O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. U. Xamidova maxsus pedagogika


Serebral falajga ega bo‘lgan aqli zaif bolalar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/62
Sana18.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1707417
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   62
Bog'liq
Maxsus pedagogika

Serebral falajga ega bo‘lgan aqli zaif bolalar 
Bu bolalar aqli zaif bolalar orasida 15 – 20 % ni tashkil etadi. 
Ular bir necha og‘ir defektlardan aziyat chekadi: ularda aqli zaiflik 
bilan birgalikda dizartriya, nutqning chuqur va umumiy rivojlan-
maganligi, harakat praksisining shartli qiyinlashganligi va u bilan 
bog‘liq amaliy tajribalarning qisqarganligi xosdir. Aqliy nuqson 
harakat va nutq kamchiliklari bilan juda ham og‘ir manzarani yuzaga 
keltiradi. Shunga qaramasdan, tajribalar ko‘rsatishicha serebral 
paralichli bolalar ko‘p hollarda malakaviy pedagogik va logopedik 
yordam natijasida nutq va aqliy imkoniyatlar rivojlanishida sezilarli 
o‘zgarishlarga erishishadi. Bunday bolalarga defektologlar alohida 
e’tibor berishlari, zaruriy korreksion yordam ko‘rsatishlari shart. 
Fenilketonuriya bilan kasallangan bolalar. Finelketonuriya – 
bu enzimopatiya guruhidagi kasallik bo‘lib, organizmda moddalar 
almashinuvining nasliy buzilishlarini ifodalaydi. Bu kasallikda jigar 


123 
funksiyasi buzilib, buning sababi fenilalanin – gidroksiloza 
fermentining yo‘qligi bilan izohlanadi. Ayni vaqtda bolalar qonida 
uning miqdori yuqori darajada bo‘ladi va bu kasallikni osonlik bilan 
tashxislash imkoniyatini beradi. Kasallarning katta qismida (80 – 90 
%) pigmentatsiyaning buzilishi ko‘zga chalinadi: ularning sochlari 
juda och rangda, ko‘zlari ko‘k va pigmentatsiyasiz teri. Kasallik 
chastotasi (V.B.Beldev, M.G.Blyuminga ko‘ra), 1: 10 000 ni tashkil 
etadi. Fenilketonuriya birinchi navbatda asab tizimini shikastlovchi 
kasallik. Kasallikning asosiy simptomlari: aqli zaiflik bo‘lib, kasal-
larning katta qismida 65,4 % telbalikkacha yetib boradi, 31.2% og‘ir 
psixik nogironikka olib boradi. Bolalarning 1/3 qismida epileptik 
tutqanoq bor.
Bu bolalarning umumiy ahvoli qondagi fenilalanin miqdoriga 
bog‘liq, u miyani shikastlaydi va maxsus davolovsiz miqdori doimo 
oshib boradi. Bunday bemorlar uchun maxsus dieta ishlab chiqarilgan 
bo‘lib, uning qo‘llanishi fenilalanin hosil bo‘lishini oldini oladi. Agar 
bemor bolani oziqlantirish, uning hayotining dastlabki oylaridanoq 
shu dietaga asosan va maxsus tayyorlangan oziq ovqatlar yordamida 
amalga oshirilsa, ular nisbatan yaxshiroq rivojlanishadi. Fenil-
ketonuriya bilan kasallangan bolalarda aqliy zaiflik bilan birgalikda 
nutqning buzilishi ham kuzatiladi. Bolalarning 3/2 qismida hatto 
maktab yoshida ham ekspressiv nutq bo‘lmaydi, ba’zilarida esa nutq 
faqat alohida so‘zlar talaffuzi bilan ifodalangan. Shuningdek ularda 
diqqat va xotira sezilarli shikastlangan. Mashg‘ulotlarda bunday 
bolalar katta qiyinchilik bilan jarayonda qatnashishadi. Ba’zi holat-
larda bolaning salbiy xarakteri, qaysarligi bilan mashg‘ulotlardan 
butunlay bosh tortadi. Fenilketonuriya bilan kasallangan bolalarda 
ko‘rish analizatori bilan bog‘liq tasavvur va tushunchalar oson hosil 
bo‘ladi. Bolalarni hisobga, yozuvga o‘rgatishda katta qiyinchiliklar 
yuzaga keladi. 
Og‘ir aqliy nuqsonli bolalar orasida nutq nuqsoniga ega katta 
guruhni kuzatish mumkin. Yuqorida aytib o‘tilganidek, bu toifadagi 
bolalar nutqi kech paydo bo‘lishi va qo‘pol tarzda rivojlanmasligi 
bilan ifodalanadi. 3 – 4 yoshdagi bolalarning yarmi gapirmaydi, 
qolgan yarmida esa nutq tushunarsiz, juda kam miqdorda. 7 – 8 
yoshga kelib bolalarning ko‘pchiligida nutq paydo bo‘ladi, lekin 
shunga qaramasdan yuqoridagi kamchiliklar mavjud. 


124 
Bolalarda rivojlantirish uchun, ularda musiqaga qiziqish 
hissidan foydalanish zarur, chunki bu qiziqish barcha og‘ir aqli zaif 
bolalarda mavjud bo‘lib, nutq rivojlanishida yaxshi natija beradi. 
Nutqsiz bolalarning deyarli barchasida 10 – 12 yoshga kelib nutq bari 
bir paydo bo‘ladi va keyinchalik sezilarli kamchiliklar bo‘lsa ham 
muloqot vositasi bo‘lib xizmat qiladi. 
Og‘ir darajadagi aqli zaif bolalarning psixologik jihatlarini 
bilish korreksion tarbiyaviy faoliyati bilan bog‘liq muammolarni 
samarali hal etishga imkon beradi. Maksimal korreksion samara-
dorlikka faqatgina tibbiy, pedagogik ko‘mak bolaning klinik va psi-
xologik jihatlarini hisobga olib va erta boshlangandagina erishiladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling