O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi “MA‘mun-universiteti” ntm tasdiqlayman «Ma‘mun-universiteti» ntm


Download 1.29 Mb.
bet171/171
Sana13.09.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1677252
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   171
Bog'liq
O`rta asrlarМажмуа

Yangi falsafa. Tabiatning rivojlanib borishi bilan birga yangi falsafa ham vujudga kela boshladi. Yangi burjua falsafasi tabiat fanlarining xulosalariga tayanardi. Bu falsafa olamni din yordami bilan emas, balki uning o’zidan kelib chiqqan tajribalarga asoslanib tushuntirishga urindi. Yangi burjua falsafasi tajribani haqiqatning birdan-bir kriterkisi deb e'lon qildi.
Bir zamonlar, antik dunyoda asoslanib rivoj topib, o’rta asrlarda rad qilingan falsafiy materializm endi yana tiklana boshlagan, lekin tiklanganda ham, boshqa negizda, yanada kengroq va yanada mustahkamroq bo’lgan aniq tabiiy ilmiy bilimlar asosida tiklana boshlagan edi.
XVI asr oxiri va XVII asr boshlarida yashagan ingliz olimi F r ye n sis Bekonning (161-1626) hamda XVII asrda o’tgan atoqli faylasuf - yuqorida nomi tilga olib o’tilgan fransuz faylasufi va matematgi Rene Dekart va golland faylasufi Benedikt (Barux) Spinoz (1632-1677) asarlarl yangi materialistik sistemaning rivojlanyashida g’oyat katta amiyatga ega edi, Buvdan ilgari unga tegishli boblarda materialistik va ratsionalistik tafakkur vakillari sifatidagi ahamiyati, ularning o’z falsafiy qarashlarida o’z zamonalaridagi tabiyat fani ma'lumotlarga tayanishga intilishlari, ularning tadqiqotinng ayni fanlarga yoki aql-idrokning puxta mulohazalariga tayanuvchi yangi ilmiy metodik topish yo’lidagi fikrlari ta'kidlab ko’rsatilgan edi.
Uchala buyuk faylasuf uchun yagona naturfalsafiy yaratish yo’lidagi urinish xarakterlidir. Bu konseptsiyada dunyoning evolyutiyasi uning realligi va bilish mumkinligiga asoslangan g’oyada tabiiy va qonuniy tarzda tushuntirilar edi.
Yangi fan yangi falsafa yoshini yashab bo’lgan sholastika bilan shiddatli kurashda rivojlandi. Yangi fan namoyandalarini qatolik cherkovi, keyin protestant cherkovi ham juda qattiq taqib qilib bordi. Kopernik, Galiley, Jordano Bruno, Servet, Dekart hammasi ham diniy ta'sirlar tufayli ko’p azob va uqubatlarni boshlaridan kechirdilar, ularning ba'zilari ilmiy etiqodlari uchun hayotlarini qurbon qildilar.
Lekin shunga qaramasdan, ilmiy yo’nalish o’sib, mustahkamlanib bordi, o’z taraqqiyoti bilan yangi zamon ilm-fanining gullab-yashnashiga zamin tayyorladi.
XVI-XVII asrlar davrida texnika sohasidagi kashfiyotlar nisbatan hali kam edi. Hunar va manufaktura ijtimoiy ishlab chiqarishning umumiy bazisini tashkil qilar ekan, ishlab chiqaruvchining faqat bitta ma'lum ishlab chiqarish tarmoqiga tobe bo’lishi, unnng mashhulotlarining dastlabki xilma-xilligining buzilib ketishi taraqqiyotining zarur momentidan iboratdir. Ishlab chiqarishnin har bir ayrim tarmog’i ana shu bazada empirik yo’l bilan o’ziga muvofiq texnik tuzum hosil hiladi , bu tuzumni sekin-asta takomillashtiradi va ma'lum bir yetuklik darajasiga erishilishi bilanoq uni muayyan bir shaklga soladi.
XVI-XVII asrlar davrida suv kuchidan foydalanish problemasi ancha muvaffakiyatli hal etildi. Yuqoridan suv tushirib aylantiriladigan suv g’ildiragini yanada takomillashtirish yordamida shalola va tog’dagi daryolardan kon sanoati ehtiyojlari uchun keng foydalanish imkoniyati tug’ildi. Bu jihatdan o’sha davrda Angliyadan tashqari ayniqsa Shvetsiyada katta mu-vaffaqiyatlar qo’lga kiritildi.
Dastlab XIV asr o’rtalarida paydo bo’lgan o’tsochar miltiqlar har holda juda sekin rivojlanib bordi. O’q otar qurollar juda sekin takomillashdi. Qisman anchagina takomillashtirilgan bo’lishlariga qaramay, to’plar og’ir va beso’naqay bo’lib qolaverdi, miltiqlarning toplari qo’pol edi. Miltiqlar butun piyodalarni qurollantirishga yaroqli holga keltirilib takomillashtirilguncha uch yuz yildan ko’p vaqt o’tdi. Shtik o’rnatilgan chaqmoq toshli miltiq XVIII asr boshidagina piyodalarning asosiy quroli bo’lib kelgan nayzani siqib chiqardi.
To’qimachilik sanoati sohaskda XVI- XVII asrlarda ishlab chiqarish protsesining detallashgan operatsiyalarga yanada ko’proq bo’linishi g’oyat katta ahamiyatga egadir. Angliya movut sanoati mehnatni keng ko’lamda texnika jihatdan taqsimlashning ayniqsa ajoyib manzarasini vujudga keltirgan edi. Movut ishlab chiqarishda 12 ta alohida operatsiya: ivitish, yuvish, junni tozalash va tarash, ipni kalavalash va pishitish, to’kish, presslash, tukini sirqish, materiyaldagi tugunlarni yo’qotish, bo’yash va nihoyat ohor berish operatsiyalari bo’lib, bu ishlar materiallarning bir ustaxonadan ikkinchisiga o’tkazish yo’li bilan izchil tarzda amalga oshirilardi, shu tarzda bir kiyimlik movutni ishlab chiqarishda turli ixtisosdagi o’nlab ishchilar qatnashar edi.
Kon ishi sohasida XV va XVII asrlarda avvalo cho’yanni eritishda, toshko’mirdan foydalanish yo’lida astoydil harakat qilindi. Bu jihatdan Angliyada lord Dedli eng katta muvaffahiyatlarga erishdi. XVI asrdan to XVIII asrning o’rtalarigacha bo’lgan davrda, ya'ni hunarmandchilikdan to yirik sanoat darajasigacha rivojlanib boruvchi manufaktura davrida ikkita moddiy asos bo’lib, shu negizda manufaktura ichida mashina industriyasiga o’tish uchun tayyorgarlik ishi ro’y beradi,bu negiz soat va tegirmondir . Soat amaliy maqsadda foydalanilgan dastlabki avtomatdir. Soat asosida bir tekis harakatdagi ishlab chiqarishning butun nazariyasi rivojlandi. Yana shu narsaga ham sira shubha yo’qki, XVIII asrda soat birinchi marta avtomatlarni (xuddi shu prujinali avtomatlarni) ishlab chiqarishga tatbiq etish fikriga olib keldi.
Tarixchilar bu davrdagi tabiatning revolyutsion rolini quyidagicha xarakterlagan edi: «hozirgi zamon tabiat ilmi, greklarning genial gumonlariga, arablarning ahyon-ahyonda, tasodifiy ravishda qilgan tekshirishlariga qarama-qarshi o’laroq, chinakam fan deb atash mumkin bo’lgan, birdan-bir hozirgi zamon tabiati, byurgerlar feodal qudratini sidirib tashlagan, shaharlilar bilan feodal dvoryailar o’rtasidagi kurashning orqa planida isyonchi dehqonlar va ularning ketida hozirgi proletariatning qo’lida qizil bayroq ushlagan, dilida kommunizmni jo kilgan revolyutsion o’tmishdoshlari ko’rinib turgan vaqtidagi shu narsa xarakterliki , hozirgi zamon ingliz tilida tosh so’zi ayni vaqtda un tegirmonini va ip yigirish-to’qish fabrikasini bildirib, shu tarzda sanoat ishlab chikarishi taraqqiyotining tarixini yaqqol aks ettiradi.
G`oyat zo’r davrdan boshlanadiki, bu davr Yevropada yirik monarxiyalarni barpo qildi, papalarning diniy diktaturasini yemirdi, greklar qadimiyatini tikladi va shu bilan birga yangi zamonda, eski dunyo chegaralarini sindirib - buzib tashladi, birinchi marta, aslini aytganda, yerni kashf etgan yangi zamonda san'atni hoyat yuksaltirdi.
Bu, yer yuzida to hozirgacha yuz bergan revolyutsiyalarning eng buyugi edi. Ana shu revolgotsiya muhitida rivojlanib borgan tabiatshunoslik tamomila revolyutsion edi, u ulug’ italyanlarning uyg’onib kelayotgan yangi falsafasi bilan monand bo’lib mahkam bog’langan, uning jafokash namoyandalari gulxanlarga va zindonlarga tashlangan edi».
XVI-XVI asrlarda o’arbiy Yevropada ishlab chiqaruvchi kuchlarning bu jihatdan rivojlanishi dunyo mamlakatlari hayotida juda katta ahamiyatga ega boldi.Shu sababdan ham g`arbiy Yevropa taraqqiyotining osish darajasi tez sur’atlarda amalga oshgan edi.



1Семёнов В.Ф. “Ўртаасрлартарихи ”.-T. 1973-йил 430бет

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling