O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi “MA‘mun-universiteti” ntm tasdiqlayman «Ma‘mun-universiteti» ntm


-, 21-MavzuG`arbiy Yevropada texnika va tabiatshunoslikning rivojlanishi


Download 1.29 Mb.
bet168/171
Sana13.09.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1677252
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   171
Bog'liq
O`rta asrlarМажмуа

20-, 21-MavzuG`arbiy Yevropada texnika va tabiatshunoslikning rivojlanishi.
Reja:
1. G’arbiy Yevropada ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va harbiy texnikaning o’sishi
2. Kemasozlik, to’qimachilik, tabiatshunoslik.
3. Avtomatlarinng kashf etilishi.
4. Yangi falsafa fanining rivojlanishi.
Manufaktura davridagi texnika hali, asosan hunarmandchilik xarakterida bo’lib, buyumlar deyarli butunlay qo’l kuchi bilan ishlanardi. «Manufaktura davriga xos mexanizm ko’pgina qismiy ishchilardan iborat jami ishchining o’zidir» Manufakturadagi mehnat taqsimoti ijtimoiy mehnat unumdorligini xiyla oshirgan edi. Manufakturada mashinalardan onda-sondagina foydalanilardi.
Ayrim ishchining san'ati, mahorati, u o’z shaxsiy asbob-uskunasida bajaradigan operatsiyalarning tezligi va aniqligi asosiy narsa bo’lib qolaverdi. Shu sababli manufaktura davrida texnika taraqqiyoti umuman hali sust bordi. XVI-XVII asrlar davrida texnika sohasidagi kashfiyotlar nisbatan hali kam edi.
Vaqti-vaqti bilan o’zgarishlar bo’lib turadi, bu o’zgarishlarga savdo yetkazib beradigan yangi mehnat materialidan tashqari, mehnat asbobining asta-sekin o’zgarishi ham sabab bo’ladi. Lekin empirik yo’l bilan muvofiq asbob formasi topilgan ekan, ish asbobi ham bir nuqtada qotib qoladi,har holda manufakturaning rivojlanishi kelgusidagi sanoat revolyutsiyasi uchun, mashinalar va mashina ishlab chiqarishining vujudga kelishi uchun muayyan shart-sharoitlarga yaratdi. Ish operatsiyalarini soddalashtirishning o’zi va bu operatsiyalarning manufakturada doimo mexanik tarzda takrorlanishi mexanikaning fan sifatida rivojlanishi uchun turtki berishi kerak edi. Ayni vaqtda manufaktura yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, onda-sonda bo’lsa ham, ayrim hollarda juda sodda mashinalardan foyda umumiy xarakteristikasi yuqoridalana boshlangan ediki, bu mashinalar rivojlangan kapitalizmning keyinchalik yaratilgan mashinalarining bevosita o’tmishdoshlari bo’lib qoldi.
II.a). Kon ishi va metallurgiya. ishi sohasida XV va XVII asrlarda avvalo cho’yanni eritishda, toshko’mirdan foydalanish yo’lida astoydil harakat qilindi. Bu jihatdan Angliyada lord Dedli eng katta muvaffahiyatlarga erishdi. U 1621 yilda «Toshko’mirdan foydalanish yo’li bilan temir rudasini eritish hamda undan cho’yan quyilma ishlab chiharish» uchun patent oldi. Biroq, Dedlining kashfiyoti aslida katta amaliy ahamiyatga ega bo’lmadi. Angliyada mineral yoqilg’i asosida cho’yan ishlab chiqarish problemasi XVIII asrning boshlaridagina uzil-kesil hal etildi.
XVI-XVII asrlar davrida suv kuchidan foydalanish problemasi ancha muvaffakiyatli hal etildi. Yuqoridan suv tushirib aylantiriladigan suv g’ildiragini yanada takomillashtirish yordamida shalola va tog’dagi daryolardan kon sanoati ehtiyojlari uchun keng foydalanish imkoniyati tug’ildi. Bu jihatdan o’sha davrda Angliyadan tashqari ayniqsa Shvetsiyada katta mu-vaffaqiyatlar qo’lga kiritildi. XVII asrning ikkinchi yarmida Frasniyada va Angliyada bur nasoslari qurish yo’lida muvaffaqiyatli urinishlar bo’ldi (1690 yilda Deni Papin kashf qilgan atmosfera bug’ mashinasi tezda 1698 yilda Angliyada Nyukomen va Kauli tomonidan takomillashtirildi). Bu nasoslarda porshenning harakati havoning atmosfera bosimi yordamida amalga oshirildi , porshenning orqaga harakati esa havo bosimidan oshib ketgan bug’ bosimining yordamida amalga oshirilardi. Fizika qonunlarini bilishga asoslanadigan bu kashfiyot XVIII asrda bug’ mashinasini ixtiro qilishning bevosita o’tmishdoshi bo’ldi. XVI-XVII asrlarda yangi muvaffaqiyatlarga erishildi , metallni domnada ishlab chiharish qadim zamonlarda va o’rta asrlarda deyarli XV asrning oxirlarigacha hukm surib kelgaa xom ashyoni purkash usuli deb ataladigan eski usulni
uzil-kesil bartaraf etdi. Harorati yuksak darajaga yetadigan ulkan domna pechlari juda ko’p metallni suyuq holga keltirar, natijada ishlanayotgan metallga har qanday shakl berish mumkin bo’lar edi.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling