32
Tarmoqning barcha abonentlari uchun tugunlardan iborat umumiy
qiymati (Pn) quyidagi formula boʻyicha hisoblanishi mumkin:
Р
n
= n(n - 1)с (1.1)
Tarmoqning tarkibiy qismlari n-lar soni qanchalik koʻp boʻlsa, uning
qiymati shunchalik yuqori boʻladi.
Boshqacha aytganda, tarmoqlar yangi
qiymat yarata oladi.
Demak, kompyuter tarmogʻining tarkibiy qismlari (masalan,
Internet) qancha koʻp boʻlsa, foydalanuvchi
uchun shunchalik qadrli
boʻladi va foydalanuvchilar shunchalik koʻp ulanishga intilishadi (1.5-
rasm).
1.5. – rasm. Tarmoqning umumiy qiymatliligi
Keyingi bir necha yil ichida Internetdan foydalanuvchilar soni 1
milliarddan 5 milliardgacha oʻsib, ushbu tarmoqning ma’lumot almashish,
aloqa va tijoratga kirish vositasi sifatidagi qiymati yanada ortdi.
Bekstrom qonuni
Bekstrom qonuni belgilangan maqsadga erishishda an’anaviy
usullarga qaraganda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning
afzalligini baholashga yordam beradi. Bekstrom qonuniga koʻra,
tarmoqning ahamiyati uning afzalliklaridan xarajatlarni
chegirib tashlash
natijasida aniqlanadi.
Tarmoqlashgan
samara,
ya’ni
network
effect
– bu
foydalanuvchi uchun tarmoqqa ulanish qiymati, ya’ni
avvaldan shu
tarmoqqa ulangan boshqa foydalanuvchilar soniga bogʻliq boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: