O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


 § AKT rivojlanishining iqtisodiy qonunlari


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/177
Sana03.11.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1743996
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   177
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

§ AKT rivojlanishining iqtisodiy qonunlari 
 
Reja: 
1. 
Iqtisodiy axborot tushunchasi 
2. 
Raqamli iqtisodiyotni rivojlanishida iqtisodiy qonunlarning 
ahamiyati. 
3. 
AKT rivojlanishi iqtisodiy qonunlari. 
4. 
Gordon Mur, Artur Rok, Robert Metkalf, Bekstrom, Tsipf, 
Devid Rid, Foton qonunlari. 
Keng ma’noda axborot bu saqlash, oʻzgartirish, uzatish ob’ekti 
boʻlgan va tashkilot zimmasiga yuklangan vazifalarni hal qilishga yordam 
beradigan ma’lumotlar, bilimlar, xabarlardir. 
“Axborot” atamasi lotincha “information” soʻzidan kelib chiqqan. 
“Axborot” soʻzining asl ma’nosi bu bilim, ma’lumot, xabarlar, 
bildirishnomalar, ya’ni faqat inson ongi va muloqotiga xos boʻlgan 
narsalardir. 
Falsafiy ma’noda axborot - bu real dunyoning aksi boʻlib, ya’ni bir 
haqiqiy ob’ekt boshqa real ob’ektni qamrab olishi haqidagi ma’lumotdir. 
«Bizning bilimimiz haqiqiy dunyoning aksi ekanligini anglagan 
materialistik bilish nazariyasi namoyondalari aks ettirish materiyaning 
universal xususiyati ekanligini ta’kidlashgan». Aks ettirishning quyidagi 
shakllari mavjud: ong – bu faqat odamlarga xos boʻlgan fikrlashning eng 
yuqori shakli, ruhiy – nafaqat odamlarga, balki hayvonlarga ham xosdir, 
ta’sirchanlik – oʻsimliklar va oddiy organizmlarni ham qamrab oladi va 
nihoyat eng elementar shakl – noorganik tabiat va elementar zarralararo, 
ya’ni butun materiyaga talluqli oʻzaro ta’sirdir. Shunday qilib, bilim real 


23 
dunyoning aksidir, shuning uchun aks ettirish materiyaning universal 
xususiyati hisoblanadi. Ya’ni, bir ob’ektning holati boshqa ob’ektning 
holatiga mos kelishi bilan, mazkur ob’ekt boshqasini aks ettirayotganligini 
va u haqida ma’lumot berayotganligini tushunamiz. 
Axborot iqtisodiyoti bir vaqtning oʻzida asosiy resurs va tovar 
sifatida axborotga tayanadi. 
Axborot resursi deganda ma’lumotlar korxona uchun ahamiyatli 
shaklga aylantirilganligi tushuniladi. 
Axborot resursi (AR) korxonani boshqarish uchun muhim boʻlgan 
ma’lumotlarni anglatadi. AR bu muayyan parchalanish va yangilanish 
qonuniyatlari bilan yaratilgan va (yoki) aniqlangan, roʻyxatdan oʻtgan, 
baholangan axborotdir. Korxonalarning AR axborot tizimlari ma’lumot 
tashuvchilarda, arxivlarda, fondlarda, kutubxonalarda hujjatlar massivi 
sifatida taqdim etiladi. 
Axborot texnologiyalari tarkibiga kiradigan axborot resurslari ushbu 
ta’rifda 
ularni 
yaratish, 
baholash 
va 
inventarizatsiya 
qilish 
metodologiyasiga muvofiq aniq tuzilishga ega. Bundan tashqari, AR 
tuzilishini aniqlash asosida ARning statik va dinamik tarkibiy qismlari 
hisobini yuritish mumkin. 
Parchalanish va yangilanish qonunlari ARning IT bozoridagi 
mavqeini tegishli metodologiyadan foydalangan holda aniqlashga imkon 
beradi. Metodologiya texnik (aniqlik, ishonchlilik va boshqalar) va 
iqtisodiy xususiyatlarni (roʻyxatdan oʻtgan ma’lumotni olish xarajatlari va 
boshqalar) baholashni oʻz ichiga oladi. 
Muayyan vaqt birligi uchun ARni baholash uning yaratilishidan (sh.j. 
yangilanish (parchalanish) qonunini, yangilash darajasini va rivojlanish 
qobiliyatini aniqlash) soʻng amalga oshiriladi va IRga boʻlgan ehtiyojni 
baholashga asoslanadi. 
Tashkiliy boshqaruv tizimlarida iqtisodiy (mahsulot ishlab chiqarish, 
ish, xizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanadigan odamlar jamoalarini 
boshqarish bilan bogʻliq) va texnik (texnik ob’ektlarni boshqarish bilan 
bogʻliq) axborot farqlanadi. 
Iqtisodiy axborotlar ijtimoiy ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan 
moddiy tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlah va 
iste’mol qilish jarayonlarini aks ettiradi, shuning uchun iqtisodiy 


24 
axborotlar ishlab chiqarish axboroti deb ham ataladi. Iqtisodiy axborotlar 
katta hajmi, koʻp marta foydalanilishi, davriy yangilanishi va 
oʻzgartirilishi, mantiqiy operatsiyalardan foydalanilishi va nisbatan oddiy 
matematik hisob-kitoblarni bajarishi bilan tavsiflanadi. 
Iqtisodiy axborotlar ma’lum tuzilishga ega, iqtisodiy axborotlarning 
asosiy tarkibiy birligi koʻrsatkichdir. Boshqarish maqsadlari uchun 
indikator toʻliq semantik tarkibga va iste’molchi qiymatiga ega hamda 
ma’noni buzmasdan uni kichik birliklarga boʻlish mumkin emas. 
Koʻrsatkich rekvizitlar toʻplamidan iborat. Rekvizit – ob’ekt yoki 
xoʻjalik jarayonining muayyan xususiyatlarini aks ettiradigan mantiqiy 
boʻlinmas elementdir. Har bir indikator bitta tayanch rekvizit va bir yoki 
bir nechta atribut rekvizitlaridan iborat. Tayanch rekvizit qoida tariqasida, 
indikatorning miqdoriy qiymatini tavsiflaydi (ogʻirlik, qiymat, vaqt 
me’yori va boshqalar); atribut rekvizit - indikatorning semantik ma’nosi 
tavsiflaydi va uning nomlanishini aniqlaydi. 
XX asrgacha mehnatning asosiy predmetini moddiy ob’ektlar tashkil 
etgan. Insonning moddiy ishlab chiqarish va xizmatlardan tashqari 
faoliyati, odatda, «noishlab chiqarish xarajatlari»ga kiritilgan. Davlatning 
iqtisodiy qudrati u boshqaradigan moddiy resurslar bilan oʻlchangan. XX 
asrning oxirida, insoniyat tarixida birinchi marta, axborot sanoati 
rivojlangan mamlakatlar ijtimoiy ishlab chiqarishida mehnatning asosiy 
predmetiga aylandi, tez orada yangi iqtisodiy kategoriya «milliy axborot 
resurslari»ning mutlaqo yangi kontseptsiyasi paydo boʻldi. Ushbu hodisani 
tavsiflash uchun miqdoriy xususiyatlarni tanlash ancha qiyin kechdi. 
Bunday tavsifni topish uchun bir nechta yondashuvlar ma’lum, ulardan 
birini IBMning taniqli mutaxassisi Jeyms Martin taklif qilgan. Uning 
mohiyati shundan iboratki, inson bilimlarining umumiy yigʻindisi ikki 
baravar koʻpayadigan vaqt oraligʻini aniqlashdir (1800 yilda u har 50 yilda 
ikki baravar, 1950 yilda – har 10 yil, 1970 yilda – 5 har yil, hozirgi vaqtda 
- har 1 yil ikki baravar ortadi). Axborot hajmining bunday oʻsishi axborot 
xizmatlari sohasiga qoʻshimcha mehnat resurslarini jalb etish va 
zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlashni talab qildi. 
Rossiyada 
axborot 
texnologiyalariga 
asoslangan 
jamiyatni 
rivojlantirishga siyosiy yondoshuvlar ma’lum ma’noda toʻsqinlik qildi va 
ushbu sohadagi tadqiqotlar soni u qadar koʻp emas. Lekin shunga qaramay 


25 
D.I. Blumenau, G.R. Gromov, V.V. Dik, A.M. Karminskiy, A.I. Rakitov, 
A.D. Ursul kabi olimlar tomonidan tadqiqotlar olib borildi.
Rossiyaning global axborot iqtisodiyotiga kirishining asosi 1992 yil 
iyun oyida Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan BMTning atrof-muhit va 
rivojlanish boʻyicha II konferentsiyasi qarorlarining amalga oshirishilishi 
boʻldi. 1992 yilda konferentsiyada erishilgan kelishuvlarni bajarish 
maqsadida Rossiya Prezidenti hukumatning «Rossiya Federatsiyasining 
barqaror rivojlanishga oʻtish konsepsiyasi»ni tasdiqladi. Bundan tashqari, 
bir qator fundamental qonun hujjatlari, xususan, “Axborotlashtirish 
toʻgʻrisida”gi qonun, “Axborot xavfsizligi kontseptsiyasi”, “Rossiyaning 
yagona axborot makoni kontseptsiyasi”, “Rossiyada Axborotlashgan 
jamiyatni shakllantirish kontseptsiyasi” va boshqalar qabul qilingan. 
Ularning 
asosida 
«2010 yilgacha boʻlgan davrda Rossiyada 
axborotlashtirishni 
rivojlantirish» 
federal 
maqsadli 
dasturining 
kontseptsiyasi ishlab chiqilgan. Ushbu dastur axborotlashgan jamiyatning 
oʻziga xos xususiyatlari va belgilariga quyidagilarni kiritadi: 
 
global axborot makonini yaratish; 
 
iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng 
foydalanishga asoslangan yangi texnologik tuzilmalarning shakllanishi va 
ustuvorlik kasb etishi; 
 
axborot va bilim bozorini yaratish va rivojlantirish; 
 
kasbiy va umummadaniy rivojlanish darajasini oshirish; 
 
fuqarolarning axborotni erkin olish, tarqatish va undan foydalanish 
huquqlarini ta’minlash va himoya qilishning samarali tizimini yaratish. 
Dastur doirasida uchta ustuvor yoʻnalish, shu jumladan, axborot 
texnologiyalari industriyasini shakllantirishni belgilab olingan. 
Zamonaviy iqtisodiyotda axborot resurslari, axborot texnologiyalari 
va axborot tizimlari birligida quyidagi omillar hal qiluvchi ahamiyatga ega: 
 
zamonaviy 
axborot 
texnologiyalariga 
asoslangan 
biznes 
infratuzilmasining mutlaqo yangi turini yaratish; 
 
axborot texnologiyalari va mahsulotlariga investitsiyalar ulushining 
koʻpayishi, chunki hozirgi kunda korxonaning muvaffaqiyati uning 
hajmiga emas, balki tezligi, moslashuvchanligi va global tarmoqlardan 
foydalanish qobiliyatiga bogʻliq; 


26 
 
zamonaviy aloqa vositalaridan foydalangan holda, kompaniyalararo 
va ularning ichidagi aloqalar sonining koʻpayishi, ierarxik tuzilmalar asta-
sekin gorizontal tizimlar bilan almashtirilmoqda; 
 
axborot qurilmalari narxini keskin pasayishtirishga qaratilgan 
yakuniy foydalanuvchilar uchun axborot mahsulotlari va xizmatlari 
sektorining ortishi; 
 
mahsulotlar va xizmatlarning elektron bozorlarini jadal rivojlantirish; 
 
xalqaro biznes yuritish shartlarini erkinlashtirilishi natijasida global 
miqyosda axborot oqimi ustidan davlat nazoratining kamayishi; 
 
yangi faoliyat turlarining vujudga kelishi va yangi iqtisodiyotda talab 
qilinadigan mutaxassislar nomenklaturasining oʻzgarishi. 
Axborotni strategik manba sifatida tan olinishi axborotlashgan 
jamiyat 
tushunchasini 
aniqlashtirishga 
asos 
boʻldi. 
Raqamli 
iqtisodiyotning negizini axborotlashgan jamiyat tashkil etadi.

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling