O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. U. Xamidova maxsus pedagogika


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/62
Sana18.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1707417
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   62
Bog'liq
Maxsus pedagogika

Rinolaliya - dimoqdan, dimoq bilan gapirish, tovushlar talaffuzi 
va ovoz tembirining nutq apparatidagi anatomik-fiziologik 
kamchiliklari, o‘zgarishlari natijasida buzilib aytilishidir. Rinolaliya 
og‘iz va burun bo‘shliqlari o‘rtasida to‘siq yo‘qligidan yoki shu 
bo‘shliqlar bitib qolganidan kelib chiqadi. Rinolaliya Ye.F. Rau 
(1933), Z.G. Nelyubova (1939), M.Morli, V.V.Kukol (1941), 
A.G.Ippolitova (1955, 1963), I.I.Ermakova (1984), G.V. Chirkina 
(1989) va boshqalar tomonidan keng o‘rganilgan.Ularning fikricha, 
rinolaliyaning oldini olish choralarini ko‘rish, korreksion-tarbiyaviy 
logopediya ish sistemasini to‘g‘ri tashkil etish, ota-onalarning o‘z 
bolalarini vaqtida mutaxassis-shifokor, logopedga ko‘rsatib davo-
latishi muhim ahamiyatga egadir. 
Olimlardan Ye.M.Nemchinova (1970), V.M.Messina (1971), 
G.V.Kruchinskiy (1974) fikrlariga ko‘ra, homiladorlikning 7-8 
haftaligida onaning og‘ir kasalliklar bilan og‘ir ruhiy kechinmalarini 


135 
boshidan kechirishi tufayli bola tanglay, lab kamchiliklari, kemtiklari 
bilan tug‘ilishi mumkin. 
Talaffuzning noaniq bo‘lib, bolaning manqalanib gapirishi unda 
rinolaliya borligini ko‘rsatadi.Biroq rinolaliya ochiq yoki yopiq, yo 
bo‘lmasa, ikkalasi birga qo‘shilgan, aralash holda bo‘lishi mumkin. 
Uning xilini aniqlash uchun og‘izni ochib, artikulyatsion nutq 
apparati ko‘zdan kechiriladi. Ochiq rinolaliyada tanglayda yopiq 
borligi darhol ko‘zga tashlanadi.Agar bolada yopiq rinolaliya 
alomatlari birga qo‘shilgan bo‘lsa, aralash rinolaliyadir.Rinolaliya 
qaysi holda bo‘lishidan qat’i nazar, u tabiatan organik va funksional 
bo‘ladi.Rinolaliya ochiq, yopiq va aralash rinolaliya turlariga 
bo‘linadi. 
Dizartriya-so‘zlarni to‘la, ravon talaffuz qila olmaslik, talaffuz 
nuqsonidir.U nutq apparati innervatsiyasida kamchilik borligiga 
bog‘liq bo‘ladi.Dizartriya uchun markaziy hamda periferik nerv 
sistemasining organik kasalliklari natijasida artikulyatsiya mushak-
larining falajlanish tufayli tovushlar talaffuzi va ovozning buzilishi 
harakterlidir. 
Dizartriya lotincha aynish-buzilish, ma’nosini bildiruvchi “ dis” 
yuklamasi, artron - biriktirish, ulash degan so‘zdan olingan bo‘lib, 
ma’noli ravon nutqning buzilishi degan ma’noni bildiradi. 
Anartriya-bola nutqini tushunib bo‘lmaydi, bola xuddi og‘ziga 
tolqon solib gapirganidek tuyuladi.Lekin atrofdagilar nutqini bola 
yaxshi tushunadi, idrok etish qobiliyati nisbatan saqlangan bo‘ladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling