O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi “MA‘mun-universiteti”ntm


Download 0.67 Mb.
bet25/30
Sana16.02.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1203483
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
MAXSUS TARIX MAJMUA

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Bogin

Tutam-uzunlik o'lchov birligi.


U tayoq yoki arqonni siqib ushlaganda qo'l 4 ta barmoqning kengligiga teng ya'ni uzunlik jihatidan to'rt barmoqqa teng uzunlik. Tutam ba‘zan mushtum deb ham
yuritiladi. l tutam = 4 barmoq = 8,72- 9,12 sm. 1 tutam o'rtacha 9 smga teng. Tutamning 8,333 sm li qiymati ham mavjud.
B.Ahmedov kitobida: „Vali Muhammadxon (1601 yil) Balxga hukmdor etib tayinlangandan keyin balandligi taxminan 30 zira‘, aylanasi bir jarib bo'lgan bir oliy bino qurdiradi va uning (tevarak atrofini ) obod qildi „ deb yozilgan.1
Zira - uzunlik o'lchovi; 81,28 sm ga teng. Jarib-yer o'lchovi; bir tanob ; 4097 kv. metrga teng bo'lgan.
Barmoq uzunlik o'lchov birligi; O'rta barmoqning o'rta bo'glni eniga teng uzunlik. 1 barmoq 2,078 sm dan 2,28 sm gacha qiymatga teng. O'rta Osiyoda 18 asrda 1 barmoq 2,18/2,28 sm ga teng bo'lganligini hisobga olib, o'rtacha qiymati 2,28 sm bo'lishiga qaramay, uni yaxlitlab, 2,25 sm ga teng deb qabul qilish mumkin.
Barmoq - adabiyotlarda angusht va asba (Barmoq kengligi) ko'rinishida ham uchraydi. a) Boburiylardan Akbarshox (1542-1605) uzunlik va og'irlik o'lchovlarni joriy qilgan vaqtda barmoq kengligi, ya'ni barmoqning ikki xil o'lchovi-2,078 va 2,252 sm bo'lishiga qaramasdan, u barmoq kengligini 2,032 sm qilib olgan va bir tirsakni shu 2,0,32 sm li 41 barmoqqa bo'lgan, ya'ni 1 barmoq = l/41 tirsak; b)17-asr ma'lumotlariga ko'ra, Buxoroda 1 barmoq bagra doniga, larpa doni esa 6 ishchi ot yoli (qili) ga teng bo'lgan Demak, l barmoq=6 arpa doni = 36 ot qili. Barmoq o'lchovi Xorazmda 2,078 sm ga teng bo'lgan. Barmoqning qiymati berilmagan taqdirda uning o'rtacha yaxlitlangan qiymatini 2,25 sm ga teng deb olish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Bo'gin-uzunlik o'Ichov birligi; quruvchilar orasida qo'llaniladi. U o'rta barmoqning o'rtacha bo'gini eniga teng. l bo'gin taxminan 2,0/2,5 sm ga to'g'ri keladi.
Bosh barmoq-uzunlik o'lchov birligi; qiymat jixatidan 3 barmoqqa teng; faqat gazni o'lchashda qo'llaniladi. 1 bosh barmoq = 3 barmoq = 3. (2,18-2,28) = 6,54-6,84 sm yoki bosh barmoq o'rtacha 6,69 sm ga teng. Ba'zi adabiyotlarda «Asba ka‘ima
»nomi bilan ham ataladi.
Gerex -uzunlik o'lchov birligi. Asosan, Xorazm va Buxoroda qo'llanilgan. Qiymati lgaz (yoki 1 arshin uzunligining 16 dan bir bo'lagiga teng. Agar 1 gaz=(67,58- 70,68)sm bo'lsa, unda lgerex=l/16(67,58-70,68)=4,224-4,417sm 4,2-4,4sm bo'ladi. Bordiyu lgaz=(106-107)sm bo'lsa, unda l gerex=l/16 gaz=l/16(106-107)=6,25-6,69 sm bo'ladi.
Isba'-uzunlik o'lchovi. Abu Rayhon Beruniy asarlarida qo'llanilgan. U kichkina uzunliklarni o'lchash uchun qo'llanilgan barmoq va angushlarning aynan o'zi. Qiymati manbalarda ikki xil berilgan: lisba'=2-2,2sm yoki2,18-2,28 sm.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling