O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. U. Xamidova maxsus pedagogika
Nafas va tovushning artikulyatsion xususiyatlari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tibbiy-pedagogik reabilitatsiya
- Kasbiy reabilitasiyaning
Nafas va tovushning artikulyatsion xususiyatlari Ilk yoshdagi falaj bolalarning artikulyatsiya a’zolari lab, til mushaklarining pay tortishi, passivligi giperkinez holati deb izohlanadi. Bunda lab va tilning to‘g‘ri va faol harakatlanishi buziladi va bu so‘rish va yutish kabi holatlar qiyinlashishiga olib keladi. Yuz ifodasidagi mimik holatlar yo‘qoladi. Ba’zan nafas olish faoliyati buziladi: noritmiy, tez tez va tutilib hamda yutinib nafas olish kabi holatlar kuzatiladi Til mushaklarining buzilishi til a’zosining patologik shakli o‘zgarishiga olib keladi. Artikulatsiya organlarining tonus o‘zgarishi turli notabiiy holatlarda o‘z aksini topadi. Bolalarning ovozi va holati past hamda nimjonroq qiyofada gavdalanadi 12 oylik. Biror narsa yoki o‘yinchoqlarni ushlab turishda qiynaladi va ularni qo‘lidan tez- 116 tez tushirib yuboradi. Oyoqlari bukilmaydi, emaklay olmaydi, tanasining faqat bir qismidan foydalanadi. 18 oylik. Tik turganda muvozanatni yaxshi tutib turolmaydi. O‘ynaganda faqat bitta qo‘lidan foydalanadi. Bir oyog‘i qotib qolgan bo‘lishi mumkin. Tana og‘irligini faqat bir tomonga tashlagan holda o‘tiradi. Ovqatlantirish paytida ovoz tovushida va nafas olishda salbiy o‘zgarishlar kuzatiladi. Til va lab faol harakatida cheklanishlar yuzaga keladi. Bu holat asosan bola tili chiqqunigacha bo‘lgan davrda sodir bo‘ladi Tayanch harakat a’zolarining rivojlanish hususiyatlari Bolalar maxsus stulda o‘tirishadi. Boshini ushlash, qo‘lida o‘yinchoqni o‘ynay olish kabi holatlarda faollikning susayishi kuzatiladi. Kattalar yordamida oyoqda tik turishi va harakatlanishi mumkin, lekin oyoqni bukishda turli murakkabliklar kuzatilishi mumkin. Ayrim bolalar mustaqil o‘tira olishadi Lab va til mushaklarining patologik holatining buzilishi og‘iz bo‘shlig‘i a’zolarining harakati susayishiga va qiyinlashishiga olib keladi. Deyarli, barcha bolalarda fikrini so‘z bilan ifodalashda va so‘zlarni talaffuz qilishda qiynalish kabi holatlar yuzaga keladi. Bundan tashqari, ular biror narsani tishlash va chaynashga qiyna- lishadi Tayanch-harakat a’zolari falajlangan bolalardagi nuqson shaklini va darajasini erta aniqlash asosida ikkilamchi nuqsonlarni oldini olish, nuqsonlarni samarali korreksiyalash maqsadida ilk yoshdan yordam berish lozim. Bolaga ilk yosh davrdan berilgan kompleks (mujassam) chora tadbirlar ularni kelajakda umumta’lim tizimida samarali ta’lim-tarbiya olishlarini ta’minlaydi, ya’ni inklyu- ziv ta’lim tizimiga jalb etish imkoniyatining kengayishiga olib keladi. Bolalardagi nuqson turi va darajasini hisobga olib erta reabilita- tsiya qilish, ya’ni davolov chora-tadbirlarning uchta turi farqlanadi: - Tibbiy-pedagogik reabilitatsiya. Bunda tayanch harakat a’zolari falajlangan bolaning tibbiyot xodimlari tomonidan jismoniy holatidagi kamchiliklarni tiklash bilan barobar korreksion pedagogik ishlar ham olib boriladi. Reabilitatsiyaning bu turi bolani jismoniy va pedagogik jihatdan rivojlantiradi. 117 - Kasbiy reabilitasiyaning maqsadi tayanch harakat a’zolari falajlangan bolalarni mutaxassis defektologlar, pedagog va boshqalar tomonidan maxsus korreksion ishlarni olib borilishini ko‘zlaydi. - Psixologik reabilitasiya. Reabilitatsiyaning bu turi tayanch harakat a’zolari falajlangan bolalarning psixologik rivojlanishdagi nuqsonlarni oldini olishga, emotsional doirasini, individual shaxsiy xususiyatlarini yaxshilashga, ijtimoiy moslashuvini samaradorligini oshirishga qaratiladi. Quyida serebral falaj bolani ilk yoshidan ya’ni nutqini rivojlanishgacha bo‘lgan davrda oilada ota-onalar tomonidan va maktabgacha ta’lim muassasalarda ta’lim-tarbiya jarayonida olib boriladigan korreksion-pedagogik ishlar, yoritilgan. Serebral falajlangan bolalar bilan ilk yosh davrda olib boriladi- gan reabilitatsion ishlarni oilada va maktabgacha tarbiya muassa- salarida uzviy bog‘langan holda olib borish lozim. Davolov-korrek- sion-rivojlantiruvchi, reabilitatsion ish tizimi fizioterapevt, davolov- chi jismoniy tarbiya mutaxassisi, nevropatolog, logoped va oligofre- nopedagogning hamkorlikdagi kompleks ishi asosida amalga oshiriladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling