O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi “MA‘mun-universiteti” ntm tasdiqlayman «Ma‘mun-universiteti» ntm


Harbiy texnikaning o’sishi va artileriyaning rivojlanishi


Download 1.29 Mb.
bet169/171
Sana13.09.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1677252
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   171
Bog'liq
O`rta asrlarМажмуа

Harbiy texnikaning o’sishi va artileriyaning rivojlanishi.
Harbiy texnikaning rijlanishi metallurgiyaning taraqqiyotiga katta ta'sir ko’rsatdi. O’q otar qurollar (mushketlar, to’plar va boshqalar)ning qo’llanila boshlashi natijasida metallga ehtiyoj juda ham ortib ketdi. To’p yasashning o’zi sanoatning yangi tarmog’ini yuzaga keltirdi.
Boshda to’plar temirdan yasalar va tosh o’qlar bilan otilar edi (XIV asrning 60-yillarida frantsuz va italyanlarning to’plari). Keyinchalik qurollarning bu xilini misdan quyadigan bo’ldilar (XIV asr oxiri). XVI asrda esa pilta miltiq o’rnini chaqmoq toshli miltiq egalladi. Artilleriya son jihatdan XVI-XVII asrlardayoq ommaviy qurolga aylangan edi. 1618-1648 yillardagi O’ttiz yillik urushda hamda Angliyada XVII asrning o’rtalaridagi grajdanlar urushi davrida (1642-1649) to’plardan keng foydalanildi. 1652 yilda Angliyada respublika hukumati artileriya parkidagi to’plar sonini 1500 taga yetkazishni mo’ljallab qo’ydi.
Dastlab XIV asr o’rtalarida paydo bo’lgan o’tsochar miltiqlar har holda juda sekin rivojlanib bordi. Miltiqlar butun piyodalarni qurollantirishga yaroqli holga keltirilib takomillashtirilguncha uch yuz yildan ko’p vaqt o’tdi. Shtik o’rnatilgan chaqmoq toshli miltiq XVIII asr boshidagina piyodalarning asosiy quroli bo’lib kelgan nayzani siqib chiqardi».
b). Kemasozlikdagi va kemalar qatnovidagi muvaffaqiyatlar. XVI va XVII asrlarda kemasozlik va dengizda kemalar qatnovi sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishildi.Kemalarning tonnaji ortishi bilan birga (XVI asrda kemalarning o’rtacha tonnaji 500 toshgadan 1000 tonnagacha borardi), ularning harakat qilishi ham tezlashdi. Bunga murakkab yelkanlar sistemasining rivojlanishi orqasida erishildi. Yangi kemalarga juda ko’p machta o’rnatilar, machtalarning bir qismi bir-biriga ulangan bo’lar va juda ko’p yelkanlar qurilardi.
Yelkanlarni kombinatsiyalashtirib, kemalar har qanday shamolda (hatto ro’paradan esgan shamolda ham) istagan tomonga suzishi mumkin bo’lardi. Faqat hech q qanday shamol bo’lmagandagina (shtil ostidagina) kemalar turgan joyida ozmi-ko’pmi to’xtab qolishga majbur edi. Dastlab XIV asr o’rtalarida paydo bo’lgan o’tsochar miltiqlar har holda juda sekin rivojlanib bordi. XIV-XV asrlarda dengizdagi sayohat kuniga o’rta hisobda 18-20 milya bilan o’lchansa, XVI asrning oxiri - XVII asrning boshlarida ob - havo qulay bo’lgan , kuniga 30 - 40 milya yo’l bosildi.
To’qimachilik sanoati sohaskda XVI- XVII asrlarda ishlab chiqarish protsesining detallashgan operatsiyalarga yanada ko’proq bo’linishi g’oyat katta ahamiyatga egadir. Angliya movut sanoati mehnatni keng ko’lamda texnika jihatdan taqsimlashning ayniqsa ajoyib manzarasini vujudga keltirgan edi. Movut ishlab chiqarishda 12 ta alohida operatsiya: ivitish, yuvish, junni tozalash va tarash, ipni kalavalash va pishitish, to’kish, presslash, tukini sirqish, materiyaldagi tugunlarni yo’qotish, bo’yash va nihoyat ohor berish operatsiyalari bo’lib, bu ishlar materiallarning bir ustaxonadan ikkinchisiga o’tkazish yo’li bilan izchil tarzda amalga oshirilardi, shu tarzda bir kiyimlik movutni ishlab chiqarishda turli ixtisosdagi o’nlab ishchilar qatnashar edi.
XVI asrning oxirlarida Gollandiyada va deyarli shu vaqtda Angliyada yangi lentali to’quv stanogi deb ataluvchi dastgohning ixtiro qilinishi to’qinachilik ishlab chiqarishini rivojlantirishda juda katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Bu dastgohda ensiz jun va jun aralashgan yoki jun ip gazlamalar tayyorlanardi.Bir ishchi bunday stanokda bir yo’la 10, 20 va undan ko’proq har xil rangdagi lentalar tayyorlab berardi.XVI asr oxiridayoq ip yigirish mashinasining va deyarli bir asrdan keyin yangi to’quv stanogining ixtiro qilinishi navbatdagi sanoat revolyutsiyasini tayyorlashda zarur bosqich bo’ldi. Bu sanoat revolyutsiyasi Angliyada XVIII asrning o’rtalari va ikkinchi yarmida to’qimachilik sanoatida, uning eng yosh tarmog’i - ip gazlama ishlab chiqarishida ro’y berdi.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling