O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi “MA‘mun-universiteti” ntm tasdiqlayman «Ma‘mun-universiteti» ntm


Download 1.29 Mb.
bet167/171
Sana13.09.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1677252
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   171
Bog'liq
O`rta asrlarМажмуа

Bantom davlati.
Malakka bo`g`izini muhim strategik nuqtaligi portugallarga shu yerdan o`tadigan kemalarni og`ir soliqlar to`lashga majbur etardi. Xitoy va Xindi savdogarlari bu soliqlardan qochib boshqa yo`llar ochishdi: Zond bo`g`izidan va Sumatra yon bag`irlari bo`ylab o`tgan yo`llar. SHu xodisa Bantomning dastlab muhim savdo portiga aylanishiga, keyinchalik esa davlat markaziga aylanishiga olib keldi. Bantom feodal qatlami o`rtakashlik orqali boyib ketib Sundanez qabilalarini o`ziga bo`ysundirdi, bu qabilalar esa /arbiy YAvani ichki qismida yashar edi.
XVI asrning 2-yarmida Bantom davlatida qishloq xo`jaligi rivojlandi, irrigatsiyadan keng foydalanildi. Kanallar qurishga aholi jalb etildi. Tashqi savdoni rivojlanishi natijasida yangi ekin qalampir ekila boshlandi. Qalampir ekiladigan joylarda soliq maxsulot tarzida olingan. Xitoy ma`lumotlariga qaraganda qalampir hosili bir yilda 3 mln. tonnaga yetgan.
YAvaning boshqa qismlaridan ko`ra Bantomda jamoa yerlari yo`qolib ketdi. Kambag`al dehqonlar inqirozga uchrab qulga aylana boshladi. Ota-onalarning o`z bolalarini sotishga qonunan ruxsat berilgan. Qattiq ekspluatatsiya natijasida feodallar boyib borishgan. Portugal ma`lumotlariga ko`ra Bantom port shahar bo`lib, u sharq savdo shaharlaridan qolishmasdi. Bu yerga sharqdan ko`plab savdogarlar kelishgan.
Xurosondan qimmatbaxo toshlar (dur, olmos) va dorivor o`simliklar, xatto Birmadan tirik fillar Bilan savdo qilishgani kelishar edi. Malayyaliklar va xitoyliklar qo`lida o`rtakashlik ishlari jamlangan edi. Qitoy savdogarlari boshqa Indoneziya tumanlaridagi kabi Bantomda ham katta rol o`ynashgan.
Gollandlarning kirib kelishi.
Karnelus Xutman boshchiligida 1596-yil 23-iyunda Bantomga 1-golland savdo kemasi kirib keldi. SHundan so`ng ularning kirib kelishi ko`paydi. Gollandiya va Angliya birlashib portugal kolonniyalariga qarshi kurashardi. O`zlarini do`st sifati tutishsa ham, aslida portugallarga qarshi kurashardilar. Gollandiyaning Ost-Indiya kompaniyasi Ternata Aiboina va Banda orolarida jonlanib bordi.
Portugallarga qarashli yerlar faqat Timor orollari bo`lib qoldi. YAvaga joylashish Ost-Indiya kompaniyasiga juda qiyin bo`ldi. Manterom va Bantom xokimlari bu orollarda korxonalar qurish taklifini qat`iy rad etdi. 1619 yil Molukka orollaridan o`tib kelgan flot Bantomliklarni mag`lubiyatga uchratdi. Jakartaliklarini qoldiqlari ustida YAvadagi 1-golland koloniyasi vujudga keldi. Qurshov paytidayoq unga Batavaiya deb nom bergan. Tez orada Xitoy savdogarlari, hunarmandlari qishloqlari vujudga keldi va asta sekin shahar bo`la boshladi. Bataviya gollandlarning YAvani bosib olishlarida tayanch nuq`asiga aylandi. Gollandlarning mustamlaka yerlari Afrikadan Yaponiyagacha yetib bordi.
Gollandlar mustaqil bo`lgan knyazlik va sultonliklarni savdo tizimida ushlab turishga harakat qilar edi. Gollandlar Ost Indiya kompaniyasini 1641 yilda egallab olishdi. Indoneziyada portugallar egaligidan butunlay maxrum qilindi. Timorda saqlanib qolgan portugal xukmronligi endi gollandi monopoliyasini kengaytirishga xalaqit bermasdi.
Gollandiya mustamlakalari ekspluatatsiyasi XVII asrda Molukka orollarida og`ir sezivar edi. Portugallarni qisib chiqargandan so`ng gollandlar bu yerda yanada qattiq nazorat o`rnatdilar.
Ziravorlarni arzon baxoga sotishga majburlash ocharchilikka olib keldi. Qo`zg`olonlar mustamlakachilar tomonidan shafqatsizlarcha bostirildi. 1621 yili Banda orollari aholisi qo`zg`olon ko`tardi, biroq qurol aslaxalar Bilan qurollangan harbiylar tomonidan shafqatsizlarcha bostirildi. Ko`pchiligi ularni urib o`ldirgan va bir qismi quvg`in qilingan va ochlikdan o`lgan, orolda odam qolmagan. Gollandlar odamlar plantatsiyasini to`plashga harakat qilardi. Boshqa orollardan odamlarni ushlab kelib ishlatishga xuquqlari bor edi. SHarqiy bozorlarda qular ko`proq sotilgan. TSelebasidan odamlarni ushlab kelib YAvani rivojlantirishga harakat qilganlar. Bu usul uchun maxsus o`g`rilar tayorlangan. YOshlarni o`g`irlab kelgach , TSklkbasi qamoqxonasida saqlab voyaga yetgach ishga yo`naltirishgan. Ammo XVII asrning o`rtalarida mustamlakachilik tugallanmagan edi. Xatto YAva bo`ysunmagan edi. Bataviya muntazam Mataram va Bantom kuchlari tazyiqi ostida edi. Golland kompaniyasi mataram saroyida turli xiylalar bilan ish olib borar edi. CHunki mustamlakachilarning arxipelagdagi oziq-ovqati bilan matarama ta`minlardi. XVII asrda Gollandlar Batariyadagi bosib olgan yerlarini Matarama tomonidan tan olinishiga erishdi. YAvani to`la bosib olish uchun xali ko`p vaqt kerak edi.



Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling