O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi “MA‘mun-universiteti”ntm


Milya-turli mamlakatlarda turlicha bo'lgan masofa o'lchovi; taxminan 7 metrga teng bo'lgan. Versta


Download 0.67 Mb.
bet27/30
Sana16.02.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1203483
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
MAXSUS TARIX MAJMUA

Milya-turli mamlakatlarda turlicha bo'lgan masofa o'lchovi; taxminan 7 metrga teng bo'lgan.
Versta-masofa o'lchash 1,6 km ga teng bo'lgan. XYII asr boshlaridan O'rta Osiyoni rus podsholari mustamlakaga aylantirishga harakat qilib, 245 yildan so'ng
xonliklarni birin ketin bo'ysundirdi. Dastlab rus elchi - ayg'oqchilari yuborilib, ular O'rta Osiyo haqida to'liq ma'lumotlarni yetkazdilar. Ularning kundalik, yozma ma'lumotlarida versta masofa o'lchami qo'llanilgan.
Nikolay Muravyovning ‖Turkiston bilan Xivaga sayyohati‖da ‖Xiva xonligi...G'arbiy tarafi 800 verstga cho'zilgan sahro bolib, u yerlarda Kaspiy dengizi atrofidagi qavmlar istiqomat qiladilar‖deb yozilgan.1

Hajm o'lchov birliklari.


Hajm o'lchov birliklari-mavjud hajm o'lchovlari va o'lchov birliklari. Qadim zamonda insonlar sochiluvchi narsalarning jumladan bug'doy va arpa donlarining vaznini tortmasdan, ularni biror hajmga ega bo'lgan vosita, ya'ni hajm o'lchovi bilan o'lchar edilar. Shunday yo'llar bilan donlarning miqdori o'lchanar edi. Suyuqlik hajmlari ega ma'lum sig'imga ega bo'lgan idishlar yordamida o'lchanadigan bo'ldi. Mana shunday yo'llar bilan bobolarimiz hajm o'lchash uchun bir qator hajm o'lchovlarini hamda hajm o'lchov birliklarini kashf etdilar.
Hajm -o'lchov birliklarini metrli tizimga o'tkazishda hajm birligi XBTda metr kub (m3) SGS tizimida santimetr kub(sm3), ya'ni 1 m3=106 sm3 bo'lishiga qaramasdan, amalda ko‘proq hajm birligi-litr qo'llaniladi. Bunday qilinishiga sabab 4
°s da 1 kilogramm suvning egallagan hajmi 1 litrga yoki 1,000028 dm3 hajmga teng (Il=ldm3) bo'lganidandir.
Kaylaja-hajm o'lchov birligi; Ishlatilish davri va joyiga qarab qiymati har xil bo'lishiga qaramasdan 10-asrdan Eronda, O'rta Osiyoning ba'zi joylarida va boshqa joylarida qo'llanilgan 1 Kaylaja 1,875 kg bug'doyga - yoki 2,5 1 ga teng bo'lgan. Sharqiy Eronda l Kaylaja 1523,4 g bug'doy yoki 21 ga , Ozorbayjonda 1 -Kaylaja 1,354 kg bug'doyga yoki 1,75 1 ga, Falastinda l Kaylaja 6,31 ga teng bo'lgan. Abu Ali Ibn Sinoning ma'lumotiga ko'ra l Kaylaja 1275g narsa sig'adigan o'lchov idish bo'lgan, agar shu narsani bug'doy desak, u holda 1 Kaylajaning hajmi taxminan 1,65-1,75 1 ga to'g'ri keladi.



1 Bo'riboy Ahmedov. Tarixdan saboqlar .T-1994, 18-bet
Kapgir (arabcha, forscha-arabcha )-osh taqsimlashda taxminiy hajm o'lchov birligi vazifasini bajaruvchi oshpazlik anjomi; shartli ravishda: 2 kapgir=l lagan osh.
Piyola-hajm o'lchovi, narsalarning taxminiy hajmlarini o'lchash da qo'llaniladi. Asosan 100,150,200,250,300 va 400 sm 3 hajmli piyolalar bo'ladi. Xalq orasida bir piyola suv yoki yog' deganda, ko'pincha, 0,41 suv yoki yog' tushuniladi.
Sarjin-hajm o'lchov birligi. Juda qadimdan paxsa devor va o'tinlarning hajmini o'lchashda qo'llanilib kelingan. O'lchami aslida boyi 4 qari, balandligi 2 qari, eni l qari deb qabul qilingan. Shunda 1 S = l qari x 2 qari x 4 qari=8 kub qariga teng bo'lgan. Agar 1 qarining 0,5 m ga teng ekanligi hisobga olinsa, unda 1 kub qari=(0,5 m) 3= 0,125 m3 ga teng, shunda sm bo'ladi. Demak, 1 sarjin eni 0,5m, bo'yi lm va uzunligi 2 m bo'lgan narsaning hajmiga, ya'ni 1 m3 (1 sarjin= 1 m3)ga teng ekan.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling