O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. U. Xamidova maxsus pedagogika


Nutq ravonligi, sur’ati, ritmi, tempi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet42/62
Sana18.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1707417
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   62
Bog'liq
Maxsus pedagogika

 
Nutq ravonligi, sur’ati, ritmi, tempi 
 
Nutq-odamlarning o‘zaro munosabatda bo‘lishi, aloqa bog‘la-
shida asosiy qurol bo‘lib, kishi o‘z fikri, xohish-istaklarini nutq orqali 
atrofdagilarga bildirishi, o‘z kechinmalarini ifoda etishi mumkin. 
Nutq sur’ati, ya’ni gapirish, so‘zlash tezligining buzilishi ikki 
xil bo‘ladi: 
– bradilaliya (nihoyatda sekinlashgan nutq)
– taxilaliya (tezlashgan nutq) 
Nihoyatda sekinlashgan-bradilaliya nutqning monotonligi va 
noaniqligi bilan birga qo‘shilib, aralash holda uchraydi. Bradila-
liyaning kelib chiqishiga umumiy loqaydlik, nutq muskullari ishining 
buzilganligi sabab bo‘lishi mumkin. Bradilaliya ko‘pincha aqli zaif 
va biror ruhiy kasallikka chalingan kishilarda uchraydi.Bu kasallikda 
tormozlanish jarayoni qo‘zg‘alish jarayonidan ustun turadi. 


139 
Bradilaliyaning boshlanishida tarbiya, taqlid qilish, intoksikatsiya va 
astenizatsiya kabi omillar ham ahamiyatga ega. 
Bradilaliya ichki va tashqi nutq tezligi va maromining buzilishi, 
ovozning bir xil, monoton bo‘lishi, so‘zlar orasidagi pauzalarni 
uzaytirib yuborish-so‘zlarni cho‘zib gapirish, tovushlar orasidagi 
pauzalarni uzaytirib yuborish bilan namoyon bo‘ladi va hokazo. 
Bradilaliya aksari asabiy yoki ruhiy kasallikka aloqador bo‘ladi. 
Bradilaliya markaziy nerv sistemasining organik kasalliklari, bosh 
miya shikastlanishi, unda o‘sma paydo bo‘lishi natijasida ham uchrab 
turadi.Bunday hollarda nutq sur’atining buzilishi, aynishi, umumiy 
motorikaning sekinlashuvi, susayishi, tormozlanish umumiy 
loqaydlik bilan birga uchraydi. 
Taxilaliya- (tezlashgan nutq) nutq sur’atining patologik 
tezlashishi, haddan tashqari bidirlab, tez gapirish taxilaliya deb 
yuritiladi. Taxilaliyaga, odatda, tashqi va ichki nutqning tezlashuvi-
dan tashqari umumiy motorikaning va boshqa ruhiy jarayonlarning 
tezlashishi, odatdan tashqari faollik, jonsaraklik ham xos bo‘ladi. 
Gapda tutilib qolish, iboralarni qaytarish, qo‘shimchalar o‘rnini 
almashtirib yuborish, gapni buzib gapirish va fikrlarni noaniq 
ifodalash kabi kamchiliklar ko‘p uchraydi. 
Taxilaliya nutq tezligi buzilishining mustaqil shakli ekanligini 
birinchi marta Yu.A.Florenskaya 1933 yilda isbotlab bergan. 
Taxilaliya ba’zan tashqi muhit omillariga (tarbiyaning noto‘g‘ri 
bo‘lishi, taqlid qilishga) ham bog‘liq bo‘ladi. Olimlar tomonidan 
taxilaliyaning nasldan-naslga o‘tishi ham isbotlangan. 
Shunday qilib, nutq sur’ati, ravonligidagi nuqsonlar-bradilaliya 
va taxilaliya murakkab, bolaning umumiy rivojlanishiga salbiy ta’sir 
etuvchi nuqsonlar bo‘lib hisoblanadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling