O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/177
Sana03.11.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1743996
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   177
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

1.15-rasm. Elektron biznes sohalari
Elektron tijorat deganda tovarlar (xizmatlar) ga buyurtma berish
toʻlovlarni amalga oshirish, tovarlarni etkazib berish (xizmatlarni bajarish) 
ni boshqarishda qatnashish kabi operatsiyalarning toʻliq yopiq tsiklini 
ta’minlaydigan texnologiya tushuniladi. Ushbu operatsiyalar elektron 
vositalar va axborot texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi va/yoki 
bir yuridik shaxsdan (jismoniy shaxsdan) boshqasiga mulkiy huquqlarning 
oʻtkazilishini ta’minlaydi. 
Demak, Elektron biznes (EB) – biznesning bir shakli boʻlib, uning 
katta qismi axborot texnologiyalari (mahalliy va global tarmoqlar
ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minot va boshqalar) yordamida amalga 
oshiriladi. Elektron biznes savdo, marketing, moliyaviy tahlil, toʻlovlar, 
xodimlarni qidirish, foydalanuvchilarni qoʻllab-quvvatlash va sheriklik 
uchun qulaydir.
Elektron biznesni jalb etuvchi sub’ektlariga koʻra, shartli ravishda 3 
ta kategoriyaga ajratiladi 
 
Bir tashkilot doirasida (intranet); 
 
Bir necha tashkilot doirasida (extraset); 
 
Iste’molchilar uchun. (internet) 
Xodimlarning oʻzaro munosabatlari samaradorligini oshiradigan va 
rejalashtirish va boshqarish jarayonlarini optimallashtiradigan yagona 
axborot tarmogʻi (intranet) asosida kompaniyaning ichki tuzilmasi; 
sheriklar, etkazib beruvchilar va mijozlar bilan tashqi oʻzaro ta’sir 
(ekstranet) – bularning barchasi elektron biznesning tarkibiy qismlaridir. 


61 
Internet bilan bogʻliq elektron biznesning qismlari quyidagilarni oʻz 
ichiga oladi. 
1) Internetdagi biznes (Internet-provayder, kontent-provayder va 
xizmat koʻrsatuvchi provayder). Internet atrofidagi biznes (apparat, 
dasturiy ta’minot, veb-dizayn ta’minoti, dasturlash va tegishli xizmatlar, 
firmalarning qayta sotilishi); 
2) onlayn biznes (onlayn reklama, onlayn-doʻkonlar, onlayn 
auktsionlar, onlayn toʻlovlar, onlayn marketing, onlayn savdo, 
ma’lumotlarga obuna boʻlish, onlayn ommaviy axborot vositalari). 
Elektron biznesning eng muhim tarkibiy qismi bu elektron tijoratdir. 
Elektron tijorat ostida kelishuvlarning har qanday shakllari nazarda 
tutiladi, bunda tomonlar axborot tizimlari va telekommunikatsiya 
tarmoqlari texnologiyalarining imkoniyatlaridan foydalangan holda oʻzaro 
hamkorlik qilishadi. 
Elektron tijorat global biznes vositasidir. Bu kompaniyalarga etkazib 
beruvchilar bilan yanada toʻliqroq aloqada boʻlish va mijozlarning 
talablariga tezroq javob berishga imkon beradi. Kompaniyalarga geografik 
joylashuvidan qat’i nazar etkazib beruvchilarni tanlash imkoniyati beriladi. 
Demak, oʻrganilayotgan ikki tushuncha oʻrtasidagi farqni yana bir 
bor ta’kidlaymiz. Elektron biznes – eng keng tarqalgan tushuncha boʻlib, u 
sub’ektlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning har qanday shaklini oʻz 
ichiga oladi. Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda bozor: 
- ma’lumot almashish; 
- bozor tadqiqotlarini oʻtkazish; 
- aloqalarni oʻrnatish, masalan, potentsial mijozlar va etkazib 
beruvchilar oʻrtasida; 
- sotishdan oldingi va sotishdan keyingi qoʻllab-quvvatlash, masalan, 
mahsulotlar va xizmatlar, hujjatlar toʻgʻrisida batafsil ma’lumot taqdim 
etish, mijozlar savollariga javoblar va h.k.; 
- tovarlar va xizmatlarni sotish; 
- elektron toʻlovlar, shu jumladan elektron toʻlov tizimlaridan 
foydalangan holda; 
- mahsulotlarni tarqatish, shu jumladan etkazib berishni boshqarish 
va jismoniy mahsulotlarni kuzatish va elektron tarzda tarqatilishi mumkin 
boʻlgan mahsulotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri etkazib berish; 


62 
- virtual korxonalarni tashkil etish imkoniyati – qoʻshma tadbirkorlik 
faoliyatini amalga oshirish uchun alohida mutaxassislar guruhlari yoki 
hatto mustaqil kompaniyalar; 
- birgalikda boshqariladigan biznes-jarayonlarni amalga oshiruvchi 
kompaniya va uning savdo sheriklari. 
Elektron tijorat faqat elektron tizimlardan foydalangan holda
masalan, tovarlarni sotish yoki Internet orqali xizmatlar koʻrsatish bilan 
cheklangan elektron biznesning tarkibiy qismlardan biri boʻlib, elektron 
biznesda uning oʻrni salmoqli. (1.16-rasm) 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling