33
2.
Talab nuqtai nazaridan samara koʻlami (demand-side
economies of scale)
3.
Ijobiy qayta aloqa (positive feedback)
Tarmoqlashgan
samara kuzatiladigan bozorlar, tarmoq bozorlari
deyiladi. Agar iste’molchilar quyidagi
elementlardan foydalansalar, bozor
«onlayn» deb nomlanadi:
1.
Foydalanuvchilar tarmogʻi. Mahsulotdan
foydalanuvchilar
tarmogʻining qiymati tashkilot ichidagi va tashqarisidagi foydalanuvchilar
soniga bogʻliq. «Tarmoq»da qanchalik koʻp foydalanuvchilar boʻlsa,
iste’molchi mahsulotdan shunchalik koʻp naflilikka ega boʻladi. Shuning
uchun xaridor uchun mahsulotning «qiymati» nafaqat mahsulotning oʻziga,
balki foydalanuvchilar tarmogʻining hajmiga ham bogʻliq.
2.
Komplimentar, ya’ni toʻldiruvchi mahsulotlar tarmogʻi.
Tarmoqning qiymati turli xil qoʻshimcha (toʻldiruvchi)
mahsulotlar va
xizmatlar soniga bogʻliq. Bir-birini toʻldiruvchi mahsulotlar va xizmatlar
soni qancha koʻp boʻlsa, iste’molchi mahsulotning oʻzidan
shunchalik
katta foyda (naf) oladi.
3.
Ishlab
chiqaruvchilar
tarmogʻi.
Tarmoqning
qiymati
ta’minotchilar soniga va ular oʻrtasidagi raqobat darajasiga bogʻliq.
Haridorlar
mahsulotlarni
«yagona» ta’minotchidan sotib olishni
yoqtirmaydilar va koʻplab layoqatli etkazib beruvchilarga ega boʻlishni
afzal koʻrishadi.
Marketing uchun tarmoq effekti
Marketing uchun tarmoq samarasining
qiymati shundan iboratki,
tarmoq bozorlarida mijozlar mahsulotning oʻziga xos xususiyatlariga va
mahsulotni «integrasiyalashgan tarmoq tizimi»
ning qiymatiga qarab
raqobatdosh mahsulotlar oʻrtasida resurslarni taqsimlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: