O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. U. Xamidova maxsus pedagogika
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika
Ovoz buzilishi Ovoz-o‘pkadan chiqayotgan havoning hiqildoqdagi ovoz boylamlarning tebranishidan har xil balandlikda, kuch va tembrda hosil bo‘ladigan tovushlar yig‘indisidir. Demak, ovoz hiqildoqda hosil bo‘ladi. Hiqildoqda ko‘ndalang joylashgan elastik yupqa tovush boylamlari mavjud bo‘lib, bular so‘zlash paytida, o‘pkadan chiqa- digan havo oqimining kuchi bilan tebranadi, shularning tebranishida ovoz hosil bo‘ladi. Unli, sonor va jarangli undosh tovushlari ovozi ana shu tovush boylamlarining hiqildoq bo‘shlig‘ida tebranishi natijasidir. Jarangsiz undoshlar hosil bo‘lishida bu boylamlar 136 tebranmaydi, ularning orasi ochiq turadi: unli, sonor, jarangli undosh tovushlar hosil bo‘ladi. So‘zlashni hamda qo‘shiq aytish vaqtida gigiena qoidalariga rioya qilmaslik, ovozning zo‘riqishi, eshitishning pastligi, hiqildoq kasalliklari, o‘pka, bronxlar, traxeya, yurak va tomir sistemasi kasal- liklari, artikulyatsion apparat faoliyati va tuzilishidagi patologik o‘zgarishlar va sabablarga ko‘ra ovoz funksiyalari buzilishi mumkin. Bunda ovozning buzilishi tabiatan organik yoki funksional xillariga ajratish shartlidir. Ovoz nuqsonlari kelib chiqish sabablariga ko‘ra organik va funksional bo‘ladi. Qaysi bo‘limda o‘zgarishlar borligiga qarab bu nuqsonlar markaziy yoki periferik bo‘lishi mumkin. Funksional ovoz kamchiliklarida ovozning hosil bo‘lishida ishtirok etuvchi organlar tuzilishida hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmaydi. Ovozdan noto‘g‘ri foydalanish, asab kasalliklari, ruhiy travmalar funksional ovoz buzilishlarini vujudga keltirishi mumkin. Organik ovoz kamchiliklari ovoz hosil qiluvchi organlar markaziy yoki periferik qismlarining ayrim zonalarida struktura o‘zgarishlari borligi yoki ular mexanik jihatdan zararlanganligi tufayli yuzaga kelishi mumkin. Periferik xarakterga ega bo‘lgan ovoz nuqsonlariga, masalan, ovoz boylamlaridagi tugunchalar, hiqildoq papillamatozi (so‘gali, o‘simtalari), hiqildoq stenozi (torayib qolishi), xronik larengit, hiqildoq mushaklarining falaji va boshqa bir qancha o‘zgarishlar sabab bo‘ladi. Organik ovoz buzilishlarining dastlabki alomati hiqildoq funksiyasining qisman aynishi yengil hiqillash paydo bo‘lishidir, lekin bunga uzoq davom etgan boshqa o‘zgarishlar qo‘shilsa, bu kamchilik yanada ham og‘irlashib, ko‘payadi.Organik buzilishlarda ovoz hosil bo‘lishida ishtirok etuvchi organlarning tuzilishida patologo-anatomik o‘zgarishlar bo‘lgani sababli, maxsus olib boril- gan korreksion ishlar ta’sirida ovoz kommunikativlik funksiyasi jihatdan tiklansa-da, kuchi, balandligi va tembri jihatidan normal jarangli ovozdan ozmi-ko‘pmi farq qilaveradi. Funksional ovoz buzilishi ovoz hosil qiluvchi organlar funksiyasining vaqtincha o‘zgarib qolgani natijasida paydo bo‘ladi, shuning uchun ham bunda logopedik mashqlar yo‘li bilan ovozning normal jarangiga erishish mumkin. 137 Organik va funksional ovoz buzilishlarining ko‘pchiligi bola organizmi taraqqiyoti protsessida boshlangan bo‘ladi. Lekin ovoz- ning markazga aloqador kamchiliklari borki, bular tug‘ma bo‘lishi ham orttirilgan bo‘lishi ham mumkin.Ovoz nuqsonlarining ko‘pchilik turlari boshqa nutq nuqsonlariga qo‘shilib, shular bilan birga davom etib boradi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling