28
Keyin u 10 yil davomida ekstrapolyatsiyani
amalga oshirdi va bir
necha oʻn minglab tranzistorlarga ega boʻlgan juda murakkab chiplarning
paydo boʻlishini bashoratlovchi yuqorida keltirilgan davriylikni aniqladi.
Ushbu tahlil natijalari Gordon E. Murning “Cramming more
components on to integrated circuits” (Elektronika, 38-jild, 8-son, 1965
yil, 19 aprel) maqolasida e’lon qilingan. (1.1.-rasm)
Tranzistorlar sonining ortishi (MP Intel arxitekturasi) 1.2-jadvalda
keltirilgan.
1.2-jadval
Prosessorlar
Ishlab chiqarilgan yili
Tranzistorlar soni
Intel 4004
1971
2 250
Intel 8008
1972
2 500
Intel 8080
1974
5 000
Intel 8086
1978
29 000
Intel 286
1982
120 000
Intel 386
1985
275 000
Intel 486DX
1989
1 180 000
Intel Pentium
1993
3 100 000
Intel Pentium II
1997
7 500 000
Intel Pentium III
1999
24 000 000
Intel Pentium IV
2000
42 000 000
Intel Itanium II
2002
220 000 000
4 yaderli Intel Xeon
2007
800 000 000
Kreyg Barrett IDF Spring–2002 hisobotida kelgusi 15
yil ichida
yarimoʻtkazgichli texnologiyalarning rivojlanishi
protsessor ishlab
chiquvchilarga quyidagi xususiyatlar xos boʻlishini bashorat qilgan edi: 2
milliard
tranzistorlar; protsessorlar tezligi soatiga 30
gigagertsga etadi;
sekundiga 1 trillionta yoʻriqnoma; tranzistor oʻlchami - 10 nm (0,01 mkm);
18» substratdan foydalanish mumkin boʻladi (hozirgi vaqtda» 8 «dan 12»
plastinlarga oʻtilgan). Bir mikrosxema
elementlariaro masofaning
qisqarishi ularni ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlarning rivojlanishi
natijasidir (1.3-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: