O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
-rasm. Qurilmalar soniga nisbatan traffik taqsimoti prognozi
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiyot nazariyasi
1.19-rasm. Qurilmalar soniga nisbatan traffik taqsimoti prognozi 34 IoT raqamli ma’lumotlarning nisbatan kichik paketlarini almashishni talab qiladi va shuning uchun qurilmalar sonining tez oʻsishiga qaramay, ularning trafikdagi oʻrni sezilarli darajada oshmaydi. Bu kichik biznes uchun shuni koʻrsatadiki, smartfonlar imkoniyatlarini kengaytiradigan, shaxsiy kompyuter va Internet TV ning ba’zi funktsiyalarini oʻziga olishga imkon beradigan dasturiy ilovalarni ishlab chiqish eng istiqbolli bozor segmentlaridan biriga aylanadi. Ularni ishlab chiqish, muvaffaqiyatli milliy dasturlarni xalqaro bozorga translyatsiya qilish kichik va oʻrta biznesni davlat tomonidan qoʻllab- quvvatlashning istiqbolli va moliyaviy jihatdan samarali, iqtisodiy yoʻnalishi hisoblanadi 35 . Soʻnggi yillarda ma’lumotlar uzatishning portlovchi oʻsishi, bu 5G ulanishining joriy etilishi bilan sezilarli darajada tezlashib, yangi avlod texnologiyalariga oʻtishda tarmoqlarni modernizatsiya qilish zaruriyati, boshqa tomondan biznes operatorlarining ishbilarmonlik marjalarini kamayishi esa soha va tartibga soluvchi organlar uchun tobora murakkab muammolarni keltirib chiqarmoqda. 34 https://www.cisco.com/ 35 http://xn--80aplem.xn--p1ai/analytics/Trendy-cifrovizacii-rost-raznoobrazia-ustrojstv/ 76 AKT infratuzilmasining rivojlanishini ta’minlash qobiliyati va shu bilan birga undan foydalanishning barcha sohalarida samaradorlikni oshirish uchun yangi imkoniyatlarni yaratish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bundan tashqari, yangi texnologiyalar, xizmatlar va ilovalardan foydalanish natijasida kelib chiqadigan barcha yangi muammolar va talablarni hisobga olgan holda axborot xavfsizligi va ma’lumotlarning maxfiylik siyosatini ishlab chiqish va qayta koʻrib chiqish talab etiladi. Tartibga soluvchi organlar uchun oʻtkazilgan 17-chi global simpoziumning koʻrsatmasiga koʻra, milliy xususiyatlar bilan birga, boshqa mamlakatlarning ilgʻor tajribalari bilimlarni kengaytiradi va tartibga solishni takomillashtirish yoʻllarini koʻrsatib beradi. Hujjat milliy regulyatorlarni uchta toifaga boʻlingan oʻnlab dolzarb sohalarda tartibga solish va amaliyotini kuchaytirishga hamda yanada takomillashtirishga doir qoidalarni nazarda tutadi. Har bir toifa boʻyicha ayrimyoʻnalishlarni koʻrib oʻtamiz. I. E’tirof etilgan amaliyotlar asosida raqamli xizmatlardan arzon foydalanish uchun me’yoriy-huquqiy bazani mustahkamlash. Raqamli xizmatlarning arzonligi koʻplab omillarga bogʻliqligini hisobga olib, yangi raqamli bozorlar uchun amaldagi me’yoriy paradigmalarni qayta koʻrib chiqish: keng polosali va AKT, IP-protokolga asoslangan texnologiyalarni mavjudligini ta’minlash boʻyicha milliy raqamli siyosat, strategiya va rejalarni qabul qilish va ulardan foydalanish; yakuniy foydalanuvchilar uchun tarmoqqa ulanish va raqamli xizmatlarni taqdim etishda sogʻlom raqobatni rivojlantirish; statsionar va mobil tarmoqlarda raqamlar koʻchirilishini ta’minlash; optik tolali milliy magistrallarning keng tarqalishini targʻib qilish va agar kerak boʻlsa, ularni simsiz va sun’iy yoʻldosh aloqalari bilan toʻldirish; trafik almashish punktlari, shuningdek milliy va xalqaro darajada kontent tarqatish tarmoqlarini yaratishni ragʻbatlantirish; bozorga kirish uchun barcha darajadagi toʻsiqlarni bartaraf etish va ochiq tarmoqqa kirish va infratuzilmani birgalikda ishlatish uchun imtiyozlarni joriy etish; turli shakldagi infratuzilmani joylashtirishni osonlashtirish; infratuzilmaga ulanish va ulashish uchun dominant operatorlarga oʻz 77 tarmoqlariga ulgurji va teng huquqli kirishni ta’minlash boʻyicha talablarni ishlab chiqish; ratsional yondashuvlar asosida statsionar va mobil tarmoqlarga ulanish uchun monitoring va stavkalarni belgilash; davlat tashkilotlari va mahalliy jamoalar tarmogʻini kengaytirish uchun kompleks kirish strategiyalari, xizmatlari va moliyalashtirish mexanizmlaridan foydalanish va yakuniy foydalanuvchi toifalari uchun subsidiyalar kabi talabni ragʻbatlantirish choralarini koʻrish. II. Raqamli xizmatlarning keng yoyilishini ragʻbatlantiruvchi tizimni kelgusidagi koʻlamini kengaytirish. Hukumatlar va tartibga soluvchi organlar raqamli xizmatlarning arzonligi va ulardan foydalanishni ta’minlash uchun harakat qilishlari va quyidagi siyosat hamda qoidalarni targʻib qilishlari kerak: yuqori tezlikdagi keng polosali tarmoqlarga sarmoya kiritishni tartibga solish va investisiya siyosatini ragʻbatlantirish; qoʻshma investisiyalarni ragʻbatlantirish, infratuzilmaga joylashish, shu jumladan undan sheriklikdagi va milliy rouming kelishuvlari asosida foydalanish, hamda xarajatlarni kamaytirish va narxlarni pasaytirish uchun boshqa tarmoqlar va xizmatlar bilan hamkorlik qilish; raqobat raqamli xizmatlarning arzonligini ta’minlamagan taqdirda mutanosib va shaffof tariflarni tartibga solish; operatorlarning tariflarni pasaytirishga undaydigan soliq, fiskal va boshqa imtiyozlarni joriy etish, shu jumladan infratuzilma uchun AKT uskunalari, shuningdek? terminallar va yakuniy foydalanuvchi qurilmalarini bojxona toʻlovlaridan ozod qilish; bozorga kirish hamda onlayn xizmat va dasturiy ilova ta’minotchilarining ishlashini osonlashtirish; bulutli xizmat koʻrsatuvchi provayderlar uchun keng polosali infratuzilmani rivojlantirish, tarmoq xavfsizligi va ma’lumotlar maxfiyligini qoʻllab-quvvatlash orqali qulay muhit yaratish; xarajatlarni kamaytirish va bulutli boshqaruvni takomillashtirish uchun hukumatga qarashli ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini birlashtirish strategiyasini ishlab chiqish va ularni rivojlantirishni investisiyalash; 78 etkazib beruvchilar va xizmatlarni tanlash va sifatni baholashga imkon beradigan tartibga solish mexanizmlarini yaratish. III. Beshinchi avlodni ragʻbatlantirish. Rasmiy yoki norasmiy hamkorlikning oʻziga xos mexanizmlarini amalga oshirish uchun boshqa tarmoqlarning regulyatorlari bilan aloqalarni oʻrnatish: elektron tijorat va moliya, elektron hukumat va boshqalar kabi tarmoqlararo xizmatlarning rivojlanishiga koʻmaklashish; tartibga solishdagi muammolarni oʻrganish va prognoz qilish hamda raqamli infratuzilma, iqtisodiyot va jamiyatda yangi texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan siyosatni ishlab chiqishda akademik tashkilotlar bilan bilan hamkorlik qilish; yangi xizmatlarni ragʻbatlantirish boʻyicha innovatsion choralarni koʻrish, shuningdek mahalliy jamoatchilikka mos keladigan va mahalliy urf-odatlarni saqlaydigan dasturlar va ilovalar yaratish; barcha raqamli koʻnikmalarni egallashga koʻmaklashish, raqamli iqtisodiyot va jamiyatda yangi texnologiyalarning afzalliklarini targʻib qilish. Shuningdek, texnik reglamentning oʻrni va ahamiyatini, global texnologik yutuqlar bilan hamqadam boʻlgan milliy kontseptsiyalar va standartlarni ishlab chiqishning ahamiyatini ta’kidlash lozim. Busiz yagona milliy tarmoq tarkibida uskunalar va tarmoqlarning oʻzaro ishlashini hamda uning infratuzilma funktsiyalarini bajarilishini ta’minlash mumkin emas. 2015 yilda BMT Bosh assambleyasining 70 yillik yubileyida “2030 yilga qadar Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish toʻgʻrisida”gi Nizom qabul qilingan, unda iqtisodiy farovonlik, ijtimoiy integrasiya va ekologik barqarorlikni 17 ta maqsad mavjud. Maxsus rezolyutsiyada (BMT BA 70/184) ta’kidlanishicha, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng qamrovli va adolatli iqtisodiy oʻsishni va barqaror rivojlanishni faollashtirish, raqobatbardoshlikni oshirish, axborot va bilimga ega boʻlish imkoniyatlarini oshirish, qashshoqlikni yoʻq qilish va ijtimoiy tabaqalanishni engishga yordam beradi. Konferentsiya yakunida qator vazifalar belgilab olingan, jumladan: Zamonaviy va xavfsiz AKT infratuzilmasini yaratish nuqtai nazaridan – infratuzilma va xizmatlarning rivojlanishiga koʻmaklashish, 79 AKTdan foydalanishda ishonchni mustahkamlash va xavfsizligini ta’minlash. Qulay muhit nuqtai nazaridan – AKTning barqaror rivojlanishi uchun qulay siyosat va tartibga soluvchi muhitni yaratish. Ochiq raqamli jamiyat nuqtai nazaridan – barqaror rivojlanish uchun insonlar va jamiyat imkoniyatlarini kuchaytirish maqsadida AKT va dasturlarni rivojlantirish va ulardan foydalanishga koʻmaklashish 36 . Raqamli rivojlanishga erishish uchun juda muhimdir. Raqamlashish mamlakatlarning deyarli barcha iqtisodiy va ijtimoiy tarmoqlar va manfaatdor tomonlar maqsadlariga ta’sir qiladi. Hozir dunyoda Internetga ulanishi sust boʻlgan davlatlar va raqamlashtirish darajasi yuqori boʻlgan mamlakatlar oʻrtasida katta tafovut kuzatilmoqda. Jumladan, kam rivojlangan mamlakatlarda har besh kishidan bittasi Internetdan foydalanadi, rivojlangan mamlakatlarda esa har besh kishidan toʻrttasi Internetga ulanish imkoniga ega. Bu raqamli tengsizlikning yaqqol isbotidir. Boshqa sohalarda, masalan raqamli ma’lumotlar va ilgʻor texnologiyalar boʻyicha ushbu tafovut juda katta. Masalan, Afrika va Lotin Amerikasida dunyodagi barcha ijara ma’lumot markazlarining yigʻindisi 5% kamroq. Daromadlarni taqsimlashdagi tengsizlik boʻyicha zarur choralar qabul qilinmasa, bu faqat tafovut yanada oʻsishiga olib keladi. Ba’zi global raqamli platformalar ma’lum darajada juda kuchli bozor pozitsiyalariga ega boʻlishdi. Masalan, Internet uchun qidiruv tizimining qariyb 90 foizi Google tomonidan zabt etilgan, Facebook dunyoning uchdan ikki qismi ijtimoiy media bozorini egallagan va mamlakatlardagi ijtimoiy tarmoqlar ichida uning platformasi eng ommabop deb hisoblanadi, 90% dan ortiq. Global onlayn chakana savdoning qariyb 40 foizi Amazon tarmogʻi va uning filiallariga toʻgʻri keladi. Amazon veb-xizmatlari global bulutli infratuzilma sohasidagi xizmatlar bozorining hissasiga deyarli teng. Bir vaqtning oʻzida raqamli texnologik taraqqiyot juda katta boylikni keltirib chiqardi. Shu bilan birga shaxslar, kompaniyalar va mamlakatlarning kichik bir guruhi oʻrtasida joriy siyosatni saqlashda va mavjud qoidalarga koʻra, ushbu tendentsiya davom etishi mumkin, ammo bu tengsizlikning yanada kuchayishiga olib keladi. 36 https://www.iksmedia.ru/articles/5458966-Mirovye-trendy-v-regulirovanii-IKT.html 80 Har yili Forbes jurnalining sharhlovchisi Daniel Nyuman yaqin kelajak uchu eng muhim raqamli trendlar bashoratini beradi. Texnologiyalar va raqamli transformatsiyalar boʻyicha dolzarb tadqiqotlar unga «biz qaerga harakatlanyapmiz?», «biz nima uchun aynan oʻsha yerga boryapmiz?» «qanday kutilmagan hodisalarga toʻqnash kelamiz?» kabi savollarga aniqroq javob berishga yordam beradi. 2019 yilgi asosiy trendlar oldin yilgi tendentsiyalarga asoslanadi. Ammo, albatta, bir nechta qoʻshimchalar mavjud. Aytish mumkinki, ushbu oʻnta gʻoyalar oʻz bizneslarini rivojlantirmoqchi boʻlgan tashkilotlar uchun kompas boʻlib xizmat qiladi. Yodda tutish kerakki, texnologiyaning oʻzi raqamli konversiyaga teng kelmaydi. Barcha investitsiyalarning markazida biznesning uzluksizligi bilan birga mijoz, muhit va ishchilar turadi. Demak, g]oyalar oʻnligida mobil 5G tarmoqlari yetakchilik qilmoqda. Endilikda nihoyat 5G dan keng foydalanish boshlanadigan nuqtada turibmiz. Agar texnologiya yangiliklarini kuzatib boradigan boʻlsak, tez orada Qualcomm, Intel, Nokia, Ericsson, Samsung va Huawei kabi kompaniyalar bilan doimiy va sinovli tajribalar olib borilmoqda. 5G ni shaharlarda ham, qishloq joylarda ham rivojlantiradigan Mimosa Networks kabi yangi kompaniyalar paydo boʻlmoqda. Bu 5G uyali aloqa operatorlari doirasini kengaytirishga yoʻl ochadi va smartfonlar foydalanuvchilari yangi, yanada sifatli, tezkor va innovatsion xizmatlardan foydalanadilar. Bu 5G va mobil qurilmalar uchun ayni muddao. 2018 yil 5G individual ilova dasturlari ishlab chiqilgan yil boʻldi. 2019-2020 yillarda 5G texnologiyalari mobil qurilmalarining imkoniyatlarini misli koʻrilmagan darajada oshirdi. Top-10da keyingi oʻrinlarni chatbotlar (NLP – tabiiy tilga ishlov berish); bogʻlangan bulutlar (ommaviy, shaxsiy, gibrid); blockcheyn; tahlil qilish, mashinali oʻqish va sun’iy ong uchun ma’lumotlar; ma’lumotni himoya qilishning umumiy qoidalari (GDPR); VR va AR; Internet buyumlar (IoT) 37 kabilar egallaydi. Chatbotdan foydalanayotgan yoki 2019 yil oxiriga qadar joriy qilgan yirik korxonalarning ulushi 40 foizga etdi. 37 http://www.ntik.ru/press-center/forbes-top-10-trendov-tsifrovoj-transformatsii-na-2019-god/ 81 Bogʻlangan bulutlar kompaniyalarning bulutli saqlashni, tarmoqli bogʻlanishni, xavfsizlikni ta’minlash yoki ilova dasturlarini xohlashidan qat’iy nazar, ularning oʻzgaruvchan ehtiyojlarini qondirish uchun rivojlanishda davom etmoqda. Amazon va Alibaba kabi yirik bulutli hisoblash provayderlari oʻzlarining shaxsiy bulutlarini taklif qilishadi (yoki Google misolida, konteynerlar). 2017 yilda Cloud Technology Partnersni IT xizmatlari bilan birga sotib olgan ikkala Microsoft Azure va HPE hamda CloudHealth Technologies-ni sotib olgan VMware kompaniyalari oʻzlarining e’tiborlarini bogʻlangan bulutlarga qaratishgan. Blokcheynni ommaviy ravishda amalga oshirishning yagona yoʻli har kim foydalanishi va tushunishi mumkin boʻlgan plug-and-play versiyasini yaratishdir. IBMning kalibrli etakchi texnologiya kompaniyalari kriptovalyuta bozoridan tashqaridagi dasturlarda ham blockcheynning yuqori imkoniyatlari haqida bong urishmoqda. Moliya sohasi, ayniqsa tovarlarni tashish va xizmatlarni taqdim etish uchun ilovalarni sinchkovlik bilan kuzatmoqda. Koʻplab zamonaviy ishlab chiqaruvchilar 2019 yilda blockcheynni rivojlantirishda davom etdi. Ammo uning haqiqiy qudratiga amin boʻlish uchun yana ikki yoki uch yil kerak. Ma’lumotlar – mahsulotlar, xizmatlar, xodimlar, strategiyalar va boshqalar toʻgʻrisida toʻgʻri qaror qabul qiladigan kompaniyalar uchun kalitdir. Microsoft, SAP yoki SAS kabi bir qator ma’lumotlarni biznes- analitik axborotga aylantiradigan yetakchi kompaniyalarni bilamiz. Mashinali oʻqishni tezlashtiradigan hisoblash quvvatining ortishi bilan raqamli liderlar mashinali oʻqish va sun’iy intellekt orqali ma’lumotlarni yaratishga investisiya kiritadilar. 2020 yilda samaradorlik koʻrsatkichining 1% dan 3-4% gacha ortishi kuzatiladi – bu biroz koʻtarilish kabi koʻrinsada, ammo aslida ma’lumotlardan foydalanishning ommaviy oʻsishiga aylanadi. 2018 yilda kompaniyalarning qariyb uchdan bir qismi foydalanuvchi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarini koʻp qirrali himoya qilishga qaratilgan GDPR (Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi umumiy reglament)ga rioya qilmadi. AQShning mingga yaqin yangiliklar saytlariga Evropada kirish mavjud emas/ Sababi asosan ma’lumotlarning xavfsizligi GDPR talablariga javob bera olmaydi. 82 Xolding kompaniyalar maxfiylik va shaxsiy ma’lumotlarga nisbatan javobgarligi sababli GDPR yanada global tendentsiyani keltirib chiqaradi. Virtual reallik (VR) juda ajoyib, ammo oʻyinlar va ixtisoslashtirilgan ilova dasturlar joriy bozor sigʻimiga mos kelmaydi. Shu bilan birga, kengaytirilgan reallik (AR) 2019 yilning eng yaxshi raqamli transformatsiyalar tendentsiyasini boshqarishda davom etdi. 2018 yildagi top-oʻntalikka kirgan dastlabki toʻrtta tendentsiya asosan Internet of Things, toʻldirilgan reallik , mashinali oʻqish va simsiz ma’lumotlarni uzatish texnologiyalari Edge bilan bogʻliq. 2018 yilda mazkur toʻrtlik yaxlit boʻldi, chunki bu texnologiyalar oʻzaro bir-biri bilan chambarchas bogʻliq. Buyumlar Interneti rivojlanib borgan sari va ulangan qurilmalar soni ortgani sayin, IoT-dan foydalanib olingan ma’lumotlar bilan ishlash uchun koʻproq joy va ulanishlar kerakligi aniq boʻldi. Agar ma’lumotlarni bulutda qayta ishlashga toʻgri boʻlsa, «aqlli shaharlar» va avtonom transport vositalari toʻgʻrisidagi gʻoyalarni amalga oshirib boʻlmaydi. Bu esa Edge dan foydalanishga koʻproq e’tibor qaratishni anglatadi. Bugungi kunda real vaqt rejimida ma’lumotlarni qayta ishlashni faqatgina ushbu texnologiya yordamida amalga oshirish mumkin. Bozorda qancha koʻp takliflar mavjud boʻlsa, kompaniyalar uchun IT-xizmatlarini tanlashda shunchalik murakkabliklar paydo boʻladi. Bunday yondashuv kengayish imkoniyati, eng yangi texnologiyalar, xaridlar siklining qisqarishi va manevrning kuchayishiga olib keladi. Kompaniyalar ushbu ish uslubiga moyil boʻlishi juda muhim va 2019 yilda yaqqol koʻzga tashlandi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling