjud bo‘ladi. Bunday shaklning tashqi ko‘rinishdagi asosiy 
belgilari: bola tanasining bir qismi falajlangan bo‘lib, asosan qo‘l 
bukilgan holatda, qo‘l ham oyoq ham ichkariga qaragan va bukilgan 
holatda bo‘ladi. Bu turdagi bolalarning nutqida anartriya yoki og‘ir 
dizartriya kuzatiladi. 
Spastik dipligiya – bu eng ko‘p tarqalgan shakli bo‘lib, ma’lum 
bir og‘ir kasallik yoki Littal sindromining ta’sirida kelib chiqadi. 
Spastik dipligiya shaklidagi bolalarda ikkilamchi nuqson sifatida 
ruhiy rivojlanishida sustlashishi kuzatiladi. 30-35% bu shakldagi 
bolalarda yengil darajadagi aqli zaiflik, 70%ida esa nutq nuqsonlari 
kuzatiladi. Spastik dipligiya turidagi falaj bolalarning oyoqlari 
qo‘llariga nisbatan ko‘proq serebral falajlik ta’siri ostida bo‘lib, 
qo‘llar bir oz beo‘xshov harakatlanadi. Oyoqlar bir-biriga yopishgan 
va ichkariga qaragan holatda bo‘lishi kuzatiladi. 
Gemiparetik shaklida bir tomonlama falajlik kuzatiladi. Ya’ni 
bolaning bir tomonlama oyog‘i va qo‘li falajlanadi. Bu bolalarning 
25–35% ida nutq nuqsonlari kuzatiladi. 
Giperkinetik shaklining kelib chiqishiga ilk vaqtda gemolitik 
kasalliklarning natijasida bilirubin ensefalopatiyasi sabab bo‘ladi.
Bu bolalarda harakatlanishdagi g‘ayrioddiy harakatlar, qo‘l va 
oyoqni harakatlanishidagi buzilishlar kuzatiladi. Bolalar serebral 
falajining giperkinetik shaklining tug‘ma turida bolalar juda kech 


113 
o‘tiradilar, kamdan-kam hollarda 2-3 yoshdan boshlab yura 
boshlaydilar, ko‘p hollarda ular 4-7 yoshdan boshlab, hatto 9-12 
yoshlarida mustaqil yurishlari mumkin. Bu bolalarning 90% ida 
giperkinetik dizartriya, 50% ida – ruhiy rivojlanishi sustlashgan, 25-
30% ida eshitishidagi buzilishlar kuzatiladi. Bolalar serebral 
falajining giperkinetik turida umumiy va artikulyatsion motorikaning 
quyidagi kamchiliklari kuzatiladi: mushaklar tonusining o‘zgaruv-
chan xarakateri (distoniya), ixtiyorsiz majburiy harakatlar; harakat va 
nutqiy jarayonlarning hissiy namoyon bo‘lishi, statik qomat va 
holatni ushlab turishning yetarli emasligi. Tonik zo‘riqishlar artikul-
yatsion, nafas mushaklari, hiqildoq muskullari bo‘ylab tarqalishi
hamda ovoz hosil bo‘lishi va nafasning o‘ziga xos buzilishlarini 
keltirib chiqarishi mumkin. Ushbu holatlar 90% holatlarda 
kuzatiluvchi giperkinetik (qobiq osti) dizartriyaga xosdir. 
Bolalar serebral falajlanishida dizartriyaning o‘ziga xosligi 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling