O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi “MA‘mun-universiteti” ntm tasdiqlayman «Ma‘mun-universiteti» ntm


, 17-Mavzu: XVI-XVII asrlarda Xindiston


Download 1.29 Mb.
bet160/171
Sana13.09.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1677252
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   171
Bog'liq
O`rta asrlarМажмуа

16, 17-Mavzu: XVI-XVII asrlarda Xindiston.
Reja:


1. Bobur va boburiylar davrida iqtisodiy taraqqiyot.
2. Akbarning idora qilishi.
3. Maratxlar va Sikxlar harakati.
4. Hindistonda Yevropaliklar.
5. Hindiston madaniyati.

1526 yilda tashkil topgan Boburiylar (Xindiston) imperiyasi XVI-XVII asrlarda juda katta davlatga aylandi. U jan. Xindiston davlatlari – Bidar, Golkundu va Bijalirga bir qadar ta`sir o`tkazib turardi.


Agrar munosabatlar Boburiylar vaqtida ham Dexli Sultonligi davridagi yo`nalishda rivojlanaverdi. Lekin yerga davlatning feodal usulida egalik qilishi yanada kuchaydi. (O`rta Osiyodagi kabi !)
Ekin ekiladigan yerlarning taxminan 1/8 qismi shoxga tegishli edi. Qolgan yerlar harbiy xizmat utalayotgan muddatga beriladigan va meros yerlar edi.
Jagirdor rasman o`ziga qarashli yerlarda yashovchi aholidan feodal rentasi yig`ish huquqinigina olardi. Amalda esa cheksiz hokimiyatga ega bo`lardi. Jagirlar xajmi har-xil bo`lib, ba`zilarida 10 minglargacha dehqonlar yashar edi.
Xind feodallari turkiylarga bo`ysinish va ularga muntazam boj to`lash sharti bilan yerga egalik qilishni saqlab qolgan edilar. Maxalliy beklar boburiylar uchun aholidan soliq to`plash huquqini olgan edilar. Maxalliy bek zamindorlar vazifasi meros bo`lib o`tadigan deb e`lon qilinganligi sababli, zamindorlar vaqt o`tishi bilan soliq yig`iladigan ana shu yerlarni ham o`z mulklarini bir turi deb hisoblay boshladilar.
Yer mulki, asosan, musulmonlar qo`liga o`tgan bo`lsa ham, savdo, sudxo`rlik operatsiyalari, hunarmandchilik maxalliy xind aholisi qo`lida qoldi.
Lekin O`rta Osiyoliklar, tajribalari borligi sababli, quruqlikda va qisman dengiz orqali tashqi savdodagina xindlardan ustun turardilar.
Xindistonda eski jamoa sistemasi buzila boshladi. Asosiy sabab pul-maxsulot munosabatlari. Xindistonda shaharlar rivojlandi, san`at o`sdi, xom ashyoga bo`lgan talab mayda qishloqlar bikikligini yo`qotdi. Jamoalardagi dehqonlar orasida tengsizlik kuchaydi. Qambag`allarning katta qismi «Moxovning kastalari» deb ataladigan past tabaqa vakillari edi.
Davlat Boburning nevarasi Akbar xukumronligi davrida (1556-1605) juda ravnaq topgan edi. Bengaliya, Orissa, Gujorat va Kashmir viloyatlari hamda Xandeshi va Axmad Nagar sultonliklari qo`shib olindi. Akbar xind savdogarlariga xomiylik qilib kelgan, uning davrida induizm tarafdorlarini diniy ta`qib etish to`xtatildi. 1593 yili diniy erkinlik to`g`risidagi farmonga binoan majburiy islomga kiritilgan xindlarga ilgarigi dinlariga kaytishga ruxsat berildi.
Frantsiyadagi Nant ediktidan 5 yil avval. 1598 yil. Katolittsizm davlat dini, lekin Gugenontlar uz dinlariga e`tikod qilish imkonini olganlar. Xind aholisi juz`yadan ozod etildi.
Yer masalasidagi janjallardan qutilish uchun Akbarning buyrug`i bilan butun Xindiston uchun yagona yer o`lchovi joriy qilinib, so`ngra hamma yerlarga tanob tortib chiqilgan edi. Soliq solinganda yerlarning sifati va tuproqning unumdorligi e`tiborga olinardi. Davlat solig`i hosilning 1/3 qismi miqdorida belgilangan bo`lib, keyingi 20 yil mobaynida o`rtacha narx hisobida pulga aylantirib olinardi. Soliq to`plashda ijarachilik sistemasi bekor qilinib, soliqni maxsus moliya amaldorlari to`playdigan bo`ldi.
Akbar davrida imperiya 15 viloyatga bo`linib, ularning har biriga shox noibi gubernator xokim qilib qo`yilgan edi. Xindiston irrigatsiya sistemasi ancha kengaytirilgan. Dexli «O`sha davrda jaxondagi barcha shaharlarning eng kattasi va gullab yashnayotgan shahar» ga aylangan. Agra davlatning 2- poytaxti edi.
Akbar xukumronligi davrida musulmon va xind feodallari muayyan darajada jipslashgan vakt bo`ldi.
Akbar yo`lini o`g`li Jaxongir (1605-27) va nabirasi shox Jaxon (1627-58) davom ettirishga harakat qilishdi.
SHox Jaxon 1632 yili Axmadnagarni egalladi. 1636 yili Golkanda va Bijapur o`z qaramliklarini tan oldilar. Tashqaridan qaraganda shox Jaxon davri Boburiylar imperiyasi eng gullab yashnagan davrga yetgandek tuyulardi. Ammo imperiyaning ichki zaifligi sezila boshladi. Feodallar g`alayonlari davlat markazlashuviga putur yetkaza boshladi.
Akbar vorislari pulga tobora ko`proq muxtojlik sezib soliq to`plashni sotish sistemasiga kaytishga majbur bo`ldilar. (uning bemaniligini bilib turib)
Oqibatda jagirdorlarning maxalliy aholi ustidan xukumronligi to`laroq va nazoratsiz bo`lib qoldi.
Birmuncha uddaburonlik bilan xukmronlik qilgan shoxlarning so`ngisi Avranzeb (1658-1707) edi. U Bajapur va Golkandani uzil-kesil egalladi. Inglizlarning Ost-Indiya kompaniyasining 1688-89 yillardagi hujumiga qarshi zarba bera oldi. Kompaniya unga juda katta tovon to`lashga majbur bo`lgan edi. Ammo Avranzeb siyosati tor kastachilikga asoslangan bo`lib, Akbarnikidan butunlay boshqacha edi.
Yevropa mustamlakachilari taxdid solib turgan paytda u Xindiston milliy kuchlarini birlashtirish o`rniga aksincha qildi. Xindlarni yana diniy ta`qib ostiga olib, juz`yani qayta tikladi. Musulmon feodalarning xindlardan olgan qarzini to`lamaslikga yo`l qo`ydi. Urush harajatlari ko`payib, irrigattsiya sarflari kamaytirildi.
Viloyatlardagi noiblar va istilo etilgan viloyatlar maharojalari mustakillika intila boshladilar. Avranzeb davrida /arbiy Dexan tog`larida yashovchi maxratx qabilasi dehqonlari harakati ko`tarildi. Ularning urushi boburiyga nisbatan g`azovat tusini olgan edi. Unga jasur yo`lboshchi SHivaji (1627-1680) 20 yil davomida raxbarlik qildi. SHivaji vaqtida maratxlar mamlakatida Maharashtra mustaqil davlatga aylandi.
Panjobda, Xindistonning shimoliy g`arbida XVII asr 2 yarmi XVIII boshlarida sikxlar diniy mazxabi bilan bog`lik keng dehqonlar harakati bo`lib o`tdi.
Induizmning radikal sektantchilik ta`limotlaridan biri sifatida sikxchilik XVI asr boshlarida vujudga keldi.
Sektaning asoschisi va uning dastlabki ustozi (guru) savdogar Nanak (1538yil vafot etgan) edi. Avvaliga sekta feodallar zo`ravonligidan norozi bo`lgan shahar doiralarining manfaatlarini aks ettirdi. Sekta xudo oldida barcha kishilarning tengligini e`lon qilib, tabaqa mazxab imtiyozlarini rad etdi. Ikki tomondan sekta zulmiga qarshilik ko`rsatmaslik xaqidagi ta`limotga amal qilib xukumatga itoat qilardi. Boburiylar ularga Yaxshi mun-tda bo`ldilar. Ularning tashkiloti Laxorda va Panjobning boshqa shaharlarida mustaxkamlandi. Ammo XVII asrning o`rtalarida sekta safiga minglarcha xonavayron bo`lgan hunarmandlar va dehqonlar ko`shilishi natijasida u radikallashdi. Xatto sinxlarda ham raxbarlik rolini o`ynab kelgan savdo sudxurlik elementlari orqaga surilaverdi, qisman sektadan chiqib ketishdi.
YAngi sikxchilik musulmon va xind feodallariga qarshi qurolli kurash programmasini ilgari surdi. Ular ideal, «chinakam podsholik» o`rnatishni istardilar.
1669, 1671-72, 1686, 1705 yillarda Agra, Dexli rayonlarida jat- sikxlarning eng qudratli harakatlari ro`y berdi. (dehqon)
Avranzeb o`limidan so`ng mug`ullar imperiyasi ayrim parchalarga bo`linib ketdi (imperiya velikix Mogolov) ularning hokimiyati Dexlidagina saqlanib qolgan edi. Xindistonda yana feodal tarqoqlik vujudga keldi. Yevropaliklar rojalarning o`zaro urushlariga aralashib o`zlarining Xindistondagi mustamlaka yerlarini kengaytira boshladilar.
XV-XVI asosiy Yevropalik mustamlakachilar janubiy-g`arbiy soxilga joylashgan portugallar edi. Malabar soxillaridagi- Diu, Duman, Goa, Kachin va Yek portlari ularga tegishli edi.
XVII asr boshlarida Xindistonga gollandlar kelib Koramondel soxilida, Begaliya va Bikarda TSeylon orolida mustaxkamlanib oldilar.
XVII-XVIII asrlarda ingliz va Frantsuzlar Xindistonni egallash uchun bir-birlariga qarshi shiddatli kurash olib bordilar. 1639 yili inglizlar o`zlariga tayanch punkti kilib Madras shaxrini qo`lga oldilar. 1668 yili Bombey inglizlarning Ost-Indiya kompaniyasi qo`liga o`tdi. 1690 yil inglizlar Kalkutta shaxriga asos soldilar.
SHu vaqtlarda 1674 yili frantsuzlar Pondisheri shaxrini bosib oldilar. Inglizlar va Frantsuzlar o`rtasidagi kurash o`nlarcha yilga cho`zilib ketdi. Inglizlar oqibat natijada 100 yildan keyin, 7 yillik Yevropa urushi (1756-63) vaqtida frantsuzlarni Xindistondan kuvib chikarilishga erishdilar.
SHu tarzda juda katta va ko`p millionli Xindiston feodal tarqoqlik, jiddiy milliy, diniy va kasta tafovutlari tufayli o`z mustaqqiligini yo`qotdi.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling