O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. U. Xamidova maxsus pedagogika
Logopediya fanining vazifalari quyidagilardan iborat
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqa fanlar bilan aloqasi
Logopediya fanining vazifalari quyidagilardan iborat:
-Turli xil nutq kamchiliklari bor kishilarning nutq faoliyati ontogenezini o‘rganish. -Nutq kamchiliklarining sabablari va simptomatikasi, ularning turlari, kelib chiqish mexanizmlarini o‘rganish, darajasini aniqlash. 126 -Nutq kamchiliklarini kishi faoliyati, shaxsiyati, hulq-atvori, ruhiy rivojlanishiga ta’sirini o‘rganish. -Eshitish, ko‘rish, intellektual va boshqa kamchiliklarga ega bo‘lgan alohida yordamga muhtoj bolalar nutqiy faoliyatining ahvoli, yetishmovchiliklarni o‘rganish, aniqlash. -Nutq kamchiliklarini aniqlash yo‘llari, usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish. -Nutq kamchiliklarini sistemaga solish, tasniflash, tizimga keltirish. -Nutq kamchiliklarining oldini olish, bartaraf etish prinsiplari va usullarini, tashkiliy shakllarini belgilash, ishlab chiqish, tako- millashtirish. Boshqa fanlar bilan aloqasi: Maxsus pedagogikaning turli sohalari, ona tili o‘qitish metodikasi, logoritmika, umumiy va maxsus psixologiya. Tizimlararo anatomiya, fiziologiya, neyrofiziologiya, nevropatologiya, psixopatoloiya, klinika, pediatriya, tilshunoslik kabi fanlar bilan aloqador. Logopediya fani mavzu bahsi, nutq kamchiligi bor kishilar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya jarayoni. Nutq kamchiligi bor kishi esa logopediya fanining o‘rganish mavzusi hisoblanadi. Respublikamizda bolalarda uchraydigan nutqiy kamchiliklarni o‘rganish bilan L.R.Mo‘minova, M.Yu.Ayupova, X.M.Po‘latova, N.R.Raxmonqulova, Ye.A.Babayeva, I.G.Veretennikova S.Sh.Ayt- metova, R.Sh.Shomaxmudova, Z.M. Axmedova shug‘ullanganlar. Hozirgi zamon logopediyasiga maktabgacha yoshdagi bolalar logopediyasi, maktab yoshdagi, o‘smirlar hamda kattalar logo- pediyasi kiradi. Logopedik ishni tashkil etish masalalarini ishlab chiqish. Logopediya fani anatomiya, fiziologiya, neyrofiziologiya, otoloringologiya, nevropatologiya, psixopatologiya, pediatriya, lingvistik, psixolingvistika, psixologiya va pedagogika fanlari bilan bog‘liq, shular asosida rivojlanadi. Logopediya korreksion pedagogika fani kabi, nerv sistema- sining tuzilishi, rivojlanishi faoliyati haqidagi nazariyaga asoslangan. Tabiiy fanlarni bilmay turib, nutq kamchiliklarini kelib chiqish sabablari, mexanizmi, bola psixikasiga ta’sirini aniqlab bo‘lmaydi. Logoped nutq kamchiliklarining nevrologik asoslarini yaxshi bilishi 127 kerak. Bu bilimlar nutq kamchiliklarini bartaraf etish, ularni oldini olish, bolani to‘g‘ri tarbiyalash, unga bilim berish yo‘llari va usul- larini to‘g‘ri tanlashda logopedga yordam beradi. Tibbiy fanlar haqi- dagi bilimlar to‘g‘ri logopedik xulosa chiqarish, nutq kamchiliklarini ularga o‘xshash boshqa alohida yordamga muhtojlardan ajratish, alohida yordamga muhtoj bolalarni tegishli muassasalarga to‘g‘ri saralash imkonini beradi. Logoped o‘z oldiga qo‘ygan maqsad – vazifani hal etishda til- shunoslik, lingvistik fanlarga, psixologiya va pedagogikaga suyanib ish ko‘radi. Tilshunoslik fani kishilarning eng muhim aloqa quroli bo‘lgan nutqni ijtimoiy hodisa deb biladi. Nutqning asosiy tarkibiy qismlari: tovush, so‘z, so‘z birikmasi va gap bir butun tizimni tashkil etib, fikrni og‘zaki yoki yozma ra- vishda ifodalash uchun xizmat qiladi. Har bir logoped tilshunoslik- ning ilmiy-nazariy asoslarini, fonetika va grammatikani, lug‘at va stilistikani, orfografiya va punktuatsiyani mukammal bilish bilan birga, ifodali o‘qiy olish va to‘g‘ri so‘zlay olish qobiliyatiga ham ega. Tabiiyki, logopedning o‘zi imloni yaxshi bilmay turib, o‘quvchilarga hech qachon savod malakasini singdira olmaydi, logoped uchun og‘zaki nutq, nutq qobiliyati amaliy jihatdan juda muhimdir: logoped so‘z vositasida fan xulosalarini izohlabgina qolmasdan, ayni vaqtda nutqida kamchiligi bo‘lgan bolani tarbiyalaydi, tarbiyalanuvchilar yo‘lini yoritadi ham. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling